Ўзбекистон миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc



Download 1,89 Mb.
bet24/32
Sana14.08.2021
Hajmi1,89 Mb.
#147931
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
X U L O S A

Globallashuv jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy hayotimizda aks etayotganligi bugungi davrning real voqeligidir. Bu jarayonlarining shiddati, davomiyligi va doimiyligini ta’minlashda axborot omili etakchi mavqe kasb etmoqda. SHunday ekan, axborot omiliga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratmay turib, milliy taraqqiyoni ta’minlab bo‘lmaydi. SHu bilan bir qatorda, axborot xavfsizligini ta’minlash globallashuv tufayli vujudga kelayotgan mafkuraviy tahdidlar sharoitida fuqarolar tafakkurida Vatan taqdiri uchun mas’ullikni shakllantirishga xizmat qilishi lozim.

Umummilliy taraqqiyotning ijobiy jihatlari jamiyatda axborot xavfsizligining ta’minlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston davlatining axborot siyosati jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ekan, bu holat Vatanimizning siyosiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilishi tabiiy. Bu borada qabul qilinayotgan qonunlar, Prezidentning farmon va qarorlari, hukumat qarorlari masalaning ijobiy echim topishiga yordam berishi shubhasiz. Jumladan, so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar davlatning axborot siyosatida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, hamda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori bugungi globallashuv sharoitida axborot makonida mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy tafakkurini shakllantirish borasida asosiy manbaa bo‘lib xizmat qiladi.

Globallashuv va axborot siyosati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik muammolarining ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish, ushbu jarayonlarning siyosiy munosabatlarga ta’sirini o‘rganish bir qator ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy taklif-tavsiyalarni ilgari surish imkonini beradi.



  1. «Globallashuv», «axborot siyosati», «axborot xavfsizligi» tushunchalarini ijtimoiy-siyosiy fanlarning maxsus kategoriyasi sifatida tadqiq etish siyosiy-falsafiy bilimlar mazmunining boyishiga xizmat qiladi. Globallashuv sharoitida davlatning axborot siyosati hamda axborot xavfsizligi haqida etakchi olimlar va mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan konsepsiyalar tahlili bilan bir qatorda o‘rganilayotgan muammo doirasida ijodiy yondashilgan konsepsiyalarning ilgari surilishi mavzuning metodologik asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

  2. Globallashuv sharoitida kechayotgan g‘oyaviy kurash, shuningdek geosiyosiy raqobat sharoitida davlatning axborot siyosati milliy manfaatlarni himoya qilish, jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlash, jamiyatda milliy o‘ziga xoslikni saqlashga xizmat qilmog‘i lozim. Axborot siyosatini yuritishda davlat hokimiyati organlari faoliyatini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish zarur.

  3. Dissertatsiyada davlatning axborot siyosati, uni tartibga solish, amalga oshirishning dunyo tajribasi o‘rganilib quyidagi xulosaga kelindi: taraqqiy etgan mamlakatlardagi axborot makoni va unda kechadigan jarayonlar davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Ushbu mamlakatlarda davlat boshqaruvi organlari axborot makonidagi ustuvor mavqeni saqlab qolishda internet, mobil aloqa, tele va audiovizual tizimlardan hamda an’anaviy bosma nashrlardan keng foydalanilmoqda. Bu esa ayni vaqtda globallashuv sharoitida milliy manfaatlarini himoyalashning samarali vositasi ekanligini ko‘rsatmoqda. SHu bilan birga, jamiyatda axborot xavfsizligining ta’minlanganligi jamiyat a’zolari siyosiy bilimi darajasining ortishida hamda zararli g‘oyalarga qarshi immunitet shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

  4. Globallashuv sharoitida davlat organlarining axborot makonidagi faoliyati axborot jarayonlarini tashkil etish, axborot oqimlari ustidan nazorat, shuningdek, hokimiyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi axborot manbalarini yaratishni shartlab qo‘yadi. Zero, har qanday zamonaviy jamiyatda davlat hokimiyati fuqarolik jamiyati bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga majbur. Demak axborotlashgan jamiyatda davlat organlari xalq bilan muloqotning samarali vositalarini yaratishi zarur.

  5. Axborot siyosatini shakllantirishda axborot makonining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish talab etiladi. Zero, turli ijtimoiy-siyosiy sub’ektlarning axborot makonidagi faolligi uning o‘sha makondagi o‘rni va mavqeini belgilab beradi. SHuni unutmaslik lozimki, axborot makoni ijtimoiy va indvidual ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, aynan axborot omili jamiyat rivojining asosiy kuchiga aylanmoqda. Doimiy kengayib borayotgan axborot makonida milliy institutlar ustun mavqeni egallashga intilishi davr talabidir. SHuningdek, zamonaviy jamiyatda davlat boshqa sub’ektlar va ishtirokchilar bilan yaqin hamkorlik qilishi va hokimiyatning ayrim funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazishi maqsadga muvofiq.

  6. Axborot siyosatining samaradorligini oshirishda, ommaviy axborot vositalariga jamiyatning milliy manfaatlarini ifodalovchi tizim sifatida qarash lozim. Bugungi kunda O‘zbekistonda 1500 dan ortiq ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. SHuningdek, global tarmoqda – UZ domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatayotganini e’tirof etgan holda yurtimizda ish olib borayotgan OAV son jihatdan boshqa taraqqiy etgan mamlakatlardan orqada qolmayotganligini ko‘rsatadi. Masalaning ikkinchi tomoni esa, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari faoliyatini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish vaqti kelganligini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqot natijalari o‘laroq olingan nazariy xulosalarni amaliyotgan tatbiq etish ehtiyoji bir qator amaliy taklif-tavsiyalarni ilgari surish imkonini beradi:

  • huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda jamiyat a’zolarining axborot xavfsizligi darajasi ular konstitutsiyaviy huquqlarining ta’minlanganligini ifodalab, ularning umuminsoniy sivilizatsiya rivojini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatini belgilaydi. Axborot siyosati jamiyat a’zolarining siyosiy-ma’naviy rivojini ta’minlashga yo‘naltirilgan ekan, u milliy manfaatlarning ifodachisi sifatida maydonga chiqadi. SHu sababdan “O‘zbekiston Respublikasi axborot siyosatining milliy Konsepsiya”si ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi lozim;

  • global axborotlashuv sharoitida o‘zligimizni saqlab qolish uchun qadriyatlarimiz asoslariga tayangan holda OAV orqali targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada yuksaltirish zarur. Bunda televidenie, radio, bosma nashrlar hamda internet kanallari orqali maxsus materiallarni yoritib borishni tizimli yo‘lga qo‘yish zarur. G‘arblashtirish jarayonlari kechayotgan bugungi kunda milliy taraqqiyotimizning konseptual jihatlarining respublika OAV orqali yanada kengroq targ‘ib etish milliy manfaatlarni ta’minlashga xizmat qiladi;

  • mamlakatimizda axborot siyosati huquqiy asoslarini mustahkamlash, uning maqsad va vazifalarini aniq belgilash zarurati tufayli O‘zbekiston Respublikasida sohaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish talab etiladi. SHunisi etiborliki, mavjkud qonunlarimizda “Axborot siyosati” tushunchasi o‘zining to‘liq yuridik ifodasini topmagan. YOki axborot siyosatiga “axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati” sifatida qaralgan. Xolbuki, bu atamalar aynan bir ma’noni anglatmaydi. Masalan, 2003 yilda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunda davlatning axborotlashtirish soxasidagi siyosati “axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan faoliyat” sifatida ta’riflangan. Biroq qonuniligimizda axborot siyosati nafaqat axborot resurlari va tizimlarini rivojlantirishga, balki axborot sohasidagi milliy manfaatlarni himoyalashga qaratilganligi o‘z ifodasini topmagan. SHundan kelib chikib, O‘zbekiston Respublikasi “Axborot olish kafolatlari va erkinliklari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlarni yangi tahrirda ishlab chiqish, bu qonunlarda axborot siyosati tushunchasiga aniq ta’rif berish, mas’ul davlat organlarining vakolat va vazifalarni huquqiy tartibga solish lozim.

  • O‘zbekistonda “elektron hukumat” konsepsiyasi shakllanib, amaliyotda o‘z samarasini bermoqda. 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Prezident virtual qabulxonasi tashkil etildi. O‘tgan vaqt mobaynida bu qabulxonaga 1,6 milliondan ortiq murojaatning kelib tushganligi ham zamonaviy texnologiyalarning bu sohadagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Biroq jamiyat a’zolarning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, vujudga kelgan muammolarni bartaraf etishda faqat Prezident qabulxonasigagina murojaat qilinishi etarlicha samara bermaydi deb hisoblaymiz. SHundan kelib, barcha mahalliy hokimiyat organlarining, vazirliklar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining virtual qabulxonalarini shakllantirish va ularning samarali ishlashi tizimini yaratish zarur. Bu o‘rinda Prezidentning virtual qabulxonasiga faqat eng muhim masalalar, soha boshqaruvi va mahalliy organlar vakolatlari doirasiga kirmaydigan holatlardagina murojaat etilishi maqsadga muvofiq. YA’ni davlat hamda fuqarolar o‘rtasidagi axborot almashinuvi tizimiy asosda yo‘lga qo‘yilishi zarur.

  • O‘zbekiston Respublikasi axborot siyosatida milliy manfaatlarni himoyalash tizimini takomillashtirishda vazifasi sohaga tegishli kadrlar bazasini shakllantirishni talab etadi. Axborot siyosatiga oid nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish asnosida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsilar Universitetida “Davlatning axborot siyosati” kursini joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida soha kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida “O‘zbekistonda axborot siyosatining zamonaviy yo‘nalishlari” mavzuida doimiy o‘quv-seminarlar, treninglar tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu kurslarda talabalar va tinglovchilarga mamlakatimiz axborot siyosatining maqsadi va vazifalari, axborot siyosatida milliylik, fuqaroviy birlik va umuminsoniylik fazilatlarining targ‘ib etish, zararli g‘oyalarning oqibatlarini bartaraf etishga, elektron hukumat tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilishi zarur.

Xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv sharoitida davlatning axborot siyosati jamiyat umummanfaati uchun yo‘naltirilganligi tarixiy haqiqatdir. Ushbu jihat milliy taraqqiyotda ijobiy ahamiyat kasb etadi. SHunday ekan, globalllashuv sharoitida davlatning axborot siyosati ijtimoiy-gumanitar fanlar nuqtai-nazaridan ilmiy tadqiq etilishi milliy fanimiz rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishiga umid qilamiz.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish