Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


Axborot xavfsizligini ta’minlashda davlat hokimiyati organlarining o‘rni va roli



Download 1,89 Mb.
bet19/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
2.3. Axborot xavfsizligini ta’minlashda davlat hokimiyati organlarining o‘rni va roli
Bugungi global axborotlashuv sharoitida informatsion-kommunikativ vositalar orqali davlat va jamiyat a’zolari manfaatlariga xizmat qilmaydigan turfa ma’lumotlarning ham tarqalayotganligi sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi. Bu borada mamlakat Prezidenti SH.Mirziyoevning quyidagi fikrlarini aytib o‘tish zarur: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. SHu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin, tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”1.

Mafkuraviy xurujlarning mavjudligi sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash ob’ektiv zaruriyat sifatida maydonga chiqib, axborot xavfsizligi jamiyatning ma’naviy-axloqiy, qolaversa, intellektual salohiyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi omildir.

Insoniyat axborotlashgan jamiyat sari qadam tashlayotgan ekan, ayni paytda axborot omili etakchi o‘ringa chiqayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Ijtimoiy-siyosiy faoliyat hamda kundalik hayotda axborot asosiy o‘rin tutayotgan ekan, axborot ishlab chiqarish bilan bir qatorda axborotni oqilona boshqarish ham muayyan maqsadlar realizatsiyasini ta’minlashda muhim. «Axborotlashgan jamiyatda jamiyatni boshqarishda tijorat va davlat tashkilotlari bilan bir qatorda axborot menejmenti ham etakchi rol o‘ynab, bunda axborot ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bir qatorda axborotni boshqara bilish jamiyat faoliyatining asosiy jihatiga aylanadi».1

E.Toffler «Uchinchi to‘lqin» haqidagi konsepsiyasida axborot rolining ortib borishini bugungi voqelikning asosiy xususiyati sifatida baholaydi. U o‘z konsepsiyasida agrar inqilobi2, sanoat inqilobi bilan bir qatorda axborot inqilobi sodir bo‘layotganini uqtiradi3.

Bu borada A.Mo‘minovning quyidagi fikrlari e’tiborga molik: “Agar davlatlarning qudrati birinchi sanoat inqilobiga qadar aholining soni va hududlarning katta-kichikligiga qarab, birinchi va ikkinchi sanoat inqiloblari o‘rtasida davlat tasarrufidagi energiya turlari va ularning miqdoriga qarab belgilangan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib davlatning qudrati , eng avvalo axborot resurslariga, ya’ni davlat ega bo‘lgan bilimlarga va ulardan ishlab chiqarishda qay darajada foydalanilishiga qarab belgilanadi”4.

SHuningdek, A.Mo‘minov “erkin axborot almashuvi” nazariyasining asoschilaridan biri bo‘lgan MRB sobiq direktori A.Dallesning 1946 yildagi bayonotini keltirib o‘tadi. “Agar menga, - deb yozadi A.Dalles, - tashqi siyosatning faqatgina bitta tamoyilini tanlab olish huquqi berilganda, men axborotning erkin oqimi prinsipini tanlagan bo‘lar edim” degan fikrini tahlil qilarkan muallif g‘arbda “axborotning erkin oqimi” deyilganda cheksiz miqdordagi cheksiz miqdordagi axborotni bir taraflama uzatish, bunda axborot mazmunining hech qanda me’yorlar bilan cheklanmasligi va mazkur axborot u etkazib berilayotgan hududdagi davlat tomonidan nazorat qilinmasligi tushuniladi”5 deya fikrini davom ettiradi.

Axborotlashtirish jarayoni jahon miqyosida keng ko‘lamli axborot tizimini yaratish kabi ijobiy jihatlari bilan birga axborot sohasidagi yutuqlardan g‘arazli niyatlarda foydalanish xavfi ham mavjudligini ko‘rsatmoqda. SHunday ekan, axborot makonining globallashuvi sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida: “Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish va saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat” - deyiladi.1

Hozirgi global axborotlashuv sharoitida axborot siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun, hamda jamiyatda o‘z ta’sir doirasini kengaytirish uchun kurashida asosiy qurolga aylanib bormoqda. Demak, axborot siyosiy jarayonlarda ta’sir etishning eng qudratli resurslaridan biriga aylanayotgan ekan, uni himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash, jamiyat xavfsizligini ta’minlash bilan teng. Ma’lumki, axborot xavfsizligi davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot sohasidagi himoyalanganligi darajasi bilan belgilanadi. Demak, axborot xavfsizligi milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida e’tiborlidir. SHu bilan bir qatorda axborot xavfsizligi milliy davlatchilik, mamlakat mustaqilligi, davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti, jamiyat a’zolari ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil ham hisoblanadi. Har qanday, avvalo, fikriy qaramlik, ya’ni g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir etishdan boshlanishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan axborot xavfsizligini ta’minlash o‘rtasida uzviy aloqadorlik yaqqol namoyon bo‘ladi.

Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining “Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati” deb nomlangan 12-moddasida: “Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolarning o‘rni va ahamiyatini belgilaydi” - deyiladi.1 Demak, mazkur qonundan ko‘zlangan asosiy maqsad axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan bir qatorda jamiyat a’zolari ongida milliy o‘zlikni anglab, Vatan va xalq kelajagi uchun mas’ullik hissini rivojlantirishga qaratilgan.

Mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta’minlash qator tashkiliy va huquqiy masalalarni hal qilishni, shuningdek, siyosiy va tarbiyaviy choralar ko‘rishni taqozo qiladi. Axborot xavfsizligi fuqarolarning kundalik hayotda axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoit yaratib, ularni turfa axborot tahdidlaridan himoya etishning huquqiy-siyosiy ko‘rinishidir. Axborot xavfsizligini ta’minlashning yana bir muhim usuli – fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularda qabul qilgan axborotlarni saralay bilish va ularning umummanfaat uchun xizmat qiluvchi jihatlaridan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish bilan bog‘liq. Axborot xavfsizligini ta’minlash, uning samaradorligini oshirish sohasida har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli tomonlarini chuqur idrok etib, ularni qay darajada qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z professional-kasbiy faoliyati hamda kundalik hayoti uchun nechog‘lik kerak yoki kerak emasligini tushunish va baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Boshqacha aytganda, kishilar tafakkurida axborotlarning keragini-kerakka, saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajratadigan “filtr” va ko‘nikmalar bo‘lishi axborot xavfsizligini kafolatlovchi muhim omil hisoblanadi.

Global axborotlashuv jamiyatimiz a’zolari ijtimoiy hayoti sohalariga, shuningdek dunyoqarashi, tafakkuriga, milliy-madaniy qadriyatlarga ham turli xil yo‘llar bilan ta’sir ko‘rsatishga intilayotganligi ijobiy mohiyat kasb etishi bilan birga, salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarish ehtimoli namoyon bo‘lmoqda. Ushbu jarayonning bunday ta’sirini kishilar hayotidagi pozitiv o‘zgarishlarga mos “me’yor” darajasi bilan taqqoslab olib borish, aksincha, uning buzilishi holatini farqlash va hisobga olish muhim. Ayniqsa, axborot ko‘lami tez sur’atlar bilan ortib, mustaqillik tufayli jamiyatimiz a’zolari yangi-yangi axborot maydonlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan davrda, muayyan millat yoki xalqqa xos bo‘lgan fikrlar, qarashlar axborot tizimi orqali butun dunyoga tarqatilmoqda.

Axborotning ta’sir kuchini bugun er kurrasining barcha mintaqasida sezish mumkin. Buni ayniqsa XXI asrning boshlarida juda ko‘p mamlakatlar o‘z tajribalaridan o‘tkazib ko‘rishdi. Axborotning salbiy ta’siri doirasiga tushib qolgan ayrim mamlakatlar esa o‘z boshlaridan og‘ir jarayonlarni o‘tkazishdi. Asrimizning ilk yillarida rivojlanayotgan ayrim MDH mamlakatlari (Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina) yoki SHimoliy Afrika mamlakatlari (Misr, Liviya, Tunis) kabi davlatlar tarixda “rangli inqiloblar” nomi bilan tarixda qolayotgan “aksiya”ning qurboniga aylanishganini butun dunyo ko‘rdi. Ushbu davlatlardagi sodir bo‘lgan jarayonlarga baho berayotgan ekspertlar hokimiyat almashuvi ro‘y berdi deyishadimi, yoki hukumat tepasida noqonuniy rahbar o‘rniga legitim hukumat keldi deyishadimi farqi yo‘q. Eng asosiysi mazkur hodisalar oqibatida mamlakat iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa jihatlardan katta zarar ko‘rgani shubhasiz. YUqorida nomlari keltirilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan “rangli inqiloblar”ning katta ko‘lamda avj olib ketishiga tashqaridan ko‘rsatilgan ta’sir asosiy sabab sifatida e’tirof etiladi. Bu ta’sirning axborot omiliga tayanishini e’tiborga olsak, bunday tahdidlardan himoyalanishning asosiy sharti sifatida zararli axborot muhitidan himoyalanish zarurligi ayon bo‘ladi. SHubhasiz yaqin o‘tmishda jahoda sodir bo‘lgan voqealarni kuzatib, u “arab bahori” bo‘ladimi, turli rang nomlari bilan ataladigan “rangli inqiloblar” bo‘ladimi hammasining boshlanishi tashqaridan tiqishtirilgan axborot ta’sirida amalga oshirilgani ma’lum bo‘lmoqda. Bu esa o‘zining yorqin kelajagini ta’minlashga intilayotgan jamiyatlardan yanada hushyorroq bo‘lishni taqozo etadi.

Bugungi kunda umumiy barqarorlikni ta’minlashda axborot xavfsizligi omili etakchi o‘ringa chiqayotgan ekan, shuni ham ta’kidlash joizki, dunyoning barcha etakchi mamlakatlari o‘z taraqqiyotida industrial bosqichdan informatsion texnologiyalar va axborot ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish, uni manfaatli maqsadlar yo‘lida tarqata bilish mahorati ustunlik qiladigan industrial-axborot bosqichiga o‘tish davriga yaqin turibdi. Ushbu o‘tish davrining tugallanishi asrimizning ikkinchi o‘n yilligida ro‘y berishi kutilmoqda. Biroq bugungi kunga kelib shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy-madaniy hayot faoliyatining barcha sohalari axborotga bog‘liq. Misol sifatida shuni alohida ta’kidlash mumkinki, biror-bir rivojlangan davlatning davlat boshqaruvi yoki bank tizimida foydalanilayotgan kompyuterlar va boshqa telekommunikatsion vositalarining ishdan chiqishi va undagi ma’lumotlarning yo‘qolishi mamlakatga harbiy tazyiqqa nisbatan ko‘proq zarar keltiradi. AQSH harbiy ma’muriyati tomonidan 2010 yilgacha quruqlikdagi qo‘shinlarni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan edi. Unga muvofiq harbiy kuchlar asosiy faoliyati axborot ustunligiga erishish hisoblanadi. Amerikalik ekspertlar fikricha, axborot ustunligini qo‘lga kiritish yoki unga erishish axborot oqimini to‘xtovsiz yig‘ish, qayta ishlash va uzatish imkonini beradi. Bunday imkoniyatga ega bo‘lish bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi tomonning imkoniyatlarini butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkin. Ushbu konsepsiyaga binoan axborot ustunligiga erishish uchun hozirdanoq axborot operatsiyalari o‘tkazilgan edi.1

Bugungi kunda turli ishlab chiqarish sohalari orasida axborot sohasi alohida o‘ringa ega bo‘lib ulgurdi. Uni insoniyatga ta’sir o‘tkazishning asosiy vositasiga aylangani sabab uning resurslarini o‘rganish vaqti etib keldi va o‘z oldiga ulkan taraqqiyot maqsadlarini qo‘ygan mamlakatning milliy xavfsizligi uchun katta ta’sir kuchga ega bo‘lib qolgani hech kimga sir emas. “AQSH milliy xavfsizlik strategiyasining asosiy maqsadi amerikacha yashash tarzining himoyasiga qaratilgani bilan alohida diqqatga sazovor. “Mening ma’muriyatim uchun eng muhim vazifa va konstitutsiyaviy burch – xalq, mamlakat hududi va yashash tarzining milliy xavfsizligini ta’minlash bo‘ldi” degan edi AQSH Prezidenti Bill Klinton”1.

Axborot xavfsizligi muammosi ustida tadqiqot olib borgan juda ko‘p nazariyotchilarning fikricha ma’lumotlarni jamlash, ularni muayyan tartibga solish va foydalanish orqali davlatning geosiyosiy imkoniyatlari oshib borishi ayni haqiqatdir. “Iqtisod, ilm-fan, siyosatning barcha jabhalarida axborot texnologiyalari va axboriy resurslarning geosiyosiy ahamiyati ko‘tariladi chunki, mamlakatning geosiyosiyosiy salohiyati va uning siyosiy imkoniyatlari global miqyosda mamlakatning hududiy joylashuvi, kattaligi, aholisi ko‘pligi bilangina emas, balki iqtisodiy, ilm-fan, harbiy hamda kommunikatsion imkoniyatlari bilan namoyon bo‘ladi”2. Darhaqiqat, ilgari mamlakatning kuch-qudrati uning iqtisodiy rivojlanganligi, territorial imkoniyatlari, strategik joylashuvi, undagi foydali qazilmalari va boshqa imkoniyatlari orqali baholangan bo‘lsa, bugungi kunda asosiy strategik resurs sifatida axborot qayta-qayta e’tirof etilmoqda.

Demak, dunyo miqyosida axborot xavfsizligi omili etakchi mavqe egallab, milliy taraqqiyotning kelajagi ana shu omilning naqadar ta’minlanganligi darajasi bilan o‘lchanar ekan, davlat hokimiyati organlari ushbu masala echimida muhim o‘rin tutishlari lozim.

Uchinchi ming yillik boshiga kelib jahon hamjamiyati taraqqiyoti axborotlashuvning faol rivojlanayotgan jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda o‘sib bormoqda. Bugungi fan-texnika taraqqiyotining hosilasi sifatida axborot ko‘lamining kengayib borishi globallashuvning tarkibiy qismi sifatida globallashayotgan dunyoda tafakkur globallashuvini belgilab bermoqda. Ushbu jihat axborot omili bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tabiiy ravishda ma’lumot almashinuvning globallashuvini ta’minlamoqda.

Ma’lumot almashinuv, ayirboshlash kabi axborot sohasidagi ustuvorlikni ta’minlaydigan bu omillar jamiyat a’zolari ongiga kuchli ta’sir o‘tkazish va uni boshqara olish imkoniyatlarini kengaytirdi. Xususan, jahon media-xoldinglari egalari voqea-hodisalarni yoritishda muayyan guruh, siyosiy tashkilot yoki muayyan davlat mafaatlarini ta’minlash maqsadida urg‘ularni o‘zgartirish yo‘li bilan ham tomoshabin yoki eshituvchida ro‘y bergan voqelikka nisbatan o‘zlari istagan munosabatni shakllantirish qudratiga ega. Jamiyat a’zolari ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan g‘arb turmush tarzini targ‘ib etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ayrim tashkilot, ko‘rsatuv va eshittirishlar axborot tizimi vositasida kishilar ongiga istagan fikrlar, qadriyatlar, ko‘rsatmalarni singdirishga intiladi. Internet esa virtual voqelikni shakllantirib, undan foydalanuvchilarda madaniyatning yangi ko‘rinishi – kibermadaniyatni qaror toptirmoqda. F.Madrahimova mazkur masalaga quyidagicha yondashadi: “Axborot orqali shakllantirilayotgan g‘oyaviy ta’sir, oshkora mafkuraviy tazyiq oldida hatto qudratli davlatlar ham qiyin ahvolga tushib qolmoqda. Axborotlashgan ta’sir an’anaviy xavf-xatarlar – terrorchilik, yadroviy qurollarning ishlatilishi, ekologik muammo va boshqa muammolardan farqli o‘laroq ko‘zga ko‘rinmaydi, chegara bilmaydi, uzoq vaqt mobaynida singib boradi. Bugungi kunda hech narsadan tap tortmaydigan axborotlar ta’siri tufayli turli davlatlar aholisi kayfiyati, ruhiyati, dunyoqarashi va hatti-harakatlarida tub o‘zgarishlar yuz berganligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin”1. SH.Murodova o‘zining “Mediavirus: muammolarning qo‘yilishi” nomli maqolasida amerikalik olim Duglas Rashkoffning “Mediavirus. Pop-madaniyatni sizning ongingizga qanday ko‘rinmas ta’siri bor” deb nomlangan iborasini tahlil qiladi. Unga ko‘ra muallif, “biologik viruslar inson organizmini qanday zaharlasa, mediaviruslar ham inson tafakkurini shunday zaharlaydi”2 deya fikr bildiradi.

Global axborotlashuv bois bugungi voqelikning shiddatli tus olayotganligi tabiiy ravishda har qanday davlat oldida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasini qo‘ymoqda. Axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi dunyo miqyosida global jarayonlarning rivojlanib borayotganligi sharoitida o‘zligi, milliyligi, davlatchilik an’analarini saqlab, rivojlantirib borishdan manfaatdor taraqqiyparvar mamlakatlar orasida qizg‘in muhokama qilinayotgani ham bejiz emas. Bunday muhokamalarda axborotning jamiyat a’zolari ma’naviy taraqqiyotidagi ijobiy rolini ta’kidlash bilan birga uning jamiyat axloqiy barkamolligiga salbiy ta’siri kuzatilayotganligi ham ta’kidlanmoqda. Insoniyat uchun bunday tahdidli holatlar kuchayayotganligi sharoitda ziyolilar bilan birga qatorda davlat hokimiyati organlari oldida jamiyatimiz a’zolari ongi va qalbida milliy g‘oyaga sodiqlik hislarini rivojlantirish talab etilib, ushbu jihatlar mustaqillikni mustahkamlash, milliy o‘zlikni himoya qilish, madaniy o‘ziga xoslikni asrash va axborot xurujlaridan himoyalanish vositasi sifatida ham muhim.

Fikrimizcha, qonunchiligimizda ommaviy madaniyatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi sub’ektlardan himoyalanishni belgilab beradigan qonunchilik bazasini takomillashtirishga ehtiyoj mavjud.

Axborot xavfsizligini ta’minlash sharoitida jamiyat a’zolari ma’naviyatini oshirishda davlat hokimiyati organlari oldida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi:


  1. Jamiyat a’zolari ma’naviyati bugungi axborot xavfsizligini ta’minlash sharoitida kuchli g‘oyaviy immunitet rivojini talab etib, jamiyatning madaniy-ma’naviy sohalari uchun mas’ul davlat tashkilotlari ushbu jihatga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim;

  2. G‘oyaviy-informatsion tahdidlar mavjudligi, shuningdek jamiyat a’zolari ma’naviy rivojiga xizmat qiluvchi axborot tanqisligi sharoitida jamiyat a’zolari ongida axborot vakuumi paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. Bunda davlat hokimiyati organlari OAV orqali 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar Strategiyasi” da belgilab berilgan davlat axborot siyosatining maqsadi, vazifalari ijrosini ta’minlash muhim;

  3. Bugungi global axborotlashuv sharoitida jamiyatning axborot xavfsizligi milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘layotganida, ushbu jihat davlat hokimiyati organlarining doimiy nazoratida bo‘lishi lozim. Bu borada jamiyat a’zolarining faoliyatida milliy davlatchilikni saqlab, rivojlantirish an’analariga sodiqlik xususiyatlarini o‘stirish lozim;

  4. Demokratik-huquqiy davlat sharoitida jamiyat a’zolari dunyoning barcha informatsion oqimlaridan axborot olish imkoniyati kengayadi. Bunda milliy ma’naviyatni yuksaltiruvchi axborotlar bilan birga, ma’naviyat tubanlashuviga olib keladigan axborot oqimlari kirib kelish ehtimoli ham kuchayadi. Bunday sharoitda davlat hokimiyati organlari davlatga qarashli va nodavlat OAV faoliyatida g‘oyaviy immunitetni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalar tarqalishini ta’minlashlari shart;

  5. Fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlanayotgan bugungi kunda aksariyat davlat organlarining funksiyasi fuqarolar qo‘liga o‘tadi. Lekin, o‘tish davrining ayrim ziddiyatlari hamda ba’zi muammolar mavjud sharoitda davlat o‘zining bosh islohotchilik mavqeidan kelib chiqib, hokimiyat organlari OAV faoliyatini umummaqsad sari yo‘naltirishi lozimki, bu jihat davlat va fuqarolar o‘rtasidagi birlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

YUqorida ta’kidlangan jihatlar jamiyatda umummilliy taraqqiyotni ta’minlashda ham muhim omil bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga to‘liq safarbar etadi.

Ushbu bobga xulosa qilib, mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning umumfuqaroviy manfaatlarni ifodalovchi axborot siyosati muhim o‘rin tutadi deb aytish mumkin. Ayniqsa, globallashuvning shiddatli, milliy madaniyatlarga ta’sir etish imkoniyati yanada kengayib borayotgan, ushbu jihatlar aksariyat holatlarda tahdid sifatida namoyon bo‘layotgan bugungi kunda axborot sohasida milliy manfaatlarni himoya qilish hayotiy zaruratga aylandi. Ma’lumki, milliy manfaatlar milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlovchi omil. SHaxs, guruh, siyosiy birlik hamda davlat o‘z maqsadini to‘liq realizatsiya qilishi uchun uning manfaatlari ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Bugungi globallashuv geosiyosiy raqobatni ham vujudga keltirib, bunday raqobat asosan OAV orqali olib borilayotganligi inobatga olinsa, ushbu omil naqadar dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Geosiyosiy raqobat dunyo miqyosida gegemonlikka da’vogar qiluvchi davlatlarning o‘zga davlatlarga ta’sirini o‘tkazishida namoyon bo‘lib, bugungi sharoitda u axborot vositalari orqali olib borilayotganligi barchaga ma’lum. Bunday sharoitda davlatning olib borayotgan axborot siyosatiga turli omillar ta’sir etib, bular ana shu boradagi siyosatning manfaatdorlik xarakterini taqozo etadi. YA’ni, axborot siyosatida birinchi navbatda milliy manfaatlar etakchi o‘rin egallasa, shuningdek bunday siyosatda davlat va fuqarolar, shu bilan bir qatorda mintaqa xalqlari, umuman insoniyat manfaatlari uyg‘unlashadi.

“Axborot urushi”, “Psixologik urush” tushunchasi ostida turfa xurujlar mavjud ekan, axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi dolzarbligicha qolaveradi. SHunday ekan, ushbu faoliyatni ta’minlashda bugungi murakkab, muammoli o‘tish davri sharoitida davlatning bosh islohotchilik mavqeidan kelib chiqib, davlat hokimiyati organlarining bu boradagi faoliyati yo‘nalishlarini tahlil etish zaruriy omildir. SHu bilan bir qatorda ushbu usul davlat va jamiyat orasidagi o‘zaro uyg‘unlik, maqsadlar umumiyligi hamda Vatan ravnaqi yo‘lida bunyodkorlik faoliyati ta’minlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu jihatlar milliy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning samarali axborot siyosati zaruriy omil ekanligini bildiradi.



Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish