Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi



Download 1,89 Mb.
bet3/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Globallashuv hodisasi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi muhim jarayon sifatida ko‘plab olimlar, tadqiqotchilarning diqqat-e’tiborini jalb etgan masaladir. Ayniqsa, ushbu jarayonda davlatning axborot siyosati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roliga bag‘ishlangan bir qator asarlar yaratilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida yaratilgan asarlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

Birinchi guruhga O‘zbekiston Respubliksining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov hamda mamlakatimiz rahbari SH.M.Mirziyoevning demokratik taraqqiyot sharoitida tinchlik, barqarorlik, millatlararo hamjihatlikni ta’minlashda axborot omili, ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, demokratlashtirish sharoitida davlat va xalq muloqoti, g‘oyaviy kurash sharoitida davlatning oldida turgan vazifalari haqida yaratilgan konseptual asarlari kiradi.1 Ushbu asarlar shunisi bilan ahamiyatliki, ular dissertatsiya ishining fundamental-uslubiy asosini tashkil etsa, sohaga tegishli qonun hujjatlari, Prezident farmonlari, qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tadqiqotning me’yoriy, huquqiy va uslubiy bazasi bo‘lib xizmat qiladi.

Masalaning e’tiborli jihati shundaki, globallashuv hodisasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy tadqiqotlar ob’ektiga aylana boshladi. SHu bois, axborot siyosatining aynan globallashuv ta’sirida shakllanishi ham nisbatan yangi mavzu hisoblanadi. Taniqli G‘arb olimlaridan E.Giddens, E.Toffler, S.Xantington, F.Fukuyama, Z.Bjezinskiy, D.Xolms, Pekka Ximanen va Manuel Kastels kabi mutaxassislar o‘z izlanishlarida axborotlashgan jamiyatning vujudga kelishi, bunday jamiyatlarning rivojlanish tendensiyalarini keng yoritib berganlar. G‘arb olimlarining ushbu ilmiy muammolarga bag‘ishlangan klassik asarlarini ikkinchi guruh adabiyotlar sifatida e’tirof etish mumkin1.

Globallashuv hodisasini ilmiy jihatdan tadqiq etish yurtimizning bir qator nufuzli olimlari va tadqiqotchilari e’tiboridan ham chetda qolmagan. Aynan o‘zbekistonlik olimlarning mavzuga doir tadqiqot ishlari uchunchi guruh adabiyotlarini tashkil etadi. Xususan, o‘zbekistonlik olimlardan T.Jo‘raev, SH.Paxrutdinov, R.Djumaev, I.Ergashev, S.Otamurodov, A.Mo‘minov, A.Erkaev, H.Do‘stmuhammad, T.Alimardonov, U.Idirov va boshqalar o‘z asarlarida globallashuvning mohiyati, global taraqqiyot sharoitida millat, globallashuv ziddiyatlari, madaniyatlararo muloqot sharoitida globallashuvning o‘rni, globallashuv va mintaqaviylikning o‘ziga xos xususiyatlari, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashda axborot omilining o‘rni, siyosiy jarayonlarni muvofiqlashtirishda ommaviy axborot vositalarining vazifalari tahlil etilgan.2

To‘rtinchi guruhga mansub adabiyotlar sifatida bugun kunda MDH hamda boshqa xorijiy mamlakatlarda globallashuvning mazmun mohiyatini ifodalovchi asarlari bilan tanilgan olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Xususan, YU.Nisnevich, A.Devyatov, I.Ilin, A.Ursul, X.Malik, P.Morozov, E.Brandman, YUXabermas, A.Manoylo M.Abramson, D.Garson, M.Uoters, I.Jerald kabi olimlar o‘z asarlarida globallashuv jarayonining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri, global taraqqiyot va umuminsoniy muammolar, globallashuv sharoitida axborot va hokimiyatning o‘zaro munosabati masalalari, davlatning axborot siyosati hamda uning strategik jihatlari masalalariga e’tibor qaratganlar.1

O‘rganilgan adabiyotlar, axborot manbalari tahlili shuni ko‘rsatadaki, globallashuv sharoitida davlatning axborot siyosati muammosi aynan O‘zbekiston nuqtai nazaridan siyosiy fanlar doirasida yaxlit mavzu sifatida tadqiq etilmagan.




Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish