Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


O‘zbekiston Respublikasida samarali axborot siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni



Download 1,89 Mb.
bet21/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
3.1 O‘zbekiston Respublikasida samarali axborot siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni

Bugungi ziddiyatli davrda samarali axborot siyosatini amalga oshirish har bir taraqqiyparvar davlatning strategik vazifasi bo‘lib qoldi. CHunki, globallashayotgan olamda global axborotlashuv umumiy taraqqiyot darajasini belgilamoqda. Bunday global axborotlashuv sharoitida axborot maydonining tobora kengayib borishi tabiiy hol. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek: “...avvalambor, adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari faoliyati bo‘yicha mavjud huquqiy-normativ bazani takomillashtirish, sohaning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash, ijod ahlining mashaqqatli mehnatini moddiy va ma’naviy jihatdan munosib rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish va isloh qilish kabi bir-biridan muhim va dolzarb masalalar ijodiy uyushmalar e’tiboridan chetda qolib kelayotganini ta’kidlash lozim. Bugungi kunda ziyolilar davrasida engil-elpi kitoblar, sayoz, oldi-qochdi gazeta-jurnallar, tele-radio stansiyalar ko‘payib borayotgani to‘g‘risida haqli e’tirozlarni eshitish mumkin. Hozirgi paytda yurtimizda turli mulk shakliga ega bo‘lgan 1513 ta ommaviy axborot vositasi, shuningdek, 122 ta nashriyot faoliyat olib bormoqda. Ammo ularning barchasi ham bizning milliy g‘oyamizni rivojlantirish, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilyaptimi, degan savol ko‘ndalang turibdi”1. SHuningdek, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: «Bugungi kunda jamiyatimiz a’zolari nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz».1 Ushbu jihat:



  1. Demokratik taraqqiyot milliy davlatchiligimiz rivojini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini;

  2. Mustaqil O‘zbekiston o‘zining kelajak rivojini ta’minlashda respublikamiz jahon jamoatchiligi uchun ochiq bo‘lganidek, jahonning ham O‘zbekiston uchun, fuqarolarimiz uchun ochiqligini ta’minlash bosh vazifa etib belgilanganligi;

  3. Global axborotlashuv jarayonining uzluksizligi sharoitida Internet tizimining kengayib, bu mamlakatimiz yoshlari kundalik hayotiga tobora chuqurroq kirib kelishi;

  4. SHuningdek, jamiyatimiz a’zolari ushbu omilning ijobiy jihatlarini ijtimoiy-madaniy hayotga singdirib, salbiy ko‘rinishlarini g‘oyaviy kasallik sifatida engib o‘tishlarini taqozo qiladi.

YUqorida ta’kidlangan jihatlarni amalga oshirish uchun respublikamizda ommaviy axborot vositalarining o‘rni o‘ziga xosdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasi OAV faoliyatini muvofiqlashtiradigan huquqiy asos bo‘lib hisoblanadi. Unda OAV uchun alohida bir bob ajratilib, uning 67- moddasida: «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar»2 deb qayd etilishi OAV faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. SHuningdek, 1991 yil 14 iyunida qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun, yangi sharoitlarga moslashtirilgan, 1997 yil 26 dekabrdagi ushbu Qonunning mukammal shakli mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan OAV faoliyatini umumiy maqsad sari yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.3

O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi Qonunining 1-moddasida OAV tushunchasining mohiyati quyidagicha izohlanadi: «Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir».1

Keyingi yillarda OAV soni dinamik tarzda o‘sib borayotganligi, ularning xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotganligidan, shuningdek, mamlakatimizda demokratik jarayonlar izchillik bilan kechayotganligidan dalolatdir. «SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari soni misli ko‘rilmagan darajada oshdi. 1991 yili O‘zbekistonda 351 ta ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir ularning soni 1500 tadan oshib ketdi. Ushbu fakt va raqamlar bugungi global axborotlashuv sharoitida mamlakatimizda axborot omilining etakchi o‘ringa chiqayotganligidan dalolat. Jurnalist S.Hakimov yurtimizda faoliyat olib borayotgan OAV haqida to‘xtalib: “Hozirda barcha telekanallarning 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi, gazeta va jurnallarning 60 foizidan ziyodi nodavlat ommaviy axborot vositalaridan iborat. Eng tezkor axborot vositasi – internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayotir. Hozirgi vaqtda global tarmoqda – UZ domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatmoqda”2 deya ta’kidlaydi.

Fuqarolik jamiyati asoslari shakllanayotgan bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhim bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochish, mamlakat aholisi faoliyatini umummaqsad sari yo‘naltirishda jurnalistlar faoliyati alohida mas’uliyat talab etadi. Ommaviy axborot vositalarida voqelikni haqqoniy talqin etish, jamiyatda mavjud muammolarga e’tibor qaratib, ularning echimi yo‘lida muayyan taklif va tavsiyalarni ilgari surish bevosita jurnalist zimmasidagi vazifa. Bu borada Xurshid Do‘stmuhammadning fikrlariga e’tibor qaratish joiz: “Biz jamiyatni axborotlashtirish XXI asr odamining eng katta, eng dolzarb, eng murakkab vazifasi, burchiga aylangan zamonda yashamoqdamiz. YAngi asr insoniyat oldiga ushbu vazifani “YO hayot, yo mamot” tarzida ko‘ndalang qo‘ydi. Bu qadar misli ko‘rilmagan maqsadga erishishni jurnalistikasiz tasavvur qilib bo‘lmasligi tabiiy, lekin boshqa g‘oyatda jiddiy savol ham tug‘iladi: yangi zamon va yangi davr talablariga qanday jurnalistika javob bera oladi?”1.

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida “Ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”2, deyilgan. 2006 yilda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida esa “O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”3, deyiladi.

Ma’lumki, bugun insoniyat taraqqiyotini belgilab beruvchi hamda muayyan makon va zamonga tobe’ bo‘lmagan yagona axborot makoni sifatida yuzaga kelayotgan informatsion asrga qadam qo‘ydi. Hozirgi kunda hech kim “ommaviy axborot vositalari bizning hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotganligini inkor eta olmaydi”.4 Har bir davlat mavjud axborot xurujlariga qarshi samarali axborot siyosatini yuritib, uni targ‘ib etishda bevosita informatsion vositalarga tayanadi. OAVni “to‘rtinchi hokimiyat” deb e’tirof etilishi va ushbu ta’rif darajasida faoliyat yuritishi davlatning nafaqat axborot sohasida yutuqlarga erishishini, balki jamiyatning boshqa turli sohalarida samarali faoliyat yuritilishini ta’minlaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, zarur ma’lumotlarni yig‘ish, ulardan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish davlatning geosiyosiy imkoniyatlarini keskin oshiradi. Ushbu vazifani shubhasiz OAV bajarishi hammaga ma’lum. Demak, kerakli axborotlarni mamlakatimizning manfaatlari, xalqimizning axloqiy me’yorlarini hisobga olgan holda tarqatishga yurtimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari mas’uldirlar. Axborot va targ‘ibot texnologiyalari rivojlangan bugungi kunda ommaviy axborot vositalari tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zlab ish yuritishi muhim. Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyati jamiyat a’zolari ma’naviy-axloqiy fazilatlarining rivojiga yo‘naltirilganligi, quvonarli hol. SHuningdek, jurnalistlar faoliyati mustaqillik asoslarini mustahkamlash, bunda milliy qadriyatlarimiz asosida jamiyatda demokratik tafakkurni rivojlantirish masalalari, shuningdek ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib borib, mamlakat aholisi faoliyatini umummaqsad sari yo‘naltirishda alohida mas’uliyat talab etadi. Jurnalist «to‘rtinchi hokimiyat» vakili sifatida voqelikning real manzarasini yoritish bilan birgalikda, jamiyat a’zolari ma’naviyatini yuksaltiruvchi jihatlarni ko‘proq targ‘ib etishi jamiyatning axloqiy barkamolligini ta’minlashda muhim xususiyatlardan biridir.

Ommaviy axborot vositalari:



  1. Jamiyat a’zolarida milliy mentalitetga xos xususiyatlarni rivojlantirib, ular tafakkurida mustaqillikka sodiqlik xislatlarini shakllantirish;

  2. Jamiyat a’zolari faoliyatini Harakatlar Strategiyasida belgilab berilgan konseptual vazifalarni bajarishga yo‘naltirishning yangicha yo‘l-yo‘riqlarini targ‘ib etish;

  3. Jamiyat a’zolari faoliyatiga doir jamiyatdagi real jarayonlarni o‘rganish asosida tahliliy materiallarni ko‘paytirib, odamlar ma’naviyatini yanada yuksaltirishga oid taklif va tavsiyalarni ilgari surish;

  4. Jamiyat a’zolari ma’naviy barkamolligining asosi bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportning mamlakatimizda yanada ravnaqi uchun ko‘rsatuvlar sonini ko‘paytirish;

  5. Jamiyat a’zolari ma’naviyatini yuksaltirish asosida ular ongi va qalbida turfa tahdidlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni yanada rivojlantirishni targ‘ib qiluvchi turkum eshittirish va ko‘rsatuvlar tashkil etish.

Mamlakatimizda samarali axborot siyosatini olib borishda milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda xalqimizning ma’naviyatini rivojlantirish muhim omil. Sir emaski, global axborotlashuv sharoiti mamlakatimiz axborot maydoniga ijobiy mohiyat kasb etuvchi tarbiyaviy asoslarga ega ko‘rsatuvlar bilan bir qatorda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi jihatlarni ham kiritib, bu ziyolilarimizdan katta mas’uliyat talab etadi. “Telekommunikatsiya sohasida muammolarning yana bir jihatiga e’tibor qaratmoqchimiz. Ma’lumki, bugun nafaqat shaharda, balki qishloq joylarda ham kabelli televidenie yoki maxsus antennalar vositasida Rossiya, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari televideniesida sharqona axloq-odobga zid filmlar, beparda ko‘rsatuvlarni ko‘rayotgan yoshlarimizda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllanishi, ularning ilm-ma’rifatga rag‘bati oshishi mumkinmi?”1 SHu o‘rinda E.G‘anievaning fikrlariga e’tibor qaratish joiz: “Milliy televideniemiz efirda xorijiy filmlar hissasini yildan yilga oshirib borayotir. Biz 2012 yilning martidan noyabrigacha bo‘lgan muddatda o‘tkazgan tahlil natijalariga ko‘ra, O`zbekiston telekanalida namoyish etilgan filmlarning 56 foizi, Yoshlar telekanalidagi filmlarning 52,4 foizi, Toshkent telekanalidagi filmlarning 61,6 foizini xorij kinomahsulotlari tashkil etdi”2.

Bunday vaziyatda milliy mentalitetni yuksaltiradigan filmlar yaratishni ko‘paytirish, ularning sifatiga jiddiy e’tibor qaratish vaqti etib kelmadimi? Bu borada olib borilishi lozim bo‘lgan samarali axborot siyosati yoshlarimiz ongida g‘oyaviy immunitetning rivojiga xizmat qiladiki, bu tinimsiz kelayotgan axborot oqimini saralashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.

Bugun insoniyat taraqqiyoti kelajagini axborot va axborot texnologiyalari belgilab beruvchi hamda muayyan makon va zamonga bo‘ysunmaydigan yagona axborot makoni sifatida yuzaga kelayotgan yangi axborot asriga qadam qo‘ydi. Hozirgi kunda hech kim “ommaviy axborot vositalari hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotganligini inkor eta olmaydi”.1

Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari bugungi globallashuv davrining eng asosiy, qudratli va ta’sirchan targ‘ibot quroli hisoblanadi. Ochiq-demokratik jamiyatda, mana shu ommaviy axborot vositalari orqali milliy mentalitet va qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlar, Milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. “Darhaqiqat, globallashuv sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongini zaharlaydigan, ma’naviy dunyosiga xavf soladigan mafkuraviy tahdidlar kirib kelishi kuchaymoqda. SHunday ekan, bunday tahdidlarning oldini olishga oid amaliy taklif-xulosalar ishlab chiqish o‘ta dolzarbdir”2. Taklif-xulosalar esa nafaqat mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV vakillaridan balki ziyolilarning sohaga doir turli tashabbuslari bilan ham berilishi masalaning ijobiy echim topishiga yordam berishi shubhasiz.

Ommaviy axborot vositalari huquqiy-demokratik jamiyatda demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, uning darajasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyot hamda fuqarolik jamiyati qurilishini rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.

Mamlakatimizda OAV o‘z faoliyatini umumiy, ijobiy maqsad sari olib borayotganligi quvonarli hol. Lekin, efirga uzatilayotgan axborot va ko‘rsatuvlarda asosan yutuqlarni ko‘rsatib, ijtimoiy-madaniy hayotdagi faqat ijobiy qirralarni namoyish etish targ‘ibot madaniyatiga, qolaversa milliy taraqqiyotimizga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab, chuqur idrok etishimiz lozim. Ijtimoiy hayotda muammolar, kamchiliklar, etishmovchiliklar bo‘lishi tabiiy hodisa. Modomiki, shunday ekan, muammo va kamchiliklar mavjudligiga fojea sifatida emas, hayotiy jarayonlardagi real voqelik deb qarash maqsadga muvofiq. Muammo va kamchiliklar borligi, hamda ularni bartaraf etish yo‘lidagi faoliyat taraqqiyotni ta’minlovchi omil sifatida maydonga chiqadi. SHu bois OAV oldidagi asosiy vazifa nuqsonlarni ko‘rib ko‘rmaslikka olish emas, ularni dadil ko‘tarib, mavjud muammolar echimi yo‘lida taklif va tavsiyalar berishdan iborat. Tadqiqotchi G Rahmatqorievaning fikricha “SHaxs, jamiyat va davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish OAV, xususan, televideniening asosiy maqsadidir. Zero, u dunyoda, mintaqa va mamlakatda ro‘y berayotgan iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar haqidagi yangiliklarni radio hamda bosma axborot vositalariga qiyoslaganda tezkorroq, ravshanroq, to‘liqroq, hissiy jihatdan boyroq shaklda etkaza oladi”1.

Albatta, mamlakatimizda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlar anchagina. Ular kishida tabiiy ravishda faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Lekin, muvaffaqiyatlar – o‘zimizniki. Kamchiliklarimizni ham dadil aytib, ularni bartaraf etish ham milliy mustaqillik asoslarining mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi omildir.

Ushbu usul orqali biz jamiyatda demokratik tamoyillarning ustuvorligini ta’minlab bormog‘imiz lozim. Albatta, demokratiya qadriyat sifatida insonning har taraflama rivoji uchun imkoniyat yaratadi. Buning uchun OAV orqali demokratiyaning qadriyat va jarayon sifatidagi ijobiy qirralarini ko‘proq targ‘ib etish maqsadga muvofiq.

Ta’kidlash joizki, so‘z va matbuot erkinligi demokratik islohotlar sur’atini jadallashtirib, ular sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari esa doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi. Tadqiqotchi O.Abduazimov “termitlashgan matbuot nazariyasi” haqida so‘z yuritadi. YA’ni ““termitlashgan matbuot nazariyasi” jamiyatni axborotlashtirishda millatning qadimiyligi, umumjahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasidan qat’i nazar, uni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, harbiy, huquqiy va boshqa jihatlardan qaram qilish, mustamlaka xalqlarni mafkuraviy, ma’muriy nazorat qilish, jamiyatni manipulyasiya etish orqali ommaviy kommunikatsiyalarda senzura qo‘llash, demagogiya, yolg‘on va soxta g‘oyalarning stereotiplarini targ‘ibot va tashviqot etish orqali amalga oshirilishi”2 haqida ma’lumot beradi. SHuningdek, muallif o‘z fikrlarini davom ettirib, mustamlakachilikka asoslangan avtoritar matbuot ham, sobiq sovet kommunistik matbuoti ham o‘z g‘oyalariga erk berib, hatto yolg‘on axborotlar bilan tarixni soxtalashtirib, to‘qima yanglish fikrlar bilan jamoatchilik fikrini chalg‘itib, termitlashgan matbuotni yuzaga keltirganini ta’kidlaydi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirish muammosi alohida dolzarblik kasb etgan. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to‘laqonli bo‘g‘iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ifoda etuvchi ta’sirchan vositaga aylantirish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishi uchun mustahkam huquqiy asos yaratilganligi, jurnalist kadrlarni tayyorlash masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotgani ijobiy holdir. Jurnalist-kadrlarni o‘zimizda tayyorlash bilan bir qatorda, bu soha mutaxassislarining xorijda ta’lim olishi, ularning malakasini oshirishiga berilayotgan e’tibor mustaqil davlatchiligimiz sharoitida jurnalistlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklab, bu – mustaqillik mas’uliyatidir.

Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonda OAV faoliyati mamlakatda demokratik jarayonlar tantanasi, fuqarolarning birligini ta’minlash, ularning huquqiy himoyasi, jamiyat a’zolarining ma’naviyatini yuksaltirish va shunga o‘xshash qator maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘ygan bo‘lib, milliy taraqqiyotimizni ta’minlashda bu o‘ta muhim.

SHuni alohida aytish lozimki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi tamoyili asosiga qurilishi ham demokratiya taraqqiyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qarama-qarshi nuqtai nazarlardan iborat dasturlar yaratish, chiqishlarda muqobil fikrlar to‘qnashuviga erishib, ularni tomoshabin hukmiga ko‘proq havola etish lozim. SHundagina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish, rivojlantirish va rag‘batlantirishga qodir bo‘lib, jamoatchilik faoliyatini mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotini ta’minlash sari yo‘naltiradi. Ayrim mamlakatlarda ommaviy axborot vositalarining islohoti “g‘oyalar bozori”da xali aytilmagan yangi fikrlarni uzatishga qaratiladi. Jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qiladigan, bunyodkorlik tabiatiga ega, hayotimizni yanada farovon qilishga yo‘naltirilgan yangi g‘oyalar, taklif va tavsiyalar bu “bozor”da bemalol raqobat qila olishini ta’minlash va bunga erishish jurnalistlar zimmasidagi asosiy vazifadir. So‘nggi vaqtlarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar davlatning axborot siyosatida muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, hamda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori bugungi globallashuv sharoitida axborot makonida mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy tafakkurini shakllantirish borasida asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Jumladan, “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarorida quyidagi fikrlar mavjud: “Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va ta’sirchan omil hisoblanadi. Bu borada chinakam milliy jurnalistika maktabini shakllantirish, xususan, nodavlat ommaviy axborot vositalarini, axborot va internet tarmog‘idagi tahliliy saytlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir”1.

Mamlakatimizda samarali axborot siyosatini olib borishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratmoq joiz:


  1. Ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi ularning samarali faoliyatini ta’minlaydi. Bunday samarali faoliyat tabiiyki, mamlakatimizda mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi;

  2. Ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi jurnalistlarning ijodiy erkinligi, mavzu tanlash va fikr berishdagi mustaqillikda namoyon bo‘lib, ular ijodiy salohiyatining to‘liq ro‘yobga chiqishi hamda samarali professional faoliyatida muhim omil bo‘lib hisoblanadi;

  3. OAVda milliy manfaatlarga zid, davlat mustaqilligiga hamda hududiy yaxlitligimizga zarar keltiradigan axborot ta’siri, chunonchi zo‘ravonlik, millatlararo va dinlararo adovatni targ‘ib qilish, real voqelikni noto‘g‘ri va buzib ko‘rsatilgan axborotlar ham bu sohadagi xavf-xatarning o‘ziga xos ko‘rinishlari sifatida namoyon bo‘ladi;

  4. Targ‘ibotda murakkab, chalkash, sun’iy fikrlardan foydalanish uning ta’sirchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Targ‘ib etiladigan mavzu mazmuni naqadar sodda, aniq va tabiiy bo‘lsa, uning ta’siri shunchalik samarali bo‘ladi;

  5. Insonda shunday xususiyat ustuvorki, u ko‘proq hissiy-emotsional ta’sirga moyil bo‘ladi, shuning uchun uning aql-idroki bilan bir qatorda his-tuyg‘ulariga ham murojaat qilish ko‘proq samara beradi;

  6. Targ‘ib etiluvchi matn mazmuni chuqur o‘ylangan, mantiqiy jihatdan izchil, bir qismi ikkinchisini o‘zaro to‘ldirib keladigan, ijodiy yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lishi uning samaradorligini oshiradi;

  7. Targ‘ibotdagi o‘ziga xos usul bu – takrorlash bo‘lib, ammo ushbu omil ham me’yoridan oshgach, ta’sirchanligini yo‘qotadi;

  8. Targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida noan’anaviy usullarni qo‘llash va rivojlangan davlatlar sinovidan o‘tgan eng ilg‘or tajribalardan keng foydalanish samarali axborotning rivojiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimizda samarali axborot siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin egallab, shuningdek, milliy xususiyatlar targ‘iboti, jamiyat a’zolarining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, ular qalbiga mustaqillik mas’uliyatini singdirish, umumiy fuqarolik mentaliteti bilan uyg‘unlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Jamiyatda g‘oyaviy - mafkuraviy faoliyat ana shunday umumiy, yaxlit tizim shakliga keltirilgandagina siyosiy jihatdan mukammallik kasb etadi.


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish