‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Konfiitsiy yoki  Kun-Tszi (m.a. 551-478 yy.)  «Lun yuy»



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Konfiitsiy
yoki 
Kun-Tszi
(m.a. 551-478 yy.) 
«Lun yuy» 
to‘plamida 
(«Suhbatlar va
mulohazalar
») o‘z g‘oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan 
izlaydi. Shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlaming manfaatini himoya 
qiladi (bu g‘oyalar keyinchalik Ken-Tszi (m.a.312-289-yy.), Syun- 
Tszi (313-278-yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). 
Yoshlaming qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos 
qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar 
nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlami me’yorida saqlash, yer 
ishlarini yaxshi bajarish, hammani o‘z vazifalarini bajonidil ato etishi 
zarur deyiladi («Xalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e’tibor bering).
Bu g‘oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o'zgarishlar davriga to‘g‘ri 
keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj 
topdi, tovar-pul munosabatlari o‘sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy 
munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq 
va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi 
aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk 
himoya qilinadi. Konfiitsiy 
«buyuk jamoa mulki»
(dehqonlar jamoasi) 
va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so‘nggisini ko‘proq 
qo‘llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini 
ta’kidlaydi va uni tabiiy hoi, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo‘lib, 
hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar 
boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni ko'proq ishlab, kamroq iste’mol 
qilishga chaqirdi.
Syun-Tszi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, 
odamlaming boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish 
yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o‘zida ko‘p kasb egasi bo‘la 
olmaydi, degan fikr paydo bo‘ldi, ya’ni olim mehnat taqsimoti 
zarurligi g‘oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy 
siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:


1. Xarajatlami iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash;
2. Xalq to'qligini ta’minlash;
3. Ortiqcha mahsulotlami saqlash zarurligi.
Miloddan awalgi VI-III asrlarda 
legistlar
fqonuniy degani) oqimi 
paydo bo‘ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga 
qarshi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari Tszi-Chap, Li- 
Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa yagona, birlashgan bo‘li- 
shini qo‘llab-quwatlashgan. Legistlar (Shan Yan), ayniqsa, qishloq 
xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor 
berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan 
Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: 
don va urush (atrofdagi yerlami bosib olish). Dehqonlar ro‘yxatini 
o'tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona 
soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li bilan turli «ishyoq- 
maslar»ni «yerga qaytarish», ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, 
mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo‘llash kerak deganlar 
(Xitoydagi 1960-yillar davomida ro‘y bergan madaniy inqilob davrida 
shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulot- 
lari bilan savdo qilishni qat’iy cheklash ham talab qilingan (go‘yoki 
savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdo-garlar savdoni 
tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohib-korlik taqiqlangan, 
umumiy yer egaligi va javobgarlik joriy etilgan (m.av. 351-y.)

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish