Kameral trassalash texnologiyasi. Magistral yurishning ratsional holati aniqlanganidan keyin, temir yo`lni trassalashga kirishiladi. Trassalash asosan stansiya o`qidan boshlab kichik-kichik uchastkalarda bajarilib, shu bilan birga, rejada yo`l chizig`ini yotqizish bilan trassaning sxematik bo`ylama profili tuziladi (4.20-rasm).
Zo`riqib yurish uchastkalarida quyidagi trassalash tartibi qo`llaniladi: 1. Xaritada, nol ishlari yo`nalishi chizig`iga mo`ljal olib, uzunligi 5-10 km dan katta bo`lmagan uchastkada trassa rejasi tushiriladi. Shu bilan birga nol ishlari chizig`idagi burilish burchaklari sonini ratsional kamaytirish va o`lchamdagi egri chiziqlarning yo`l qo`yiladigan radiusi va ular orasidagi to`g`ri kiritma uzunligini ta`minlash maqsadida to`g`rilab o`tkaziladi. Xaritaga trassaning xarita masshtabiga mos ravishda bajarilgan egri chiziq radius o`lchamlariga ko`ra, osti tiniq - shaffof materialdan tayyorlangan shablon yordamida tushiriladi (4.21-rasm).
2. Sxematik bo`ylama profildagi loyiha otmetkasi, oldingi trassalash uchastkasida aniqlangan erkin yurish, yoki boshlanishdagi stansiya o`qidagi otmetkadan, agar trassa boshlanishida zo`riqib yurish loyihalansa, loyiha chizig`i iTp=ip—i9(yp) nishabida o`tkaziladi.
3. Yerning sirtqi otmetkasi bo`ylama profilga trassa o`qi bo`yicha tushiriladi. Modomiki, trassa nol ishlari chizig`idan chetga chiqsa (boshqa tomonga), u holda profildagi loyiha chiziqni o`rniga ko`ra va biror xususiyati bilan ajralib turgan yer sirtining chizish bilan o`zaro tuproq ko`tarma va o`yiqlarni vujudga keltiradi. Agar belgilangan uchastkadagi tuproq ishlar hajmi haddan tashqari katta bo`lsa, u holda trassa o`qining rejada siljitish maqsadga muvofiqligi tekshiriladi: chuqurroq o`yiqlarda trassa yerning eng past otmetkali tomoniga siljitiladi (yonbag`ir qiyaligi bo`yicha pastga), balandroq tuproq ko`tarmada - yonbag`ir qiyaligi bo`yicha yuqoriga siljitiladi.
4.20-rasm. Sxematik bo`ylama profildan namuna (tik masshtab 1:1000; gorizontal bo`yicha - xarita masshtabida)
4.21-rasm. Egri chiziq shabloni (sonlar egri chiziq radius o`lchamini bildiradi)
Belgilangan trassa yo`nalishidagi oldin tuzilgan bo`ylama profilni to`g`rilash zarurati aniqlanadi va bunday to`g`rilashni bajarish (uzlukli chiziq) 4.22-rasmda ko`rsatilgan.
4. Xulosa qoniqarli deb topilgandan keyin, xarita va bo`ylama profilda kelometraj belgisi rejalashtiriladi, bo`ylama profil turiga esa yo`l rejasidagi egri chiziqning boshi va oxirgi nuqtalari belgilanib o`tkaziladi. Bu loyiha chizig`i o`rnini aniqlash (oldin ipp nishabida o`tkazilgan), ya`ni ustuvor nishab o`lchamini egri chiziq joylashgan o`rniga va egrilik radiuslariga mos ravishda kamaytirish imkonini beradi.
4.22-rasm. Zo`riqib yurish uchastkalarida trassani to`g`rilash misoli: a - trassa rejasi;
b - bo`ylama profil
5. Profil elementlarining uzunligi va nishabligini aniqlagandan so`ng bo`ylama profilning siniq joyida loyiha otmetkalari 0,01 m gacha aniqlik bilan hisoblanadi. Hisoblangan otmetkalar bo`yicha profilda qat`iy loyiha chizig`i qayd qilinadi.
6. Sxematik bo`ylama profildagi ishlov balandligi, profilning ajralib turadigan nuqtalariga yoziladi (4.20-rasm). Bundan so`ng keyingi uchastkani trassalashga kirishiladi.
Erkin yurishdagi temir yo`lni trassalash, zo`riqib yurishdagi trassalashga qaraganda quyidagilarga ko`ra ajralib turadi. Xaritada belgilangan nuqtadan temir yo`l uchastka rejasi loyihalangandan so’ng, oldin bo`ylama profilga yer sirtining otmetkasi tushuriladi, undan keyin esa loyiha chizig`ining eng maqsadga muvofiq o`rni, tuproq ishlar hajmi va jami o`tilgan balandliklar bo`yicha tanlab olinadi. Shunday qilib, erkin yurishdagi trassalashda birinchi navbatdagi uchta punkti bajariladigan ishlarining ketma-ket tartibi o`zgartiriladi. 4-6 bandlar esa zo`riqib yurishni trassalash tartibidagi kabi bajariladi.
Trassa ko`rsatkichlari va ularni tahlil qilish. Asoslarga ko`ra tasdiqlangan qat`iy trassa variantlarini tanlash – yangi temir yo`llarni loyihalashning bosh masalasi. Noto`g`ri yotqizilgan yoki hatto yetarlicha yaxshi chiqmagan trassa ancha zarar keltirishi mumkin, shu sababli yo`l qurilish qiymatining oshishi va undan foydalanishga qilinadigan sarf-xarajatlar o`sishi bilan mavjud temir yo`l trassalarini ta`mirlash katta va murakkab ishlar bilan bog`liq bo`lib boraveradi.
Trassa tuproq ishlari hajmini, alohida punktlarni joylashtirish va ularning soni, sun`iy inshootlar joylashgan o`rni, turlari va sonining, yangi temir yo`lning qurilish qiymatiga jiddiy ravishda ta`sir etishini belgilaydi. Hatto unchalik katta bo`lmagan trassa yo`l uzunligini keragidan ortiqcha uzaytirish ham yuk tashish ishlari anchagina o`sishiga olib kelishi mumkinligini belgilaydi. Bundan tashqari, trassa, jami ko`tarilgan balandliklarni, yangi temir yo`l reja va bo`ylama profilini, shu bilan birga lokomotiv ishlari hajmini, poyezdga ta`sir etuvchi qarshilik kuchi va tormozlanish kuchini, poyezd harakat tezligi, elektr energiyasi yoki dizel yoqilg`isining poyezdni tortishga sarfi, poyezd siljishiga va doimiy qurilmalarini saqlashga, loyihalanayotgan temir yo`ldan foydalanishga qilinadigan sarf-xarajatlar o`lchamiga ta`sirini va boshqa ko`rsatkichlarini belgilaydi. Barcha ana shunday ko`rsatkichlar o`rni naqadar yuqori bo`lsa, yuk tashish o`lchamlariga ta`siri shuncha ko`p bo`ladi.
Trassaning asosiy ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
ustuvor nishablik, L, %0;
variant uzunligi, L, km;
yo`lning rivojlanish koeffitsiyenti - , variantning haqiqiy uzunligi – L va geodeziya chizig`i uzunligi bilan - L0 larning o`zaro bog`liqligiga ko`ra aniqlanadi:
= L/L0;
- erkin va zo`riqib yurish masofasi, km va %.
Trassaning rivojlanish koeffitsiyenti erkin va zo`riqib yurishlarning o`zaro munosabatini qiyoslab ko`rish bilan belgilangan variant yo`nalishi xususida, belgilangan ustuvor nishablik o`lchamidan qay darajada muvaffaqiyatli bajarilganligi to`g`risida fikr yuritish imkonini beradi va xulosalarni boshqa trassa variantlari uchun maqsadga muvofiq ravishda qabul qilish mumkin. Masalan, agar temir yo`lni rivojlanish koeffitsiyenti kattaroq o`lchamda ( > 1,25) va shu bilan birga e`tibor talab qilgan zo`riqib yurish uchastkasi (50% dan katta), u holda trassa uzunligini qisqartirish maqsadida kattaroq o`lchamdagi ustuvor nishablik variantini ko`rib chiqish kerak. Aksincha, u qadar katta bo`lmagan temir yo`lning rivojlanish koeffitsiyenti e`tibor talab qilgan zo`riqib yurish uchastkasida katta masofani egallamasa, u holda eng kichik o`lchamdagi rahbar nishablikni qo`llash hisobiga zo`riqib yurish masofasini oshirish mumkin. Bunday holatlarda eng kichik o`lchamdagi ustuvor nishablik, temir yo`l uzunligining katta ahamiyatga ega bo`lgan uzayishiga olib kelmasligi, faqat qurilish ishlari hajmining qisman oshishiga sabab bo`lishi mumkin.
Agar trassaning rivojlanish koeffitsiyenti uncha katta bo`lmagan masofadagi zo`riqib yurish uchastkalarida, kattaroq o`lchamga ega bo`lsa, u holda bu odatga ko`ra, variantlarni trassalash noto`g`ri ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |