1 Годэмэ E. Обшая теория обязательства// Учен. турдьг ВИЮН. Вьш.
13. - М.: 1948. - С. 281.
; Новицкий И.Б., Лунц JI.A.. Обшее учение об обязательствах. — М.:
Госюриздат. 1950. — С.26.
3
Amaldagi qonunlarni qo‘llash bo‘yicha nizolarni hal qilish amaliyoti umum-
lashmasi..
www.ziyouz.com kutubxonasi
shartnoma-bitimdan kelib chiqadigan majburiyat bo‘lib, bu holatda
shartnoma mazmunida taraflaming majburiyatlari o‘z ifodasini topmaydi.
FKning 361-moddasi 4-qismiga ko‘ra, dastlabki shartnomada
taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini
olishi ko‘rsatiladi.
Fikrimizcha, mazkur norma mazmuni ancha g ‘aliz chiqqan.
Binobarin, «qancha muddatda» iborasi aniq vaqtni ifodalamaydi va
keyinchalik asosiy shartnomani tuzish paytini aniqlash bo ‘yicha turli
kelishmovchiliklami vujudga keltirishi mumkin. Shu bilan birga stilistik
jihatdan gap tuzilishi mazkur normada bir oz tushunarsiz ifodalan-
ganligini ham e’tirof etish o ‘rinli. Chunki, FKning 361-moddasi 1-
qismida dastlabki shartnomaga berilgan ta’rifda taraflaming asosiy shart-
noma tuzish majbriyatini o ‘z zimmalariga olishlari ko‘zda tutilgan
bo‘lib, ushbu majburiyatni ijro etilishi shartnomaning amal qilish mud-
datiga teng hisoblanadi. Ya’ni, asosiy shartnomaning tuzilishi dastlabki
shartnomaning bekor bo‘lishiga olib keladi. Shu munosabat bilan
FKning 361-moddasi 4-qismidagi «asosiy shartnomani tuzish majbu-
riyatini olishi ko‘rsatiladi» iborasi ushbu mazkur modda birinchi qismi
birinchi jumlasining oxiridagi «shartnoma tuzish (asosiy shartnoma)
majburiyatini oladilar» iborasining asossiz takrorlanishiga o‘xshaydi
va o ‘zbek tilida gap tuzilishi qoidalarining buzilganligini ko‘rsatadi.
Fikrimizcha, ushbu norma quyidagi mazmunda belgilanishi maq-
sadga muvofiqdir: «Dastlabki shartnomada taraflar asosiy shartnomani
tuzish muddatini belgilab olishlari mumkin». Normaning bunday
ifodalanishi dastlabki shartnoma muddatini aniqlash dispozitiv tusga
egaligidan kelib chiqadi. Amaldagi normada esa, muddatni belgilash
qat’iylik tusiga egaligini ko‘rsatganday, binobarin «ko‘rsatiladi» fe’li
buyruq maylida bo‘lib, muddatni ko‘rsatmaslik (to‘g‘rirog‘i belgila-
maslik) qonundan chetga chiqish sifatida baholanishini anglatadi. Bun-
dan tashqari FKning 361-moddasi 4-qismining ikkinchi jumlasida
mazkur muddat dispozitiv tusga egaligi e’tirof etiladi va u quyidagicha
mazmunda belgilangan: agar dastlabki shartnomada bunday muddat
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma
tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart.
Fikrimizcha, dastlabki shartnoma muddatini bir yil qilib belgilash
FKdagi an ’anaviy tusga ega bo‘lgan holatdan kelib chiqadi. Binobarin,
ishonchnomada ham muddat ko‘rsatilmagan boMsa u berilgan kundan
boshlab biryil amal qilishi belgilangan (FKning 139-moddasi), prokat
shartnomasining muddati ham bir yil boMishi ko‘rsatilgan (FKning
www.ziyouz.com kutubxonasi
559-moddasi). Albatta bu o‘rinda taraflar o ‘zaro kelishib dastlabki
shartnomada uning amal qilishi bir yildan ko‘p bo‘lishi mumkinligini
ham belgilashlari mumkin. Masalan, uy-joy qurilishini boshlagan
yuridik shaxs fuqaro bilan dastlabki shartnoma tuzib, ikki yildan keyin
uy-joy qurilishi yakunlanishi va shundan so‘ng uy-joyni oldi-sotdi
shartnomasi tuzilishi mumkinligini belgilab qo‘yishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, dastlabki shartnomada taraflar asosiy
shartnomaning narsasi va boshqa muhim shartlami belgilab olishlari lozim.
Shu o‘rinda tovar, ish yoki xizmatning bahosini belgilamaslik qanday
oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga ham to‘xtab o‘tish lozim. FKning
356-moddasi 4-qismiga ko‘ra, haq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada
baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi
mumkin bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash
vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan
baho bo‘yicha haq to ‘lanishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, dastlabki
shartnomada tovar, ish yoki xizmatning bahosi belgilanmagan bo‘lsa ham,
u tuzilgan deb hisoblanadi va baho yuqoridagi qoida asosida aniqlanadi.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf uchun asosiy shartnomani tuzish
majburiy hisoblanadi va uni tuzishdan bosh tortgan taqdirda, ikkinchi
taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat
qilishga haqli. Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf
shu tufayli yetkazilgan zararlarni boshqa tarafga to ‘lashi kerak.
Agar taraflar asosiy shartnomani tuzishlari lozim bo‘lgan muddat-
ning oxirigacha u tuzilmasa yoki taraflarning birontasi ham ikkinchi
tarafga ana shunday shartnom a tuzish haqida taklif yubormasa,
dastlabki shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bekor bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, dastlabki shartnomalarni
har tomonlama o‘rganish va ilmiy tahlil qilish fuqarolik qonunchiligini
va shartnoma institutini yanada takomillashishiga olib keladi.
l l - § . Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan
shartnomalar
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida
bo‘yicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shart-
noma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo b o ‘ladi. Ayrim
hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga qaratib ham tuzilishi
mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga qaratib tuzilgan shartnomaga misol
qilib, sug‘urta shartnomasini ko‘rsatish mumkin. Uchinchi shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi
shartnomada alohida taraf bo‘lib hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-
moddasida ko‘rsati!ganidek: «Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas,
balki shartnom ada ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan, qarzdordan
majburiyatni o‘z foydasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan
uchinchi shaxs foydasiga bajarishga majbur», deb belgilab qo‘yilgan
shartnoma — uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma deyiladi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o ‘z huquqlardan
foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab, taraflar
o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari
yoki o‘zgartirishlari mumkin emas.
Qarzdor kreditorga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni
shartnomada uchinchi shaxsning talablariga qarshi qo‘yishga haqli.
Uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqlardan
foydalanishdan voz kechgan taqdirda, basharti qonun hujjatlari va
shartnomaga zid bo‘lmasa, kreditor bu huquqdan foydalanishi mumkin.
Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyat-
ning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan bo‘lsa, bu
haqda shartnomada boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, majburiyat-
ning bajarilishini shartnoma tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyat-
ning bajarilishi ko‘rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin.
Agar uchinchi shaxs o ‘ziga shartnoma bo‘yicha berilgan huquqdan
voz kechsa, shartnoma tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga
xilof kelmasa, bu huquqdan o‘zi foydalanishi mumkin. Misol tariqasida,
pul talabnomasini boshqa shaxs talabnomasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasi pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga
voz kechish evaziga moliyalash shartnomasining mohiyati shundaki,
u bo‘yicha mijoz moliya agentidan mijozning mahsulot berish, ish
bajarish yoki xizmat ko‘rsatishdan kelib chiqadigan talab huquqlarini
xaridorga taqdim etish evaziga pul mablag‘larini berishdan iborat.
Masalan, tovar yetkazib beruvchi pul talabnomasiga ega bo‘la turib,
pul mablag‘lari yo‘qligi yoki yetishmasligi uchun qiyin ahvolga tushib
qoladi. Pul mablag‘lari muayyan mulkiy qiymatga ega bo ‘lib, bozor
qiymatiga, so‘mning xarid qobiliyatiga ham ega.
Moliya agenti (bank) kreditorga uchinchi shaxsning unga tegishli
qarzini bu qarzdordan tegishli pul mablag‘larini to‘lash muddati etib
kelgan vaqtda undirib olish evaziga tlashga tayyordir.
Kreditoming pul talablari moliya agentligining boshqa kreditor
bilan tadbirkorlik bitimi predmeti bo‘lishi ham mumkin, bunda kreditor
www.ziyouz.com kutubxonasi
mijoz vazifasini o ‘taydi. Moliya agenti bo‘sh pul mablag‘lariga ega
bo‘lib, kreditorga to‘lov berib, tegishli moddiy mukofot oladi.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasi kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o‘tishi
to ‘g‘risidagi xo‘jalik shartnomasi bilan ko‘p jihatdan umumiy tomon-
larga ega. FKning 749-modda, 1-qismida pul talabnomasidan boshqa
shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasiga quyi-
dagicha ta’rif berilgan: «Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga
voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo‘yicha bir taraf ikkinchi
tarafga shu mijozning uchinchi shaxsga (qarzdorga) tovarlar berishdan,
uning ishlarini bajarishdan yoki unga xizmatlar ko‘rsatishdan kelib
chiqadigan pul talabnomasi hisobidan pul mablag‘larini beradi yoki
berish majburiyatini oladi, mijoz esa, moliya agentiga ushbu pul
talabnomasini beradi yoki berish majburiyatini oladi».
Ushbu ta ’rifdan shunday xulosa chiqarish kerakki, pul talabno-
masidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shart-
nomasi ikki taraflama va haq evaziga amalga oshiriladi. U real ham
(moliya agenti pul o ‘tkazadi yoki mijoz to‘lov muddati yetib kelgan
pul talabnomasidan voz kechadi), shuningdek, konsensual ham (agent
pul mablag‘larini o ‘tkazish majburiyatini oladi yoki mijoz to ‘lov
muddati yetib kelgan talabnom adan voz kechish, y a’ni kelgusi
qarzlarini olish huquqini o ‘tkazish majburiyatini oladi) bo‘lishi
mumkin.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasi shakli talabdan boshqa shaxs foydasiga voz
kechish shakli haqidagi qoidalar bilan (FK 320-modda) belgilanadi. U
oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan
boshqa shaxs foydasiga voz kechish shaklida amalga oshirilishi kerak.
Davlat ro‘yxatidan o ‘tkazishni talab qiladigan bitim bo‘yicha talab-
dan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu bitimning ro‘yxatga
olish uchun belgilab qo‘yilgan tartibida ro‘yxatga olinishi kerak. Orderli
qimmatli qog‘oz bo‘yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
ushbu qimmatli qog‘ozga indossament (talab qilish huquqini o ‘tkazish
yozuvi) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasi mazmuni tomonlarning huquq va majburiyat-
laridan iborat.
Moliya agentining asosiy majburiyatlari quyidagilardir:
a) shartnoma bahosi bo‘lgan pul mablag‘larini mijozga berish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
b) shartnomada ko‘zda tutilgan alohida hollarda mijoz operatsiya-
larining buxgalterlik hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni
mijozdan qabul qilish;
v) mijozga voz kechish predmeti blgan pul talabnomalari bilan
bog‘liq boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha moliyaviy xizmatlar
ko‘rsatish, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar kredit berish evaziga
talabnomadan bir marta voz kechishdan iborat bo‘lib qolmaydigan
hollarda maqsadga muvofiqdir. Tomonlar shartnomada moliya agen-
tining boshqa majburiyatlarini ham ko‘zda tutishlari mumkin.
Mijozning asosiy majburiyatlari shartnoma predmeti bo‘lgan pul
talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechishdan iboratdir. Mijoz
boshqa shaxs foydasiga voz kechish predmeti bo‘lgan pul talabno-
masining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar bo‘ladi
(FKning 752-moddasi 1-qismi). Berilayotgan talabnomaning haqiqiyligi
ikkita shartga bog‘liq:
1) mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
paytida pul talabnomasini berish huquqiga ega bo‘lishi kerak;
2) huquqni mijozga berish vaqtida qarzdor bu huquqni bajarmas-
likka haqli bo‘ladigan vaziyatlar unga ma’lum bo‘lmasligi kerak(FKning
752-moddasi 2-qismi).
Moliya agenti o‘z foydasiga voz kechish predmeti bo‘lgan talabno-
mani ijroga taqdim etganda, qarzdor bu talabnomani bajarmaganligi
yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar bo‘lmaydi.
Uning vazifasi huquqiy talabnomani berishdan iborat. Agar shartno-
mada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, talabnomaning bajarilishi
uchun mijoz kafolat bermaydi. Ko‘rinib turibdiki, mijozning moliya
agenti oldidagi javobgarligi talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz
kechgan kreditorning javobgarligiga o ‘xshash tartibda belgilanadi
(FKning 321-modda). Mijozdan pul talabnomasini olgan moliya agenti
uning tezroq qondirilishidan manfaatdordir, u qarzdor muddatni
cho‘zish va boshqa imtiyozlar berilishiga rozi bo‘lmasligi mumkin.
12-§. Ta’sis shartnomasi
Yuridik shaxs tashkil etish bo‘yicha ta ’sis shartnomalari zining
kelib chiqishi bo‘yicha muayyan tarixiy ildizlarga ega hisoblanadi.
Agar musulmon huquqiga nazar tashlasak, musulmon huquqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
birgalikdagi faoliyat o ‘zaro sherikchilik asosida ish qilish, faoliyat
yuritishning shakli sifatida farqlangan. Hatto musulmon huquqi, Rim
huquqidan oldin mavjud bo‘lgan odat huquqi — patriarhal huquq
shakllarida ham birgalikdagi faoliyat tartibga solingan. Masalan,
musulmon huquqi vujudga kelmasdan oldin payg‘ambarimiz Muham-
mad sallolohu alayhi vasallam Makka shahrining boy kishilaridan bo‘l-
gan onamiz Xadicha bilan birgalikda faoliyat yuritish to‘g‘risida kelishib
oladilar. Unga ko‘ra, onamiz Xadicha sotish uchun tovarlar va karvon
tayyorlab beradi. Muhammad alayhissalom esa, shu tovarlarni Shom
mamlakatiga (Suriyaga) olib borib sotishi lozim bo‘lgan. Olingan foyda,
daromad teng hissalarda taqsimlanishi nazarda tutilgan. Umuman
olganda, birgalikdagi faoliyat odat huquqida yoki musulmon huquqida
alohida shartnoma turi sifatida belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa ham, uni
tartibga soluvchi muayyan normalar mavjud boigan va ular keng
qoilanilgan. Ta’sis shartnomasining ildizlari Rim huquqida savdo va
hunarmandchilikni amalga oshirish uchun sheriklar tomonidan birgalik-
dagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida uzoq muddatga tashkil
etiladigan, sheriklik uyushmalari tuzishda namoyon bo‘lgan. Tovar
pul munosabatlari rivojlanishi bilan bunday savdo va hunarmandchilik
shirkatlari o ‘zining mustaqil mol-mulkiga ega boiishi zarurligi, bu
mol-mulk ushbu shirkat a’zolarini muomaladagi boshqa mol-mulk-
lardan farqlanishi ma’lum boiib qoldi. Shuningdek, shirkat ishchi va
ishtirokchilar tarkibini o ‘zgarishidan qat’i nazar, shirkatni mavjudligi
va faoliyat yuritishning barqarorligini ta’minlash zarurati ehtiyoji
vujudga keldi. Shu sababli ham Rim huquqini prinsipial davrida
shirkatlarning ba’zi turlari (bankirlar, olib-sotarlar va boshqalar) yuridik
shaxs sifatida tan olina boshlandi1.
X III-X IV asrlarda G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida paychilik
shirkati shaklida shartnomaviy tadbirkorlik birlashmalari vujudga
kela boshladi. Masalan, 1673-yilda qabul qilingan Fransiya Savdo
Reglamentida to iiq savdo shirkati shaklida shartnomaviy asosda
yuridik shaxs tashkil etish nazarda tutilgan edi. Uning a ’zolari
shirkat majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar b o iish i belgilab
qo‘yilgan. 0 ‘rta asrlarda dengiz savdosi sohasida komenda tariqasida
(kommandit shirkatining o ‘ziga xos o ‘tmishdoshi) shirkat tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: |