Muvozanatlangan nishablik. Bu - yuk tashilmaydigan (ortga qaytish), ya’ni undan yuklar kamroq tashiladigan va vagonlarning bir qismi yuksiz (bo‘sh) qaytadigan yo‘nalishdagi ustuvor ko‘tarilish hisoblanadi. Ortga tashiladigan yuk ko‘lami kamligi tufayli bu yo‘nalishda kichikroq massali poezdlarni o‘tkazish hamda ustuvor ko‘tarilish qiyaligini oshirish ham mumkin (ya’ni tarkibning kichikroq og‘irligi nisbatan qiyaroq ko‘tarilish bilan muvozanatlanadi).
Agar, tarkibning yuki kamroq (teskari, qaytish) yo‘nalishdagi hisobiy og‘irligi Qopb deb belgilansa, bu yo‘nalishdagi eng katta ustuvor ko‘tarilish qiyaligini (2.15) formulasidan aniqlash mumkin:
bu erda: so" (tesk) teskari yo‘nalishda tarkibning harakatiga ko‘rsatiladigan asosiy solishtirma qarshilik, u yuk oqimi tuzilmasi o‘zgarishini yoki teskari yo‘nalishdagi tarkibda bo‘sh vagonlar mavjudligini hisobga oladi.
Temir yo‘llarni loyihalash normalariga muvofiq muvozanatlangan nishablikni harakat yo‘nalishlari bo‘yicha yuk oqimi ko‘lami va tuzilmasi farqi keskin ifodalangan va kelgusida barqaror ko‘rinish oladigan liniyalarda qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi.
YUk kam tashiladigan yo‘nalishda nisbatan qiyaroq muvozanatlangan ko‘tarilishni qo‘llash ko‘p hollarda temir yo‘lqurilishi qiymatini jiddiy kichraytirish imkonini beradi. Agar joyning topografiya sharoitiga ko‘ra unda tikroq qiya ko‘tarilishlar ko‘proq bo‘lsa, muvozanatlangan nishablikning qurilish nuqtai nazaridan samaradorligi ayniqsa katta bo‘ladi. Peterburg-Moskva magistral yo‘li loyihachilari aynan shunday shart-sharoitlarga duch kelib, unda Peterburg tomonga yuk yo‘nalishida ustuvor ko‘tarilish 2,5%o va orqa tomonga qaytishda esa 5%o ga teng deb qabul qilingan.
Kuchaytirilgan tortuv nishabligi. Bir necha lokomotiv bilan hisobiy massali poezd tomonidan o‘tiladigan, ustuvor nishablikka nisbatan tikroq qiyalik shunday nomlanadi. Bunday nishablik juda uzun va joy qiyaligi temir yo‘l ustuvor qiyaligi nishabligidan ancha katta bo‘lgan (odatda peregon uzunligidan kam bo‘lmagan) uchastkalarda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aksariyat hollarda kuchaytirilgan tortuv nishabliklari bir xil quvvatli lokomotivlar tortayotgan poezd tomonidan bosib o‘tiladi (bu holda ular karrali tortuv nishabligi deb nomlanadi). Hisobiy og‘irlikka ega bo‘lgan yuk poezdining davomli ko‘tarilish bo‘ylab harakatlanish tezligi mazkur turidagi lokomotivlar uchun hisobiy deb belgilanadi. Ustuvor nishablik qiyaligiga bog‘liq ravishda ikki va uchta lokomotiv yordamida kuchaytirilgan tortuvda engib o‘tiladigan bunday holga mos nishabliklar QMQ 2.05.01 da keltirilgan (3-ilova).
Eng katta nishabliklar qiyaligi kuchaytirilgan tortuvda, qoidaga ko‘ra, oshmasligi kerak: 18%o – alohida keskin yuk oboroti va I –toifali, 20%o - II toifali, 30%o – III toifali va 40%o – IV toifali yo‘llarda.
Kuchaytirilgan tortuv nishabliklarini qo‘llash qator holatlarda sezilarli darajada trassaning uzunligi qisqaradi va qurilish ishlarining hajmini kamaytiradi. Bu qo‘shimcha lokomotivlar ishlashi tufayli kelib chiqqan foydalanish xarajatlari o‘rnini qoplash imkonini beradi.