‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qarang: Полковников Г.В. Актуальнме проблемь! Российского кор-



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

1 Qarang: Полковников Г.В. Актуальнме проблемь! Российского кор-
поративного npaBo.-htt//www. auditoriu. pu/books/700/Polkovnikov/htte.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kompaniya inkorporatsiya qilingach (rasmiylashtirilgach), tegishli ichki 
tartib- qoidalar asosida shartnoma rasmiylashtiriladi. Aksionerlik jamiyati 
bo‘yicha ta’sis shartnomasining o‘rni va ahamiyati doimiy va barqaror 
bo‘lmaganligini ham qayd etmoq lozim. Masalan, Rossiyada aksiya- 
dorlikjamiyatlari to‘g‘risidagi Vazirlar Kengashi Qarorida Ustavbilan 
birga aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnoma ta’sis 
hujjati bo‘lib hisoblanishi belgilab qo‘yilgan edi. Keyinchalik esa, 
bunday norma bekor qilinib, ta’sis shartnomasi aksionerlik jamiyati 
davlat ro‘yxatidan o ‘tguniga qadar amal qilishi belgilandi. Bunday 
tartibni deyarli barcha MDH mamlakatlarida kuzatish mumkin. Shu 
munosabat bilan rivojlangan davlatlar tajribasida qanday tartib belgi- 
langani diqqatga sazovordir. Masalan, aksionerlik jamiyatida ikki xil 
ta’sis hujjati mavjud: bu kompaniya tashqi aloqalarini tartibga soluvchi 
memorandum va ichki munosabatlarni tartibga soluvchi reglament 
hisoblanadi. Ba’zan esa, ularni ikki qismdan iborat yagona hujjat 
tarzida ham qabul qiladilar. Aksionerlik jamiyatida memorandum 
o‘rniga ustav qabul qilinadi, shuningdek, korporatsiya’ning reglamenti 
ham mavjud bo‘ladi. Yevropa mamlakatlari uchun yagona ta ’sis hujjati 
aksionerlik jamiyati ustavi talab etiladi. T a’sis shartnomasining 
funksiyalarini chuqur anglab etish uchun ta’sis shartnomalarini amal 
qilish jarayonida ularni huquqiy munosabatlarga ta ’sir ko‘rsatish 
mexanizmini tahlil etish talab etiladi. Hozircha ta ’sis shartnomasi 
yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar va davlat ro‘yxatidan 
o‘tganidan keym huquqiy tartibga solish, ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari 
farqi barcha mutaxassislar tomonidan qayd etiladi. Agar dastlabki 
b osqichda t a ’sis sh artn o m asi t a ’sischi m u assislar o ‘rtasida 
munosabatlarni tartibga soluvchi yagona huquqiy manba bo‘lsa, keyingi 
bosqichda ta ’sis shartnomasining yuridik ta’sir kuchi qirqiladi, chunki 
yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tganidan keyin uning ustavi amal qila 
boshlaydi. Ustav yuridik shaxs faoliyatini huquqiy tartibga solishda 
asosiy manba boMishi bilan birga ishtirokchilar (muassislar) o ‘rtasidagi 
munosabatlarning bir qismini ham tartibga soladi. Demak, yuridik 
shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ta ’sis shartnomasi 
ikkinchi planga tushib qoladi (ta’sis shartnomasi asosiy ta ’sis hujjati 
bo‘lgan to‘liq va kommandit shirkatlar bundan mustasno). Hatto ba’zi 
holatlarda ta ’sis shartnomasi deyarli o ‘z aham iyatini yo‘qotadi. 
Masalan, taniqli sivilist olim E. Suxanov aksiyadorlik jamiyatlari 
b o ‘yicha t a ’sis shartnom asining aham iyatini tad q iq etganda, 
kuyinchaklik bilan, «aksionerlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tib, uning
www.ziyouz.com kutubxonasi


ustavi yuridik kuchga kirgach aksiyadorlik jamiyati hayotini tartibga 
soluvchi asosiy ta ’sis hujjati bo ‘lib qoladi. Yana buning ustiga 
aksionerlik jamiyati aksiyalari realizatsiya qilingandan keyin aksiyadorlar 
vujudga keladi va ular aksionerlik jamiyatini boshqarishda asosiy subyekt 
boMib hisoblanadi. Binobarin, bunday sharoitda na ta’sis shartnomasiga 
va na muassislarga hojat qolmaydi. Ularning mavjudligi aksiyadorlar 
bilan muassislar o ‘rtasida ortiqcha kelishmovchiliklarnigina keltirib 
chiqarishi mumkin, xolos. Shunday ekan, aksionerlik jamiyati ta’sis 
hujjatlari tizimidan ta ’sis shartnomasini chiqarib tashlash kerak, degan 
fikrni bildirgan edi. Tadqiqotchi J. Yo‘ldoshev ham o‘z dissertatsiyasida 
ta’sis shartnomasini aksionerlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o ‘tguniga 
qadar amal qilishi lozim, keyin esa, u yuridik kuchini yo‘qotish 
maqsadga muvofiq degan fikr mulohazani ilgari suradi.1
Haqiqatdan ham, aksionerlik jam iyati boshqaruvining asosiy 
subyekti bo‘lib aksiyadorlar hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatining 
muassislari ushbu holatda ortiqcha subyektga aylanadilar. Bu holat 
aksiyadorlik jamiyati to ‘liq vujudga kelib, o‘z faoliyatini yo‘lga 
qo‘ygandan boshlab vujudga keladi. Aksionerlik jamiyati, davlat 
ro‘yxatidan o ‘tgach, barcha aksiya paketlari (aniqrog‘i, aksionerlik 
jamiyati tashkil topgan deb hisoblash zarur bo‘lgan realizatsiya qilingan 
aksiyalar miqdori-50 ming AQSh dollariga teng qiymatdagi aksiyalar) 
realizatsiya qilinmagunicha aksionerlik jamiyatini barqaror va doimiy 
subyekt deb hisoblash uchun qat’iy ishonch bo‘lmaydi. MaMumki, 
aksiyalar fond birjasida to ‘liq realizatsiya qilinmaslik ehtimoli ham 
yo‘q emas. Agar fond birjasida aksiyalarga talab boMmasa va u bir yil 
davomida realizatsiya qilinm asa, u holda muassislar zimmasiga 
aksiyalarni majburiy sotib olish yoki aksionerlik jamiyatini bekor qilish 
to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin. Bunday hollarda, tabiiyki, 
ta’sis shartnomasi va muassislarning mavqei birinchi planga ko‘tariladi. 
Boshqacha qilib aytganda, ta’sischilar yuridik shaxsning mavjudligini 
saqlab qolish yoki uni tugatish masalasi bo‘yicha barcha mas’uliyatni 
o‘z zimmasiga oladilar. T a’sischilarning xatti-harakatlari ham ta’sis 
shartnomasi orqali tartibga solinishi davom etadi. Binobarin, ta’sis 
shartnomasi o‘zining yuridik kuchini saqlab qoladi.
Demak, ta’sis shartnomalari aksiyadorlik jamiyati tashkil topgandan 
keyin o‘z kuchini yo‘qotishi lozim degan fikrlar mutlaqo reallikka

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish