Ўзбекистон халқаро ислом академияси


Qur’oni karimning jam qilinishligi



Download 1,97 Mb.
bet56/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

Qur’oni karimning jam qilinishligi.
Islom tarixida iz qoldirgan Abu Bakr (r.a)ning buyuk ishlaridan yana biri Qur’oni karimni jamlash bo‘ldi. Abu Bakr (r.a) bu ishni Zayd ibn Sobitga o‘ta ishonchli bo‘lganligi uchun topshirdi. Zero u kishi o‘sha vaqtda bu vazifani ado etish va bu omonatni ko‘tarishga eng layoqatli edi.

Bu haqida Zayd ibn Sobitning o‘zlari aytadi -Imom Buxoriy saxih to‘plamlarida kelganidek- "Abu Bakr (r.a) menga YAmoma jangidan keyin elchi jo‘natdi. uning oldida Umar (r.a) ibn hattob ham bor edi. U kishi menga aytdi: "Umar (r.a) kelib menga "YAmoma jangida ko‘p qorilar o‘tib ketdi. Boshqa janglarda ham qorilar o‘limi ko‘payib ketishidan qo‘rqaman. Agar Qur’onni jamlab qo‘ymasangizlar, uning ko‘pi (ular bilan) ketib qoladi" deb aytdi. Alloh mening qalbimni Qur’onni jamlashga ochdi. Men Umar (r.a)ning fikriga qo‘shilaman...".

So‘ng Abu Bakr (r.a) Zayd ibn Sobitga dedi" sen oqil kishisan, seni tuhmat qiladi, deb ham o‘ylamaymiz. Zen Rasululloh (s.a.v) uchun vaxiyni yozar eding, va Qur’onni kuzatib borar eding. Bas uni jamlagin". Zayd ibn Sobit aytadi:" Allohga qasamki, agar menga biror tog‘ni ko‘chirishni yuklansa, menga buyurilgan Qur’onni jamlashdan og‘ir bo‘lmas edi...".

Lekin Alloh Zayd uchun yaxshilikni iroda etib, uning qalbini ham mana shu buyuk ishga ochdi... U Qur’oni karim oyatlarini terilardan, suyaklardan va odamlar qalbidan to‘play boshladi. Uni jam qilishda juda aniqlik va to‘la ehtiyotkorlikka e’tiborini qaratdi. Alal oqibat uning hammasi ichida jamlangan sahifalarni musxaf shaklida yozib bitirdi. Hammasini jamlab bo‘lib, Abu Bakr (r.a)ga topshirdi. Bu mushaf keyinchalik Umar (r.a)ga, undan keyin esa qizi Xafsaga ko‘chib o‘tdi. Usmon (r.a) davrida barcha islomiy o‘lkalar uchun umumiy musxaf yozildi.


Abu Bakr (r.a)ning kasal bo‘lishi va vafoti
Tarixchilar Abu Bakr (r.a)ni hijriy 13-sanada jumadul oxirning ettinchi kunida kasal bo‘lganlarini zikr qilishadi. Uning kasali o‘n besh kun davom etgan. Kasali kundan-kun og‘irlashib, ko‘p o‘tmay vafot qilgan.U kishining xalifalik muddati ikki yilu o‘n oy va o‘n kun bo‘lib, yoshlari oltmish uchga etgan edi.

SHunday qilib, islom tarixidagi yorqin saxifa yopildi. U kishi Rasululloh (s.a.v) davrlari mobaynida Allohning yo‘lida jihod qilar edi. Rasululloh (s.a.v)ga rafiqul a’loga safar qilgach, ish u kishiga yuklandi. Alloh va rosuli shariat qilib bergan ko‘rsatmadan chiqmadi. Qisqa davr ichida arabiston yarim oroli ichidayu tashqarisida katta islomiy davlatga asos soldi. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin va u kishini ham rozi qilsin. Alloh bu xalifani qo‘l ostidagilaridan, qolaversa qiyomat kunigacha bo‘lgan musulmon ummatidan eng yaxshi mukofot bilan mukofotlasin. Alloh u kishi bilan dinni saqladi va ochiq haqiqatni aziz qildi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish