Fatxlar...
Islomiy da’vat faqat arablargagina chegaralanib qolmay, balki butun insoniyat uchun qiyomat kunigacha bo‘lgan da’vatdir. Bu haqida Alloh taolo shunday deydi: "(Ey Muhammad sollalohu a’layhi va sallam ), Biz sizni shak-shubhasiz, barcha odamlarga - (mo‘minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi, (kofirlarni esa do‘zax azobidan) ogohlantirguvchi bo‘lgan holingizda payg‘ambar qilib yubordik. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar". (Saba’ surasi, 28-oyat).
Rasululloh (s.a.v) esa o‘zlari haqida "Har bir payg‘ambar o‘z qavmiga xos yuborilar edi, men esa butun insoniyatga yuborildim", deb aytganlar. (Buxoriy va muslim rivoyati).
SHuning uchun Rasululloh (s.a.v) hayotlik davrlarida arab yarim orolining tashqarisidagi podsho va boshliqlarga Allohning yagonaligiyu o‘zining risolatiga iymon keltirishga da’vat qilib maktublar jo‘natgan edi. Rum podshosi (imperatori) heraql va Fors imperatori kisro ham shular jumlasidan bo‘lib, ikkalasi ham o‘sha paytlarda bu olamdagi eng buyuk quvvatni shakllantirar edi.
Islomda jihod hukmlari uch bosqichda nozil bo‘lgan:
1. Makkada ozorlarga sabr qilish va unga qarshi bosh ko‘tarmaslik, lekin iloji boricha tajovuzning oldini olish, zulmni daf qilish mabdaasini qaror toptirish.
2. Madinada bevosita hijratdan keyin Alloh taolo musulmonlarga o‘zlaridan zulm va tajovuzlarni qaytarishga ruxsat berdi: "Hujumga uchrayotgan zotlarga mazlum bo‘lganlari sababli (jang qilish uchun) izni berildi. albatta Alloh ularni g‘olib qilishga qodirdir". (Haj surasi, 39-oyat). Sizlarga qarshi urushuvchilar bilan Alloh yo‘lida jang qilingiz va tajovuzkor bo‘lmangiz! shubhasiz, Alloh tajovuzkorlarni sevmaydi". (Baqara surasi, 190-oyat).
Bu hukm musulmonlar quvvat va hamjihatlik jihatidan o‘zlarini madinadagi yosh davlatini himoya qilishga hamda dushmanlarini ham qo‘rqitishga qodir bo‘lishgan paytda nozil bo‘lgan.
3. Madinadagi islomiy davlat to‘la kuch quvvatga, salobatga erishgandan keyin boshlangan. Bu vaqtda ular Allohning so‘zi oliy, kofirlarning so‘zi quyi bo‘lishi uchun kofirlarga qarshi hujum qilishga va ularning davlatlari, hukmronliklarini parchalab tashlashga ma’mur bo‘ldilar. Ular hech kimni dinga, e’tiqodga majburlashmagan. Arab yarim orolidagi kofirlarni istisno tariqasida majburlashgan xolos, chunki payg‘ambar o‘z hadislarida aytib o‘tganidek bu yarim orolda ikki din jam’ bo‘lmasi lozim edi. Barcha kofirlarga qarshi jang qilishga bo‘lgan buyruq parvardigori tarafidan nozil bo‘lgan: "Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va uning payg‘ambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, haq (ya’ni islom) diniga e’tiqod qilmaydigan ahli kitoblardan iborat bo‘lgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan (mag‘lub) hollarida o‘z qo‘llari bilan (zimmalaridagi) soliqni to‘lamagunlaricha, jang qilingiz!" (Tavba surasi 29-oyat).
SHunday qilib jihod amirlari kofirlarni uch narsa orasida ixtiyorli qila boshladilar.
1. Islom.
2. Jizya. (Bu islom hukmronligiga bo‘ysunganini oshkor qilishi, jang va zakotdan afv etilishi uchun har bir (balog‘atga etgan erkak) kofirdan olinadigan ma’lum mablag‘dir).
3. Jang.
Bunga ochiq va sahih shar’iy hujjatlar dalolat qiladi.
Alloh taoloning kofirlarga qarshi yurtlariga borib jihod qilish va ularning qudrati hukmronligini parchalashga bo‘lgan buyrug‘ini bajarish uchun Abu Bakr (r.a) murtadlar fitnasini bostirganidan so‘ng tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |