Usoma askarini jo‘natishning ta’siri
SHunday qilib Usomaning askarini jo‘natish yaxshilik va baraka bo‘ldi. CHunki islom dushmanlarining qalbiga qo‘rquv tushib qoldi. Ular "Musulmonlar hali ham kuchli ekan. Payg‘ambar vafotidan keyin ham ularga zaiflik kirmabdi, sarosimaga tushishmabdi", deb o‘ylab, musulmonlarga qilmoqchi bo‘lgan hiylalaridan qaytishdi.
Ridda harakati va Abu Bakr (r.a)ning unda tutgan o‘rni
1. Ridda (murtadlik) harakati.
Abu Bakr (r.a) ulkan mansabining vazifalarini qo‘lga to‘liq olmay turib, arab yarim orolida murtadlik harakati yoyilib ketdi. Bu harakat -hajmini Alloh taologina biladigan- katta fitnaga asos bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |