Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


Axborot makonida milliy manfaatlarni himoya qilish zarurati



Download 1,89 Mb.
bet17/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
2.1. Axborot makonida milliy manfaatlarni himoya qilish zarurati

Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik mashhur bo‘lib ketganganki, uni XXI asr mahsuli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SHu o‘rinda, izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv halqlar, mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini keltirib chiqaradi. SHu ma’noda, muayyan jamiyat o‘zidan etuk deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o‘zlashtirishi globallashuv ta’siri ostida bo‘ladi. SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy ta’sir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyamo, G.P.Martin, X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobrenkov va b.) globallashuv milliylikning yo‘qolishi, bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb qaraydilar. SHu asnoda nafaqat oddiy o‘quvchi, balki o‘z mustaqil mushohada-mulohazasiga ega bo‘lgan odamlarda ham globallashuv jarayoni ta’sirida jahonning yangi tarkibi yoki bo‘lmasa millatlarning totuvligini ta’minlovchi madaniyati, ma’naviyati qanday bo‘lishi to‘g‘risida gumon-shubhalar, ikkilanishlar paydo bo‘lishi tabiiy.

Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu muammoni yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil g‘oya, nazariyalarning paydo bo‘lishiga turtki bermoqda. Jumladan, “Fransuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi:


  • Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina ob’ektiv jarayon emas, foydali fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi;

  • Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar to‘qnashuvi, “chatishgan madaniyat” ning paydo bo‘lishi”1.

YUqoridagi yondashuvlardan farqli o‘laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi.

  • “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi;

  • “Makdonaldlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi.

  • “Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash madaniyatning paydo bo‘lishi”1.

SHunday qilib, globallashuv ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi uchun uni sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv ta’siri ostida bo‘layotgan jarayonlarni to‘liq va mukammal tahlil etib ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

So‘nggi paytlarda, ayrim ko‘zga ko‘ringan g‘arb mamlakatlari o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida halqaro huquq me’yorlarini buzib, davlat va xalqlarning suverenitetiga qarshi chiqib, jahonda o‘z tartiblarini o‘rnatishni faollashtirib bormoqdalar. Bunga Iroq va Afg‘onistonda olib borilgan urushlar, Gruziya va Janubiy Asetiya o‘rtasidagi ixtiloflar yaqqol misol bo‘la oladi. G‘arbning bu agressiv siyosatiga hech qanday halqaro tashkilot yoki davlat to‘sqinlik qila olmadi.

Bundan tashqari, madaniyat sohasida ular o‘z rivojlangan OAV lari orqali qolgan hududlarni o‘z qarash, yondashuvlariga moslashtirib, qadriyatlarini singdirib bormoqdalar. Afsuski, bunday ta’sirlarga to‘siq qo‘yishning iloji yo‘q. Sababi, bugungi kunda XXI asr buyuk texnologiyalar asri deb ham yuritilib, buning asosida hatto bir kichkinagina axborotning tarqalishi ham ko‘zga ko‘rinmas darajada, tez sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Bunda, “o‘rgimchak to‘ri” deb nomlanmish internetning xizmatlari ko‘magi asosida dunyoning bir burchagida sodir bo‘lgan biror bir voqea-hodisa tafsiloti dunyoning ikkinchi burchagiga yashin tezligidek, etib bormoqda. SHu bilan birga, kishilarning bundan boxabar va bexabar bo‘lishi yoki axborotning biror “elementini” o‘zlashtirishi salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Ammo bu erda, achinarli tomoni shundaki, axborot aniq va noaniq bo‘lishi kishilarni chalg‘itib qo‘yayotir. SHu boisdan, hech ikkilanmay aytish mumkinki, axborot psixologik xavfsizlik tahdidining namoyon bo‘lishi va uning insoniyat ongiga keskin ta’sir qilishi, mana shunday holatlarning negizida vujudga kelmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan tashqari, SHarq uchun absurd bo‘lib tuyulgan sifatlar ham kirib keldi. Bu esa, o‘z-o‘zidan yoshlar ongini zaharlanishi, o‘z hayotiy-milliy qadriyat va urf-odatlariga, bundan ham xavflisi ma’naviyatiga xilof ravishda, chet el madaniyatini “ommaviy madaniyat” sifatida o‘zlashtirayotganligi, yoshlarni g‘arb foydasiga fikr, xulosa chiqarishlariga moyil qilib qo‘ymoqda.

SHuningdek, milliy tillar ayrim xorijiy tillar so‘zlari, birikmalari bilan ifloslanmoqda. Insonlar bir xil ovqatlarni iste’mol qiladilar, bir xil kiyinadilar, bir xil filmlarni ko‘radilar, ma’lumotlarni OAV dan oladilar. Bu holat umumiylikni yoki g‘arblashuvni yuzaga keltirib, milliylikni unutilishiga, izdan chiqishiga, eng qo‘rqinchlisi yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ammo mana shunday vaziyatda insonlarning globallashuv jarayoni ta’sirida ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarga mustahkam iroda bilan dosh berish va kurashish uchun ularda yagona imkoniyat mavjud bo‘lib, bu mafkuraviy immunitet hisoblanadi. Bu o‘rinda, mafkuraviy ta’sir haqida gap ketar ekan, buni biz birgina Prezidentimiz ta’biri bilan izohlashimiz mumkin, “Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”1. SHunday bo‘lsa ham, globallashuv jarayoni ta’siri ostida bu immunni yuzaga chiqarishda har bir davlatning milliy g‘oya va mafkurasi alohida ahamiyatga ega. Albatta, bunda, mafkura negizi vatanga muhabbat, sadoqat, ishonch tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan bo‘lib, ajdodlarning asriy orzusi bo‘lgan tinchlik va osoyishtalik, uni asrab-avaylash, mustahkamlash hamda asrlar osha davom etib kelayotgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimizni kelajak avlodlarigacha etib borishini ta’minlash, maqsadiga qurilgan bo‘lgandagina, mafkuraviy immunitet yuzaga chiqadi.

Globallashuv sharoitida milliy manfaatlarni himoya qilish har qachongidan ham muhim. CHunki globallashuv ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy xususiyatlarga ham ega bo‘lib, bular birinchi navbatda mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘luvchi jihatlardir. Jamiyat a’zolarida bunday tahdidlarga qarshi kuchli immunitet uyg‘otish, voqea-hodisalarga munosabat bildirishda demokratik tafakkurga tayanish milliylikni saqlab, asrab-avaylab, rivojlantirish va targ‘ib etishning zaruriy sharti bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi “Milliy xavfsizlik konsepsiyasi”da hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoyalanganlik holati O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining mazmunini tashkil etib, uning barqaror rivojlanishi sharti sifatida baholanadi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning: “Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi"1 - degan fikrlari ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqot ishlarida milliy manfaat etakchi o‘rinda turishi lozimligini bildiradi.

Ta’kidlash zarurki axborot makoni quyidagi xususiyatlarga ega:


  • Axborot makoni muayyan hudud yoki chegara bilan cheklanmaydi;

  • Har qanday ko‘rinishdagi axborotning iste’molchiga etib borishi uchun cheklov mavjud emas;

  • Axborot o‘zining muhimligi va dolzarblik xususiyatiga ko‘ra bosqichma-bosqich ko‘payib boradi;

  • Axborot ta’sir ko‘lami oshib borishining qanday yakun topishini (ijobiy yoki salbiy) oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi.

Bunday vaziyatda “milliy manfaatlar”ni muayyan sub’ektlar tomonidan muhofaza qilinishi muhim. SHu o‘rinda “milliy manfaatlar” tushunchasiga izoh berib o‘tsak. “Milliy manfaatlar” tushunchasi bir vaqtning o‘zida aniq, tushunarli va shu vaqtning o‘zida bir oz mavhum xarakter kasb etadi1. “Bir tomondan, qaror qabul qilayotgan va siyosiy voqea-hodisalarni shunchaki kuzatib turgan insonlarga ayonki, har qanday mamlakat ham doimiy ko‘rinishga ega bo‘lgan xalqaro sahnada muayyan maqsadlarni ko‘zlab ish yuritishga asosiy e’tiborini qaratadi. U xavfsizlikni ta’minlash bo‘ladimi, iqtisodiyotni rivojlantirishmi yoki boshqa maqsadlarmi ahamiyati yo‘q. “AQSHning milliy manfaatlar bo‘yicha komissiyasi 1996 yilda milliy manfaatlar tashqi siyosatning fundamental ajralmas qismi degan xulosaga kelishi2” fikrimizni tasdiqlaydi. SHu bilan birga ko‘zlangan manfaatni qanday ko‘rinishda va qay yo‘sinda amalga oshirish turli omillarga bog‘liq. Qolaversa, milliy manfaat tushunchasini to‘g‘ri anglab etgan va talqin qila olganligi sababli buyuk millat darajasiga etganlarga boshqa xalqlarning hayrat ko‘zi bilan qarashayotgani e’tiborga loyiq. “Milliy manfaat” termini dastlab yangi davr mutafakkirlari Nikkolo Makiavelli, Gugo Grotsiy, Jan Boden va Tomas Gobbs asarlarida uchraydi. Biroq yuqorida nomlari qayd etilgan yangi davr nazariyotchilari “milliy manfaat” tushunchasini alohida kategoriya sifatida o‘rganishmagan.

“Birinchi bo‘lib “milliy manfaatlar” tahlili bilan shug‘ullangan shaxs “geosiyosat” sohasini birinchilardan bo‘lib tadqiq etgan AQSHlik kontradmiral Alfred Mexen (1840-1914) hisoblanadi”3. U o‘zining “AQSHning dengiz kuch-qudrati va kelajagi”4 asarida millat maqsadlariga mos keluvchi harbiy dengiz kuchlarini yaratishni davlatning asosiy vazifalaridan biri sifatida e’tirof etadi. Mexenning fikricha “dengizdagi milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish geosiyosiy muvozanatni ta’minlash hamda milliy ustunlikka ega bo‘lish kalitidir”1. Uning fikrlarini keyinchalik qo‘llab-quvvatlagan, “milliy manfaatlar” tushunchasini davlatning kuch-qudrati timsoli deya e’tirof etgan nazariyotchi olim Gans Morgentaudir (1904–1980). Morgentau ta’biricha “davlat o‘zining siyosiy va boshqa maqsadlariga erishishning asosiy yo‘li sifatida milliy manfaatlarga tayanish ekanligini uqtiradi”2. “YAna bir AQSHlik tarixchi olim CHarlz Ostin Bird (1874–1948) “milliy manfaatlar”ni iqtisodiy kategoriya sifatida tushuntiradi va bunda xo‘jalik munosabatlari asosiy o‘rinni egallashini e’tirof etadi”3.

Rossiya Federatsiyasining axborot xavfsizligi Doktrinasida axborot sohasida milliy manfaatlarni himoya qilishning to‘rtta asosiy ustuvor yo‘nalishi belgilab qo‘yilgan:

1. Axborot olish va undan foydalanish sohasida insonning konstitutsion huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, mamlakatning ma’naviy taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatning axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash, insonparvarlik va vatanparvarlik an’analarini hamda mamlakatning madaniy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish.

2. Xalqaro jamoatchilik e’tiboriga mamlakat siyosati to‘g‘risidagi haqqoniy va ishonarli axborot etkazish, mamlakat va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan voqea va hodisalarga doir rasmiy doiralar pozitsiyasini bayon etish, fuqarolarning davlat axborot resurslaridan ochiq foydalanishini ta’minlash orqali davlat siyosatini axborot bilan ta’minlanganligi.

3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborot sanoati rivoji, shuningdek axborotlashtirish sanoati, telekommunikatsiya va aloqa, hamda ichki bozorda axborot mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va ushbu mahsulotni jahon bozoriga chiqarish, shu bilan birga mamlakat axborot resurslaridan samarali foydalanish.

4. Axborot resurslaridan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan himoyalash, axborot va telekommunikatsiya tizimlari xavfsizligini ta’minlash1.

Biz yuqorida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xavfsizlik konsepsiyasi”da belgilab qo‘yilgan fikrlarga to‘xtalgan edik. YA’ni muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoyalanganlik holati milliy xavfsizlikning asosini tashkil etishini hisobga olsak, mamlakatimizning axborot sohasidagi manfaatlarini ro‘yobga chiqarish borasida ayrim mulohazalarni aytib o‘tishni zarur. Axborot makonida milliy manfaatlarni himoya qilish zarurati mustaqil O‘zbekiston uchun asosiy vazifalar sirasiga kiradi. CHunki, totalitar tuzum asoratlaridan xalos bo‘lgan yurt uchun o‘z qaddini tiklab, rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishida milliy manfaatlarni himoya qilish birinchi galdagi vazifa bo‘lib, bunda axborot sohasi himoya vositasi sifatida maydonga chiqadi.

E.Tofflerning fikricha, “Tez kunlarda tarix sahnasiga yangi hokimiyat ko‘tariladi. Kuch, zo‘ravonlik, boylik, pulga asoslangan hokimiyat intihosiga etib, uning o‘rnini bilim va axborotga asoslangan hokimiyat egallaydi. YAngi hokimiyatda aql ustuvorlik qilib, bu aql bilimni, axborotni, insonlarda shakllangan fundamental qadriyatlarni sintez qilishga yo‘naltiriladi”2. Olimning fikrlarini tahlil qilib shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu vaziyatda mamlakatimizda axborot sohasidagi milliy manfaatlarni himoya qilishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

SHuningdek, tadqiqotchi A.Tashanovning fikriga ko‘ra: “...axborot inqilobining yanada chuqurlashuvi, insonga ta’sir ko‘rsatuvchi texnik vositalar va psixologik mexanizmlarni yaratish alohida individning dunyoqarashini an’anaviy madaniyatdan boshqa mazmunda shakllantirish imkonini beradi. Bu esa an’anaviy siyosiy, diniy yoki boshqa konsepsiyalardan tashqarida yotgan mafkuralarning qat’iyan yangi shakllari paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratadi”3. Bunday vaziyatda Milliy manfaatlar millat vakillarining qadr-qimmatini belgilovchi, uning etnos sifatida rivojini ta’minlovchi omildir. SHu bilan bir qatorda milliy manfaatlar milliy davlatchilikning taraqqiyotini ta’minlashda etakchi o‘rin egallaydi. “Milliy manfaat – millat, xalq hayotini belgilaydigan, uning faoliyatini ma’lum maqsadlarga yo‘naltiradigan ijtimoiy munosabatlar, milliy ehtiyojlar, tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyat, ruhiyati, an’ana va qadriyatlari tizimidir”.1 Haqiqatan ham milliy manfaatlar millatning moddiy va ma’naviy salohiyat darajasini belgilab, uning o‘zligini himoya etishga qaratilgan jihatlardir. “Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at” da: “Milliy manfaatlar – millatga, milliy davlatga, moddiy, ma’naviy, ruhiy va jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar” sifatida ta’rif beriladi.2 Milliy manfaatlar foyda va naf keltirish bilan bir qatorda milliy ruhning ustuvorligini ta’minlovchi omildir. “Falsafa: qisqacha izohli lug‘at”da manfaatning vazifalari quyidagicha turkumlashtiriladi: “Manfaat jamiyat taraqqiyotida quyidagi ijtimoiy funksiyalarni bajaradi:



  1. Bilish funksiyasi...

  2. Axborot uzatish funksiyasi...

  3. Muloqot vazifasi....

  4. Inson axloq-odobi, hatti-harakatini baholash va tartibga solish vazifasi...

  5. Kishilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash vazifalarini bajaradi”.3

Demak, manfaat doirasidagi vazifalarga axborot uzatish va muloqot funksiyalari ham kirar ekan, ushbu funksiyalar realizatsiyasida milliy manfaatlarni himoya qilish imkoniyatining mavjudligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, axborot uzatishda shaxsiy, guruhiy bo‘lishidan qat’i nazar, manfaat etakchi o‘rin egallaydi. Gap millat, ya’ni milliy manfaat haqida borar ekan, ushbu masala ko‘lami yanada kengayadi. YA’ni, millat taqdiriga oid axborotlarni uzatishda milliy manfaat etakchi o‘ringa chiqishi taqozo etiladi. Milliy manfaat: “Millat yoki mamlakat aholisining ijtimoiy ahvolini in’ikos etar ekan, u milliy taraqqiyot kuchlarini harakatga undovchi muhim omil vazifasini bajaradi”.4 Demak, milliy manfaat taraqqiyotni ta’minlovchi kuchlarni harakatga undar ekan, bu jihat globallashuv sharoitida yanada yaqqolroq namoyon bo‘lib, bunda axborot omilining o‘rni beqiyosdir.

“Manfaat tushunchasi serqirra, murakkab tushuncha. Uning mohiyati siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar bilan bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki konkret tarixiy sharoitlar bilan ham bog‘liqdir”.1 Mana shu ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarimizni axborot sohasida himoya qilish zaruriy omil sifatida maydonga chiqmoqdaki, bu milliy taraqqiyotimiz rivojida muhim o‘rin tutadi.

Bugungi globallashuv sharoitida axborot sohasida milliy manfatlarni himoya qilish hayotiy zarurat sifatida milliy xavfsizlikning ta’minlanganlik darajasini belgilaydi. Fikrimizcha, global axborotlashuv sharoitida milliy manfaat targ‘ibi va himoyasi quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

1) teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar;



    1. gazeta va jurnallar;

    2. internet tizimi.

Ushbu tizimlar orqali o‘zbek tili bilan birga rus va ingliz tillarida ham ma’lumotlar berilib, eshittirish va ko‘rsatuvlar olib borilayotgani milliy manfaatlar nafaqat mamlakat ichida, balki sarhadlarimiz tashqarisida ham targ‘ib va himoya qilinayotganligini bildirib, global taraqqiyot sharoitida ushbu omil jiddiy ahamiyatga ega.

Globallashuv sharoitida axborot sohasida milliy manfaatlarni himoyasi quyidagi sohalarda o‘z aksini topmoqda:



  • davlat suverenitetini mustahkamlash, shuningdek davlat chegaralarining daxlsizligini ta’minlashda;

  • milliy (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, madaniy va ma’naviy) xavfsizlikka salbiy ta’sir etuvchi omillar yo‘lini qirqishda;

  • demokratiyaning rivojini ta’minlab, demokratik va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borishda;

  • mintaqaviy tahdidlar (qo‘shni davlatlardagi siyosiy beqarorlik va mojaroli vaziyatlar, terrorizm, narkotrafiklar) ta’sirini minimallashtirishda;

  • ishsizlik va qashshoqlikning oldini olishga qaratilgan faoliyatda.

Bizning fikrimizcha bugungi kunda global axborotlashuv sharoitida millatning raqobatbardoshligini ko‘tarish tobora muhim vazifaga aylanib bormoqda. Globallashuvning shiddatli ta’siri tufayli kichik millat va elatlar global raqobatlar tahdididan o‘zga madaniyatlar og‘ushiga singib ketayotganliklari hech kimga sir emas. O‘zbeklarning umumiy miqdori yigirma milliondan ortiqligi bois o‘rta millatlar tarkibiga kirib, o‘zligini saqlash, rivojlantirib, targ‘ib etish imkoniyatlari mavjud. SHuningdek, milliy iqtisodning ustuvorligini ta’minlash ham manfaatlar doirasida millatning raqobatbardoshligini ta’minlovchi omildir. “Endilikda milliy iqtisodlar axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘la foydalanmay turib raqobatbardosh bo‘la olmaydilar. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari o‘z kelajagini axborot texnologiyalarini izchil rivojlantirish vositasida ta’minlashga harakat qilishmoqda”.1 Globallashuv sharoitida milliy manfaatlar doirasida millatning raqobatbardoshligini ta’minlash omillari, fikrimizcha, quyidagilardir:

  1. Millatning sifati va soni.

  2. Iqtisodiy imkoniyatlari.

  3. Siyosiy va harbiy imkoniyatlari.

  4. Ilmiy-texnik imkoniyatlari.

  5. Ishlab chiqarish imkoniyatlari.

  6. Kadrlar salohiyati va ta’lim standartlarining umumjahon andozalariga mos kelishi.

  7. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish va undan samarali foydalanish holati.

  8. Tarixiy qadriyatlarining ustuvorligi.

  9. Jahon hamjamiyati tomonidan milliy madaniyatining e’tirof etilishi.

  10. Ma’naviy va axloqiy salohiyati.

Aksariyat parametrlar bo‘yicha yuqoridagi talablarga javob beruvchi O‘zbekiston bugungi shiddatli taraqqiyot va global axborotlashuv sharoitida raqobatbardosh siyosiy birlik sifatida jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab kelayotganligi ijobiy hodisa. “Milliy manfaatlar davlatning ham ichki, ham tashqi siyosatini, qolaversa, uning siyosiy xulq-atvorini belgilab berish bilan bir qatorda, uning noyobligini, qaytarilmas dunyo sifatida o‘zini namoyon qilishiga sabab bo‘ladi. SHu tarzda har bir davlat ko‘zlangan ezgu maqsad – o‘z xalqining iqtisodiy va intellektual ravnaqi orqali farovonligini ta’minlash hamda dunyo barqarorligini o‘zi va boshqalar uchun ta’minlashiga xizmat qiladi”.1 Global axborotlashuv sharoitida ushbu omillarni informatsion tizim vositasida amalga oshirish ta’kidlangan jihatlarning samarali amaliyotini ta’minlashda muhimdir.

Axborot sohasida milliy manfaatlarni himoya qilishning samadorligini oshirish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratmoq lozim:



  • mamlakatda ishsizlar sonini minimallashtirish maqsadida tadbirkor va ishbilarmonlarni qo‘shma korxonalar, korxona va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sexlar qurishga rag‘batlantirish;

  • xotin – qizlar faoliyati bilan bog‘liq ish turlarini kengaytirish. Buning uchun xotin-qizlarga moslashtirilgan ish o‘rinlarini ko‘paytirish;

  • aholining qo‘shni davlatlar hududida arzon ishchi kuchi sifatidagi faoliyatini qisqartirishga erishish. YA’ni chet elda mehnat migratsiyasining huquqiy asoslarini yaratishdan iborat.

Ma’lumki, axborot sohasidagi milliy manfaatlarni himoya qilishda ijtimoiy-siyosiy fanlarning o‘rni sezilarli. Xususan, siyosatshunoslik siyosiy jarayonlarda milliy manfaatlarni himoya qilishning ob’ektiv zarurligi konsepsiyasini ilgari surar ekan, ushbu jihat mustaqil davlatchiligimizning siyosiy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. “O‘zbekiston milliy manfaatlari ijtimoiy hayotda politologiyaga yanada katta o‘rin berilishini, uning mavqeini mustahkamlashni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida, jahon siyosiy xaritasida O‘zbekiston davlatining o‘rni tobora mustahkamlanib borishini ta’minlaydi”.2 Jahon sahnida mamlakatimiz obro‘-e’tiborining oshishi birinchi navbatda milliy manfaatlarning ta’minlanganlik darajasi bilan o‘lchanib bunday mas’uliyat global taraqqiyot sharoitida axborot sohasi zimmasiga tushadi.

Umuman olganda, axborot sohasida milliy manfaatlarning himoyasi millat kelajagi va milliy davlatchilik taraqqiyoti uchun zaruriy omildir. Milliy manfaat himoyasi hamda milliy qadriyatlarga asoslangan targ‘ibot va tashviqot globallashuvning salbiy xurujlaridan asrovchi vosita sifatida ham ahamiyatga ega.

SHu bilan bir qatorda ilgari surilgan fikrlardan kelib chiqib:


  • yosh avlod tarbiyasida ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini o‘stirish;

  • Tarixiy qadriyatlarimizga ijobiy munosabatni shakllantirib rivojlantirish;

  • ajdodlarimiz e’tiqod qilib kelgan hamda bugungi kunda ham yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasi yo‘lida zarur bo‘lgan muqaddas islom diniga sadoqat ruhida tarbiyalash;

YUqorida ta’kidlangan fikrlarni rivojlantirish asosida yoshlar ongida g‘oyaviy immunitetni rivojlantirish lozimligi ta’kidlanib, ushbu jihatlar globallashuv sharoitida axborot sohasida hamda vositasida milliy manfaatlarni himoya qilish zaruratini anglatadi.


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish