yuborishga sababchi bo'ladi va natijada, kishi har xil kasalliklarga duchor
bo'lishi mumkin, degan xulosaga keladi.
Ibn Sino keragidan ortiq uxlashning xosiyati yo'q ekanligini uqtirar
ekan, ayniqsa, kunduz kuni uxlash kishining rangini buzishi, taloq
kasalini paydo qilishi, asablarni ishdan chiqarishi va turli xil shish,
isitma kasaliiklariga sabab bo'lishini ta’kidlaydi. Uyqudan uyg'ongandan
keyin o'z o'rnida u yondan bu yoqqa ag'darilib yotaverish zararli
ekanligini, u kishining yalqov bo'lib qolishiga sabab bo'lishini, irodasini
bo'shashtirib yuborishi mumkinligini, xususan, yosh bolalarning xulqiga
salbiy ta’sir etib, ularning o'jar bo'lishiga olib kelishi mumkinligini
alohida ko'rsatib o'tadi.
1 Ibn Sino. Tib qonunlari. 1-kitob, 314-bet.
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |