Jangning kechishi
Jang boshlanishidan oldin arab nasorolaridan biri Xolid ibn VAli (r.a)dga harakatini susaytirmoqchi bo‘lib Rum qo‘shiniga ishora qilib "Rum qanchalar ko‘p, musulmonlar bunchalar oz bo‘lmasa" dedi. Xolid aytdiki: "Senga voy bo‘lsin, meni Rum bilan qo‘rqitmoqchimisan. Albatta qo‘shin askarlar soni bilan emas, yordam (Allohning nusrati) bilan ko‘payadi, YOrdamsiz tashlab qo‘yish bilan ozayadi.. Allohga qasamki, Ashqor (Xolidning oti)ning oyog‘i ostidagi kasali tuzalishini xohlayman. Albatta ular sonda ham zaif bo‘ladilar".
Bunday kuchli va ishonchli so‘zlar dovyurak qo‘mondondan chiqqanligi uni iymonining qiymatiyu nusratga bo‘lgan ishonchiga ochiq dalildir. Ha, doimo e’tiborga olinadigan narsa miqdor emas, balki sifat bo‘lishi, tayyorgarligu sonining ko‘pligi emas, balki aqidaning quvvati bo‘lishidir. zero qo‘rqoqning qo‘lidagi qurolning hech qanday qiymati yo‘q.
Bu Xolidning, qolaversa chin musulmonlarning islomdan ta’lim olib o‘zlariga singdirgan darslaridir. Ular shu asosni mahkam tutar ekanlar, Allohning nusratiga sazovor bo‘laveradilar. Bundan boshqacha narsalar bilan esa mag‘lub bo‘ladilar.
Jang boshlangan paytda Rumning hujumlari musulmonlarning o‘ng va chap tarafiga shiddatlashib ketdi. Xattoki o‘rta qism chekina boshladi. Rum asosiy hujumni o‘rtaga qarata boshladi. Bundan maqsadi qo‘mondonlikning markazini ishg‘ol qilib, Xolid ibn Valid ni o‘ldirish yoki asr olish edi.
Lekin ularning maqsadlari puchga chiqdi. qo‘mondon Xolid ibn Valid va o‘rta qismning boshlig‘i Abu Ubayda ibn Jarroh va birodari Ikrima ibn Jahl, Said ibn Zayd va yana boshqa muhojirlar harakati bilan -Alloh ularning hammasidan rozi bo‘lsin- musulmon askarlar o‘rtasi sobit turdi. Musulmonlar Allohning roziligi umidida o‘zlarining jangdagi mahoratiyu sabr-bardoshini ko‘rsatdilar. Ular yo dushmanlari ustidan g‘alaba qozonish yoki Allohning yo‘lida shahid bo‘lish umidida jang qildilar. Jang shiddatli tus olib, Rum harakatlari musulmonlarning o‘rta safini yorib kirish uchun qadamma-qadam kelayotgan paytda, o‘ng taraf boshlig‘i Amr ibn Osss va chap taraf boshlig‘i YAzid ibn Abu Sufyon saflarni tartiblashga kirishdilar. (qisqa muddatda) Rumning siquvini bartaraf etib, qarshi hujumga o‘tish uchun safni tartibga keltirishga muvaffaq bo‘lishdi. ana shu paytda Ikrima ibn Abu Jahlning "Menga o‘lim uchun kim bay’at beradi." degan ovozi yangradi. Darhaqiqat mujohidlar mana shu nidoni eshitganlaridan keyin jannatning hidini his etishib, Allohga yo‘liqishga mushtoq bo‘lishdi va ikrimaga bay’at berishga musobaqalashib ketishdi. Hatto ulardan to‘rt yuzga etadigan bir guruh paydo bo‘ldi. Ular o‘z jonlarini Allohga sotishgan edi. Bu guruhni "o‘lim guruhi" deb ataldi. Ular sovutlarini echib Rum askariga tashlanishdi. Buning ortida musulmonlarga nusrat va g‘alaba shamolini olib keldi. Alloh musulmonlar orasidan shahidlarni ixtiyor qildi. Bu guruh ozginasidan boshqa hammasi shahid bo‘ldi. SHunday qilib vaziyat Rumga qarshi keskin o‘zgarib ketdi va musulmonlar qarshisida turishga qudrat topa olmay qoldilar. Bu erda bizga mohir Xolid ibn Validning harbiy mahorati namoyon bo‘ladi. U kishi sakson minga etadigan Rum otliqlari jang maydonida qochib ketishga yo‘l qidirib aylanib yurganini ko‘rib anglab etdiki, qochib ketish uchun ular faqat musulmonlar orasini yorib o‘tishi kerak. Ular bunga qodir bo‘lishmasdi. Xolid ning etukligi ko‘zga tashlanadiki, u kishi musulmonlarning o‘ng taraf boshlig‘i Amr ibn Osssga otliqlarga qochishlari uchun orani ochib berishni buyurdi. Rum otliqlari bu fursatdan foydalanib hech narsaga qaramay qochishga shoshildi. Rum piyodalarini esa musulmonlar o‘rab olishiga imkon bo‘ldi.
SHunday qilib nasroniy Rum askari ayanchli mag‘lubiyatga uchradi. ularni mag‘lubiyatlariga sabab bo‘lgan narsalardan biri Rum o‘z askarlaridan ko‘pchiligini qochib ketishidan qo‘rqib, guruh-guruh qilib bir-birini zanjir va arqonlar bilan bog‘lagan edilar. Bu esa ularning tez harakat qilishlariga imkon bermasdi. Musulmonlar ularni quvib qochishga majbur qilganlarida ularning ko‘pchiligi daryoga cho‘kib, jarlikka qulab o‘lib ketishdi. Bir kishining qulab ketishi unga bog‘langan orqasidagilarni ham tortib ketishga kifoya qilar edi.
Kun bo‘yi davom etgan jang kechasiga ham ozgina tutashdi. musulmonlar uchun jasoratli g‘alaba, Rum uchun ayanchli mag‘lubiyat sodir bo‘ldi. o‘lganlar soni Rumdan bir yuz yigirma ming, musulmonlardan esa uch mingtaga etdi. Bu g‘alaba avvalo Alloh ning fazli, qolaversa payg‘ambar madrasasida tarbiyalanib, u zotning masjidlaridan saf tortib chiqqan ana shu dovyurak askarlarning qalblarida o‘rnagan chuqur iymon samarasi ila amalga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |