Ўзбекистон халқаро ислом академияси


-Ma’ruza Madinada “Umma”ning shakllanishi



Download 1,97 Mb.
bet43/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

15-Ma’ruza Madinada “Umma”ning shakllanishi

Reja:

1.“as- Sahifa” – Madinada istiqomat qilayotgan aholining o`zaro huquqlarini belgilab beruvchi hujjat.

2.“As-Sahifa”ning qisqacha mazmuni. Yahudiylarga nisbatan munosabat.

3.Qurayshliklarga nisbatan munosabat. Tinchlik va urush masalalari shaxsiy masaladan butun jamoaga tegishli masalaga aylanishi.

4.Tashqi dushmanga qarshi Madina aholisining birlashmasi.

Tayanch so‘z va iboralar: Xalifalik bay’ati, YArmuk jangi, zakot, mutanabbiylar, Usoma askari, Sajoh, Suhufi bakriyya
Nasabi va fazilati (11-13- hijriy yillar)
U kishi Abdulloh ibn Usmon (r.a) taymiy qurashiy, Rasululloh (s.a.v) dan ikki yil keyin tug‘ilgan. Johiliyat davrida abdul ka’ba yoki Abduluzzo deb nomlanar edi, so‘ngra islomda Abdulloh ibn Usmon (r.a) deb nomlanadigan bo‘ldi. Usmon (r.a) - Abu Quhofa laqabi bilan tanilgan otalari.

U islomda da’vatni qAbul qilishga shoshganlari hamda birinchilardan bo‘lgani uchun Abu Bakr (r.a) deb ataldilar. Zero u erkaklardan birinchi islomga kirgan kishi bo‘ldi. SHuningdek islomda "siddiq" deb Rasululloh (s.a.v) (s.a.v) ni isro va me’roj hodisasida tasdiq etgani uchun sifatlanganlar. Binobarin u kishi nafaqat bu hodisada, balki Rasululloh (s.a.v)ni barcha so‘zlariyu amallarida tasdiq etardi.

Abu Bakr (r.a) johiliyat davrida yuzining chiroyli bo‘lgani uchun "atiyq" deb tanilgan bo‘lsa, islomda ham payg‘ambar birinchi do‘zaxdan ozod etilishi bilan bashorat qilgani uchun "atiyq" deb tanildi. Bu to‘g‘rida rivoyat qilib aytishadiki, payg‘ambar kunlarning birida bamdod namozini o‘qib tugatgach, "Qaysi biringiz bugun ro‘zador holda tong ottirdi." deb so‘radilar. Abu Bakr (r.a) "Ey Rasululloh (s.a.v), men kechasi ertaga ro‘za tutsam deb niyat qilib yotgan edim, ro‘zador holda tong ottirdim", dedi. so‘ng yana Rasululloh (s.a.v) "bugun kim kasalni ziyorat qildi." deb so‘radilar. Umar (r.a) "Biz hozirgina namoz o‘qib, o‘rnimizdan ham jilmadik-ku qanday qilib kasal ko‘ramiz" deb aytdi. Abu Bakr (r.a) "Men, ey Rasululloh (s.a.v), menga birordarim Abduraxmon ibn Avf kasal ekanini xabar qilishgan edi. Masjidga yo‘l-yo‘lakay, oldidan o‘tib, holini so‘ragan edim" dedi. So‘ng Rasululloh (s.a.v) "Bugun qaysi biringiz biron sadaqa berdi." deb so‘ragan edi, Umar (r.a) "Ey Rasululloh (s.a.v), namoz o‘qiganimizdan beri siz bilan birga qimirlamay o‘tiribmizku, qanday qilib sadaqa berib ulguramiz." dedi. Abu Bakr (r.a) yana "men, Ey Rasululloh (s.a.v). masjidga kirgan edim, qarasam bir kishi tilamchilik qilib qilib turibdi. Abdurraxmon ibn Abu Bakr (r.a)ni bolasining qo‘lida bir burda non bor edi, uni olib tilamchiga tutqazdim" deb javob qildi. Payg‘ambar xursandlikdan yuzlari yorishib "Ey Abu Bakr (r.a), jannat bilan xushxabar bo‘ling, jannat bilan xushxabar bo‘ling..." deb aytdilar. Bu bilan u kishi payg‘ambar do‘zaxdan najot topishi bilan bashorat bergan birinchi kimsa bo‘ldi.

SHunday qilib Abu Bakr (r.a)ning fazli va yaxshi ezgu amallarga bo‘lgan shoshilishi ko‘zga tashlanadi. Bu to‘g‘rida Umar (r.a) aytgan "Men Abu Bakr (r.a) bilan biron-bir yaxshilik amalida musobaqa qilgan bo‘lsam, Abu Bakr (r.a) meni barchasida ortda qoldirib ketgan".

Ali (r.a) ibn Abu tolib esa "u (ya’ni Abu Bakr (r.a)) hamisha sobiq bo‘luvchi edi. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, biz qachon bir ezgulik amalida bahslashgan bo‘lsak, Abu Bakr (r.a) bizlarni ortda qoldirib ketgan" degan.

Abu Bakr (r.a) kengchilik sharoitida o‘sib ulg‘aygan. Kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanar edi. U tijoratidan katta mablag‘ni jamlagan va bu mollar u kishi musulmon bo‘lgandan keyin jihoddagi tayyorgarligi bo‘lgan. zero ko‘plab mablag‘i, mol-dunyosini din kalimasini oliy qilish, Alloh va rosulini rozi qilish uchun sarf etgan.



U kishi "fil" yilidan ikki yil keyin (573 yilda) Makkada tug‘ilgan va payg‘ambarga yoshda yaqinroq bo‘lgan. SHuningdek payg‘ambar (s.a.v)ga xulq atvorida ham, sifatlarda ham boshqalardan yaqinroq bo‘lgan. YOshligidan go‘zal xulqlilik bilan mashhur bo‘lgan. Bolaligidan but-sanamlarni tahqirlar, ularni muqaddas bilib ibodat qiladiganlarning aqllarini kamsitar edi. SHuningdek aroqni johiliyatda ham ichmagan. undan buning sababini so‘rashgan vaqtda, "Obro‘-e’tiborimni saqlab, sha’n-shavkatimni avaylardim. CHunki kim aroqni ichsa, aqli va sha’n-shavkatiga putur etadi-da" deb javob qilgan ekan. U ulfatli, do‘stlashuvchan, chiroyli muomalali bo‘lgan. Kamtarlik va ko‘ngilchanglik u kishining tabiati bo‘lib, johiliyatda ham, islomda ham birorta odamdan o‘zini (kibr qilib) baland tutmagan. Agar biror kimsa u kishini maqtasa, yanada tavozelikda ziyoda bo‘lar va "Ey parvardigor, albatta sen meni o‘zimdan ham yaxshi biluvchIroqsan" der edi.
Abu Bakr (r.a)ning musulmon bo‘lishi
Rivoyatchilar Abu Bakr (r.a) erkaklardan birinchi bo‘lib musulmon bo‘lganini zikr qilishadi. Sahih hadisda rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam "Biron kimsani islomga da’vat qilgan bo‘lsam, Abu Bakr (r.a)dan boshqasini bir to‘xtalishi bo‘lgan" deb aytganlar. Bu esa u kishining islomni qAbul qilishi ongli ravishda, qalbi va tabiatidagi poklik bilan bo‘lgan. Uning birinchi bor ko‘rishdayoq but-sanamlardan tutgan o‘rni aql, idroki (uni) haqqa yo‘llaganini ko‘rsatib turadi. Abu Bakr (r.a)dan rivoyat qilinadi: "Men balog‘at yoshiga etib qolganimda otam meni qo‘limdan ushlab, butlar turadigan joyga olib bordi va "Ey o‘g‘lim, bu sening xudoying" deb, meni uning oldida qoldirib ketdi. Men unga yaqinlashib "Men yalang‘ochman, kiyim bergin" degan edim, menga javob qilmadi. shunda men uni tosh bilan bir urgan edim, qulab tushdi".
Abu Bakr (r.a)ning payg‘ambar hayotlaridagi jihodidan qisqa lavhalar
Abu Bakr (r.a) musulmon bo‘lganidan keyin mushriklardan ko‘p ozorlarga yo‘liqdi. Turli qiyinchilik va musibatlarni boshidan kechirdi. Alloh yo‘lida etgan bunday qiyinchiliklar tufayli kuchsizlanib, (kofirlarga) taslim bo‘lib qolmadi. Bunga biz makkada islomning avvalgi davrlarida, musulmonlar bilan mushriklar o‘rtasida kurash qizigan vaqtda Utba ibn Robiy’adan etgan aziyatini keltirib o‘tishimiz kifoya qiladi. Utba Abu Bakr (r.a)ni izlab chiqib, uni shunday uradiki, yuzlari shishib, hatto tanimas holga kelib qoladi. Buning xabari Abu Bakr (r.a)ning qabilasi Bani taymga etib borib, ular yugurib kelishadi va u kishini mushriklardan ajratib olib, kiyimida uyiga ko‘tarib borishdi. O‘limida shubha qilishmas edi. Ulardan ba’zilari qichqirib "Allohga qasamki, agar Abu Bakr (r.a) o‘ladigan bo‘lsa, Utbani albatta o‘ldiramiz" dedi. So‘ng Abu Bakr (r.a)ni o‘rashib olib, o‘ziga keltirishga harakat qilishdi. Abu Bakr (r.a) o‘ziga kelib birinchi aytgan gaplari "Rasululloh (s.a.v) (s.a.v)ga nima bo‘ldi. menga xabarini beringlar" bo‘ldi. SHunda ular u kishiga malomat toshini yog‘dirib, jerkib tashlashdi. Onasidan uni o‘ziga keltirib qo‘yadigan biron ovqat berishini talab qildilar. Abu Bakr (r.a) esa Rasululloh (s.a.v) nima qilganlarini bilmasdan tuz totmasligini aytdi. U zotning Arqam ibn Abil Arqamning hovlisida ekanini bilgach, oldilariga bormoqchi bo‘ldi. SHu holatda taomlanmasdan chiqishiga onasi tarafidan qarshilikni sezib qolib, to Rasululloh (s.a.v) (s.a.v)ni ko‘rmagunlaricha tuz totimaslikka qasam ichdi. So‘ng o‘zini ko‘tarib yurishga qodir bo‘lmaganidan onasi va yana bir muslima ayolga suyanib chiqdi. Rasululloh (s.a.v) u kishiga ko‘p achinib, quchoqlab bag‘riga bosdi. Abu Bakr (r.a) esa Rasululloh (s.a.v) (s.a.v)dan onasini islomga da’vat qilishini so‘radi, toki onasini Alloh taolo u kishi sababli do‘zaxdan najot bersin.

Bu Abu Bakr (r.a)ga yo‘liqqan yoki o‘zlari boshidan kechirgan ko‘p holatlardan biridir. Bunday holatlar Abu Bakr (r.a)ning iymoni va ixlosini qattiq imtihon qilish uchun bo‘lgan. Abu Bakr (r.a) esa bu to‘g‘rida juda ajoyib namunalar qoldirgan. Alloh taolo Abu Bakr (r.a) uchun Rasululloh (s.a.v) bilan birga islomda ikkita odamning ikkinchisi bo‘lishini, shuningdek savr g‘orida ham, Badr jangida Rasululloh (s.a.v) uchun o‘rnatilgan chaylada ham, qolaversa Rasululloh (s.a.v) bilan mushriklar o‘rtasida kechgan barcha janglarda ikkita odamning ikkinchisi (ya’ni hamrohi) bo‘lishini nasib etgan. Xullas Abu Bakr (r.a) Rasululloh (s.a.v) (s.a.v)ga sirida ham, oshkorida ham, qiyinchiligiyu kengchiligida ham, o‘zining ishlariyu omma musulmonlarning ishlarida ham eng yaqin hamrohi bo‘lgan.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish