Tadqiqotning ob’ektini globallashuv sharotida davlatning axborot siyosati O‘zbekistonning ichki siyosatini rivojlantirish omili ekanligi tashkil etadi.
Tadqiqotning predmetini globallashuv sharotida O‘zbekiston Respublikasining davlat axborot siyosatini amalga oshirish mexanizmlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada ko‘tarilgan muammolarni nazariy tahlil qilishda hamda xulosalarni shakllantirishda tizimiy yondashuv, struktur-funksional analiz, institutsional yondashuv, qiyosiy tahlil, psixologik yondashuv, strategik tahlil metodlaridan foydalanildi hamda ayrim muammolar tarixiy nuqtai nazardan o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |