Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...........................142 - 151



Download 1,89 Mb.
bet2/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...........................142 - 151

KIRISH

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o‘zida aks ettirayotgan XXI asrni zamonaviy ommaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, radiotelevidenie, Internet tarmog‘isiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, global tarmoq hisoblangan internetning imkoniyatlari gazeta, radio va hatto televideniedan ko‘ra ham kuchliroq ta’sirga ega bo‘lib bormoqda. SHu boisdan ham davlatning axborot siyosatini takomillashtirishda global tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Jahon miqyosida axborot va telekommunikatsiya tizimlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi oqibatida ichki va tashqi siyosat o‘rtasidagi chegaralar tobora yo‘qolib bormoqda. Bu esa milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida yangidan-yangi uslub va vositalarni yaratish, uni ta’minlovchi siyosiy mexanizmlarni shakllantirishni taqozo etmoqda. Zero, texnikaviy, texnologik kommunikatsiya axborot va boshqa sohalardagi global jarayonlardan rivojlangan mamlakatlar asosan o‘z siyosiy manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida foydalanmoqdalar.

Hozirgi davrda jahon miqyosida qaror topgan yangi siyosiy tartibot rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni, nomutanosiblikni kuchaytirib bormoqda. SHu boisdan ham axborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqliq, sifat va tasirchanlikni taminlash, axborotni davlat siyosati doirasida keng yoyilish imkoniyatlarini siyosiy nuqtai-nazardan o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, axborot siyosatining muntazamlik, tezkorlik, hammaboblik, to‘lalik, teng xuquqlik, muvozanatga keltirilganlik, axborot resurslarining himoyalanganligi kabi prinsiplari davlat va jamiyatning siyosiy barqarorligini ta’minlashda ustuvor o‘rinni egallamoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Ilg‘or texnologiyalarning faol joriy qilinayotgani va global axborot kommunikatsiya makoni taraqqiy etayotgani barcha jarayonlarni jadal va tez o‘zgartirmoqda, qit’alar, mintaqalar, davlatlar va biznes darajasidagi hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda”1.

O‘zbekistonda shakllangan yangi siyosiy elita axborotlashgan jamiyatning talablariga mos ravishda rivojlanish tashabbusini ilgari surmoqda. Mamlakatimizda “Elektron hukumat” nomi bilan atalgan maqsadli dastur qabul qilinib, asosiy davlat xizmatlari elektron ko‘rinishga o‘tkazildi. Davlat tomonidan onlayn xizmatlari ko‘rsatish turlari ortdi. Bu esa ayni vaqtda axborot xavfsizligini ta’minlashning yangi uslublarini izlash bilan birga, davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning xalq bilan muloqotini yangi bosqichga olib chiqish, hokimiyat shaffofligini va mas’uliyatini tadqiq etishni shartlab qo‘yadi.

Umuman olganda, axborot makonida siyosiy kuchlar o‘rtasidagi raqobat keskinlashib boryotgani sir emas. Bu raqobat siyosiy jarayonlarning axborot makonida aks etishiga, OAV va axborot bilan bilan bog‘liq boshqa institutlar rolining ortishiga olib keldi. SHu bilan birga, dunyoning etakchi davlatlari postindustrial jamiyatda hokimiyat vazifalarini amalga oshirish borasida etarlicha tajriba to‘pladilar. O‘zbekiston Respublikasida ushbu sohaga ixtisoslashgan institutlar faoliyatini yanada takomillashtirishda jumladan, elektron hukumat, matbuot xizmatlari, informatsion tarmoqlarni kengaytirishda xorijiy davlatlar tajribasiga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, davlat boshqaruvi organlari tomonidan axborot siyosatini yuritishda kuzatilayotgan ijobiy tendensiyalar dissertatsiya mavzusini qanchalik darajada dolzarbligini ko‘rsatib turibdi.

1948 yil Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 1966 yil Fuqarolik va Siyosiy xuquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt, BMT “Axborot va telekommunikatsiyalar sohasida halqaro xavfsizlik” rezolyusiyalari, 2000 yil Okinava global axborot jamiyatining xartiyasi, 2009 yil SHHT “Xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik” shartnomasi, 1995 yil MDH davlatlari o‘rtasida imzolangan “Inson huquqlari va asosiy erkinliklar to‘g‘risidagi” konvensiyasi va boshqa axborot sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan ikki va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini, 2003-2004 yillarda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi, “Elektron hujjatlar aylanishi to‘g‘risida” gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida” gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” (2014), “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun (2015), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3678-sonli Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” (2012), 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarining ijrosini muayyan darajada amalga oshirishga ushbu dissertatsiya taqiqoti xizmat qiladi.


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish