10-Ma’ruza Bo‘ylama profilini loyihalash
Bo‘ylama profilining asosiy elementlari. Bo‘ylama profil nishabliklari
Temir yo‘l bo‘ylama profilini loyiha chizig‘i ayrim elementlar – maydoncha (gorizontal elementlar), o‘zaro kesishgan joyida bir maromda ulangan turli nishablik va uzunliklarga ega bo‘lgan tushish va ko‘tarilishlardan tashkil topgan.
Qo‘shni elementlar chegarasi profilning sinish joyi deb, yonma-yon (qo‘shni) sinishlar orasidagi masofa – element uzunligi deb nomlanadi. Nishablikning %o lardagi qiymati profil elementlari oxiridagi belgilar farqining (m) uzunligi gorizontal proeksiyasiga (km) nisbatini ifodalaydi .
Bo‘ylama qirqim nishabliklari
Temir yo‘lni loyihalashtirishda yo‘l qo‘yiladigan eng katta nishabini belgilab beradigan cheklaydigan nishabliklarni farqlaydilar: ustuvor nishablik 7r, muvozanatlangan nishablik U bar, kuchaytirilgan tortuv nishabligi / kuch, inersiyali nishablik ij . Tushish nishabliklari zararli U zar va zararsiz Uze nishabliklarga ajraladi. Bundan tashqari, hisob-kitobda quyidagilardan foydalanadilar: o‘rtacha nishablik U ur (tortuv hisob-kitoblarida tekislangan nishablik deb ataladi); egri chiziqdan tushadigan qo‘shimcha qarshilikka ekvivalent nishablik uekv, keltirilgan nishablik /k-.
Ustuvor nishablik. Bu – cheklanmagan uzunlikka ega eng katta nishablik bo‘lib, unda hisobiy massaga ega bo‘lgan yuk poezdi tepaga qarab yakka tortuv tartibida harakatlanganida uning tezligi mazkur turidagi lokomotivlar hisobiy qiymatiga teng deb belgilanadi. Tortuv hisob-kitoblaridan ustuvor nishablik lokomotivning ushbu turiida va mazkur vagonlar tarkibi bilan tarkibning hisobiy og‘irligini belgilab beradi [(2.15) va (2.16) formulaga qar.]. Aksincha, agar loyihalanayotgan temir yo‘lda hisoblangan tarkib og‘irligini ta’minlash talab etilsa, ustuvor nishablikka bog‘liq ravishda lokomotivning zarur quvvatini (uni hisobiy tortuv kuchini) aniqlaydilar. Ustuvor nishablik qiymatining foydalanishdagi ahamiyati ana shunda. U joydagi temir yo‘l yo‘nalishini tanlashga, hamda uning uzunligi va qurilish ishlari hajmiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Temir yo‘lni loyihalashtirishda ustuvor nishablikning qiyaligi, loyihalashtirilayotgan hududning topografik sharoitlari, temir yo‘lning nima uchun mo‘ljallanganligi va unda tashilishi kutilayotgan yuk ko‘lami, shuningdek poezdlar hisobiy massasi hamda tutash temir yo‘llar nishabliklarini hisobga olib tanlanadi.
Loyihalanayotgan temir yo‘llardagi yuk poezdlarining zarur og‘irligini ta’minlash hamda qiyalikdan pastga tushishning etarlicha qulay sharoitlarini (tormozlanish shartlari bo‘yicha) ta’minlash uchun loyihalashtirish normalari ustuvor nishabliklarning eng katta qiyaligini cheklab qo‘ygan. alohida yuk ko‘p tashiladigan liniyalarda 9%o, I toifa yo‘llarida 12%o, II toifa yo‘llarida 15%o, III toifa yo‘llarda 20%o va IV toifa yo‘llarda 30%o. IV toifa kirish yo‘llarida, murakkab va o‘ta murakkab sharoitlarda 40%o gacha ustuvor nishablik qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi.
YAngi tezyurar temir yo‘llarda ustuvor nishablik 20%o dan ortmasligi shart. Aralash tezkor harakat yo‘llarida (yuk va yo‘lovchi) yuk tashiladigan yo‘nalishda foydalanishning o‘ninchi yilida 15 mln. tkm/km dan ortiq yuk nettosiga ega bo‘linsa, ustuvor nishablik qiymati 15% dan, tashiladigan yuk nettosi 30 mln. tkm/km dan ortiq bo‘lganida, ustuvor nishablik qiymati 12 %o dan katta bo‘lmasligi lozim. Faqat tegishli texnik-iqtisodiy asoslarga ega bo‘lingan murakkab sharoitlardagina loyihalashtirilayotgan temir yo‘llarda nisbatan tikroq qiyalikka ega bo‘lgan ustuvor nishabliklarni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |