Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
globallashuv sharoitida axborot siyosati hamda axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari o‘zaro bog‘liqlikda siyosiy fanlar nuqtai-nazaridan ilk bor yaxlit tarzda maxsus o‘rganildi;
globallashuv sharoitida axborot siyosatiga zamonaviy yondashuv, axborot makonida milliy manfaatlarni himoyalash ob’ektiv zarurat sifatida ilmiy jihatdan isbotlandi;
axborot siyosatining samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish mamlakatning butun siyosiy tizimi modernizatsiyalashuviga xizmat qilishi asoslab berildi;
rivojlangan mamlakatlar tajribasi tahlili natijasida O‘zbekiston Respublikasida axborot siyosatini amalga oshirishning samarali mexanizmlari taklif etildi, mavjud qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |