Bo‘luvchi punktlarni bo‘ylama profilini loyihalash
Alohida punkt yo‘llarining bo‘ylama profili umumiy holda quyidagilarni ta’minlashi shart: 1) poezdning joyidan qo‘zg‘alishi; 2) qabul qilish-jo‘natish yo‘lining foydali uzunligi oralig‘ida poezdni to‘siqsiz to‘xtatish va hisobiy massaga ega bo‘lgan poezdlarni yordamchi lokomotiv tormozi yordamida tutib turish; 3) manyovr ishlarining bajarilish xavfsizligi.
Ushbu talablardan dastlabki ikkitasi harakatning har ikki yo‘nalishidagi poezdlar uchun poezd ostidagi o‘rtacha qiyalik io‘rt=0 ga teng bo‘lib, alohida punkt maydonchada joylashgan holda eng maqbul tarzda kanoatlantiradi. SHu bilan birga, manyovr operatsiyalarini bajarishda to‘liq xavfsizligi kafolatlanmaydi, chunki harakatdagi tarkib stansiya yo‘li foydali uzunligidan tashqariga o‘z-o‘zidan siljib ketish xavfi mavjud. Buning oldini olish uchun Sr= 0 bo‘lib qolishi sharti bilan lokomotivlar yoki vagonlarni ajratish hamda manevr operatsiyalarini bajarish ko‘zda tutilgan yangi stansiyalar, raz’ezd va quvib o‘tish punktlari yo‘llari bo‘ylama profilini qabul qilish-jo‘natish foydali uzunligi lqj ning oxirgi qismida bir xil belgilari (3.16-rasmda Aj va A2 nuqtalarida) bilan botiq ko‘rinishda loyihalash talab etiladi (3.16-rasm). Qiyalikka qarshi nishab yotiqligi i=l,5 - 2,5%o deb qabul qilinib, uzunligi Li (m) esa quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:
1,=k1js/{ /3.9/
bu erda K - profil chuqurligini ta’riflash koeffitsienti, qabul qilish-jo‘natish yo‘lining foydali uzunligi birligiga kiritilgan va quyidagiga teng: 0,45...0,55
3.16-rasm. Alohida punktlarning uch elementli bo‘ylama profili:
a - nishablik va qarshi qiyalik uzunligi bir xil bo‘lganida; b - shuning o‘zi, qiyalik va uzunlik har xil bo‘lganida.
Alohida punktning topografiya sharoitlariga bog‘liq tarzda qarshi qiyalikli elementlarning nishabi va mos ravishda uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin (3.16, b-rasm), biroq har ikki element uchun k koeffitsienti miqdori bir xil bo‘lganida (A1 va A2 nuqtalari bir darajada joylashishi uchun), ular (3.9) formulaga mos bo‘lishlari kerak.
Bo‘ylama va yarim bo‘ylama turdagi alohida punktlarda manyovr operatsiyalari stansiya maydonchasining bir qismida joylashgan yo‘llarda bajariladi. SHuning uchun er yuzasi tuzilishi murakkab bo‘lgan sharoitda qurilish ishlari hajmini kamaytirish yoki yo‘l uzunligini qisqartirish maqsadida stansiya, raz’ezd va quvib o‘tish punktlari maydonchasining, temir yo‘l boshqarmasi bilan kelishilgan holda, ko‘rsatilgan turdagi oraliq stansiyalarining ham, manyovrlarni amalga oshirish, lokomotiv va vagonlarni tarkibdan uzish va ulangan poezdlarni ajratish ishlari ko‘zda tutilmagan qismini qiyalikka joylashtirish ruxsat etiladi.
O‘ta murakkab topografiya sharoitlarida, texnik-iqtisodiy asoslarga ega bo‘linganida, temir yo‘l boshqarmasi bilan kelishgan holda, lokomotiv yoki vagonlarni uzish va ulangan poezdlarni ajratish ishlari ko‘zda tutilmagan, barcha turidagi ayrim raz’ezd va quvib o‘tish punktlarining stansiya maydonchasini to‘lig‘icha nishablikda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Alohida punktlar nishablikka joylashgan barcha hollarda ham belgilangan va perspektiv massali poezdlarning joyidan qo‘zg‘alish, shuningdek bunday poezdlarni lokomotiv ko‘makchi tormozlari yordamida tutib qolish shart-sharoitlari ta’minlanishi shart.
Poezdning joyidan qo‘zg‘alishini ta’minlash uchun poezd ostidagi eng katta keltirilgan o‘rtacha qiyaligi iK(Tp)(%o) alohida punkt oralig‘ida (2.17) formuladan olingan (3.10) formula bo‘yicha aniqlanadi:
F.
UR(K)
(P+Q)g
Ump) = "^ S°p,R (3.10)
Agar (3.10) formulasiga (2.15) formulasidagi Q ifodasini keltirib qo‘ysak, u holda iK(Tp) nishabning yo‘lning ustuvor nishabi ip liniyasiga bog‘liqligini olamiz:
■
Fyp{K)Qp+O>0 ) /O 1M
1k{tr) ~ " i ^tr \ ° • A A )
Fyp(X)-(&0 "©O )P-S
Lokomotivlar va vagonlarning turli turilarida bajarilgan hisoblar (turli tortuv kuchlari va harakatdagi tarkib harakatiga qarshilik qiymati turlicha bo‘lganida) quyidagi bog‘liqlikni iI^Tp)(ip) tavsiya etish imkonini berdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |