‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qarang: Масляев И.А. Договорьг o создании на территории СССР



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

1 Qarang: Масляев И.А. Договорьг o создании на территории СССР
совместньк предприятий с иностранньгм участием. ИСГИП. 1990. № 2.
С. 60-67.
2 Сборник постановлений правительства СССР. 1990. № 15. С. 82
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar ta’sis shartnomasi mohiyatiga nazar tashlasak, u holda ushbu 
shartnoma birgalikdagi faoliyat yuritish shartnomasining o ‘ziga xos 
turi ekanligida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, ushbu shartno- 
maning amal qilish muddati yuridik shaxsni vujudga kelishi, uning 
ro‘yxatdan o‘tishi, faoliyat yuritishi bilan bogMiqqa o ‘xshab tuyuladi. 
Aslida esa, bunday emas, adabiyotlarda haqli ravishda qayd etilganiday, 
ushbu shartnoma tuzilgan zahoti yuridik kuchga ega bo‘ladi, taraflar 
o ‘rtasida huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi va taraflar uni 
amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni sodir etadilar.1 Ammo ushbu 
holatda kishini chalg‘itadigan holat ham mavjud: ta’sis shartnomasi 
ta ’sis hujjatlaridan biri sifatida yuridik shaxsni ro‘yxatga olish uchun 
vakolatli davlat idorasiga topshirilganda, u notarial guvohlantirilgan 
bo‘lishi shart. Ushbu talab Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20- 
avgustda qabul qilingan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan 
o ‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to ‘g‘risida»gi
357-sonli qaroriga 1-ilova bo‘lgan «Tadbirkorlik su'bektlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlami 
rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 11-bandida belgilab 
qo‘yilgan. Unga ko‘ra tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ta ’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan 
ikki asl nusxasi taqdim etilishi lozim. Ushbu nizomning 8-bandida 
ko‘rsatilishicha, mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shimcha mas’uliyatli 
jamiyatlar uchun ta’sis shartnomasi va ustav to ‘liq va kommandit 
shirkatlar uchun esa, faqat ta ’sis shartnomasi tadbirkorlik subyekti 
(yuridik shaxs) tomonidan ro‘yxatga o‘tkazuvchi organga taqdim 
etiladigan ta’sis hujjati hisoblanadi. Bunday notarial guvohlantirish 
aslini olganda ta’sis shartnomasini haqiqiy hisoblanish uchun jiddiy 
ta ’sir ko‘rsatmaydi. Muassislar ta ’sis shartnomasi tuzilgandan keyin, 
uni notarial guvohlantirmasdan oldin ushbu shartnomani amalga oshirish 
bo‘yicha esa, kamida quyidagi harakatlarni amalga oshirish lozim:
1) muassislar umumiy yig‘ilishini o ‘tkazish;
2) yuridik shaxsni ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan hujjatlarni 
rasmiylashtirish;
3) ro‘yxatga olish uchun zarur moliyaviy sarf-xarajatlarda ishtirok 
etish;
4) yuridik shaxsning ustav fondini shakllantirish bo‘yicha sarf- 
xarajatlarda ishtirok etish.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu harakatlarni amalga oshirish orqali taraflar ta ’sis shartno- 
masining shartlarini bajarishga kirishadilar. Demak, ta’sis shartnomasini 
shakli oddiy yozma bo‘lishi kifoya ekanligi ushbu holatdan kelib chiqadi. 
Biroq shartnom a shartlarini amalga oshirish, shartnom ani amal 
qilishining keyingi bosqichlarida ushbu oddiy shaklni o‘zgarmay qolishi 
shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga, uning bekor boMishiga 
to‘liq ravishda asos bo‘ladi, deb aytish mumkin. Boshqacha aytganda, 
yuridik shaxsni ro‘yxatga oluvchi davlat idorasi oddiy yozma shakldagi 
ta’sis shartnomasini qabul qilishga haqli emas va taraflar ushbu ta ’sis 
shartnomasini notarial guvohlantirishga majburdirlar. Aks holda, garchi 
ta’sis shartnomasini haqiqiy emas, deb hisoblash uchun asos boMmasa 
ham, amalda ta’sis shartnomasining amal qilishi to‘xtaydi. Demak, 
ta’sis shartnomalarining shakli oddiy yozma boMishi kifoya degan 
fikr-mulohaza bahsli xarakterga ega. T a’sis shartnomalari shakli 
shartnomaning amal qilish bosqichlariga qarab ikki xil boMadi:
a) birinchi bosqich, yuridik shaxsning vujudga kelishiga tayyorgarlik 
bosqichi. Bunda oddiy yozma shakl kifoya qiladi;
b) ikkinchi bosqich, yuridik shaxsni ro‘yxatdan o ‘tkazish va 
faoliyatini tashkil etish bosqichlari. Ushbu bosqichlarda yuridik shaxsni 
ta’sis etish shartnomasi guvohlantirilgan boMishi lozim.
Ta’sisshartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart degan masala 
ham o ‘ziga xos tarzda munozarali boMib hisoblanadi. Amaldagi 
qonunchilikda ta ’sis shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
to ‘g‘risida bevosita ko‘rsatma mavjud emas. Aksincha, ta’sis shartno- 
masi asosida tashkil etiladigan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan 
o ‘tkazish to ‘g‘risida so‘z boradi. Umuman olganda, ta ’sis shartno- 
masining amalda boMishining ushbu xususiyatlari ta’sis shartnomasi 
funksiyalariga ham ta ’sir etishi to ‘g‘risida adabiyotlarda so‘z boradi. 
«Ta’sis shartnomasi uning ishtirokchilarini yuridik shaxs tashkil etish, 
uning ustav kapitalini shakllantirish, uning bir qismini yuridik shaxs 
ro‘yxatdan o‘tguniga qadar toMash bo‘yicha majburiyatlarini belgilaydi. 
Demak, yuridik shaxsni ro‘yxatdan o ‘tguniga qadar muassislarni 
birgalikdagi faoliyatiga taalluqli shartlari ta ’sis shartnomasi tuzilgan 
paytdan boshlab kuchga kiradi. Ushbu bosqichda ta’sis shartnomasi 
uning ishtirokchilari o‘rtasida majburiyat munosabatlarini vujudga 
keltiradi. Binobarin, ta ’sis shartnomasi muassislami yuridik shaxs tashkil 
etish bo‘yicha majburiyatlarini tartibga solish funksiyasini amalga 
oshiradi. Ta’sis shartnomasi shartlari ijro etilib, yuridik shaxsni davlat 
ro‘yxatidan o ‘tkazish yuridik shaxs va ta ’sis shartnomasi muassislari
www.ziyouz.com kutubxonasi


o4rtasida, shuningdek, ishtirokchilarning zlari o‘rtasida huquq va 
majburiyatlar majmuyi vujudga keladi. Ushbu huquq va majburiyatlar 
majmuyi nisbiy huquqiy munosabatlar mazmunini tashkil etadi, demak, 
majburiyat munosabatlari bo‘lib hisoblanmaydi. Boshqacha aytganda, 
ushbu nisbiy huquqiy munosabatlar korporativ munosabatlar bo‘lib 
hisoblanadi. Xuddi shu sababli ham yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan 
o‘tgandan keyin korporativ huquqiy munosabatlarni tartibga solish 
ta’sis shartnomasining funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, mas’u- 
liyati cheklangan jamiyat tashkil etish bo‘yicha ta’sis shartnomasida 
jamiyat faoliyatining predmeti va maqsadlari belgilab q o ‘yiladi. 
Umuman olganda, ta ’sis shartnomasining barcha muhim shartlari u 
yoki bu darajada yuridik shaxsning huquqiy maqomiga to‘la taalluq- 
lidir. Shubhasiz, u korporativ huquqiy munosabatlar doirasiga kiradi. 
N.S. Suvorovning fikricha, ta’sis shartnomasining korporativ huquqiy 
munosabatlarni tartibga solish funksiyasi ushbu munosabatlar ro‘y 
beradigan huquqiy aloqalarda o ‘zining yaqqol ifodasini topadi. 
Korporativ huquqiy munosabatlar murakkab tartibli tuzilma bo‘lib 
quyidagi elementlardan tashkil topadi:
a) korporatsiya (yuridik shaxs) bilan uning alohida ishtirokchilari 
(muassislari) o ‘rtasidagi huquqiy aloqalar;
b) korporatsiya (yuridik shaxs)ning alohida ishtirokchilari (muas- 
sislar) o‘rtasidagi huquqiy aloqalar.
Ushbu aloqalarda korporativ huquqiy munosabatlar ishtirokchilari 
mulkiy ham, nomulkiy ham huquq sohiblari bo‘lib hisoblanadilar.1
Aytish mumkinki, ta’sis shartnomasi ishtirokchilari o‘rtasida vujudga 
keladigan korporativ aloqalar zamirida yuridik shaxs (korporatsiya) 
bilan bogMiq munosabatlar, korporatsiya’ni boshqarish munosabatlari 
yotadi. Albatta, korporativ boshqaruv va oddiy korporativ munosabatlar 
mamlakatimiz sivilistika fani uchun nisbatan yangi ijtimoiy hodisadir. 
U bugungi kunda iqtisodchilar, faylasuflar, sotsiologlar, siyosatshu- 
noslar, moliya mutaxassislari tomonidan jiddiy o‘rganilmoqda va tahlil 
etilmoqda. Ular tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarni aslo kam- 
sitmagan holda, shuni e’tirof etish lozimki, korporativ munosabatlar 
o‘z xarakteriga ko‘ra huquqiy munosabatlardir va ushbu munosabatlar 
mohiyati va mazmuniga ko‘ra faqat huquqiy tadqiqotlardagina ochib 
berilishi mumkin. Ta’sis shartnomasi va korporativ munosabatlar

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish