‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Qarang: Гражданское право. 4.1. — M:, Проспект, 1996. — С.126—127



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

Qarang: Гражданское право. 4.1. — M:, Проспект, 1996. — С.126—127.
2 Qarang:
Козлова Н.В. Учредительньгй договор о создании коммер-
ческих обшеств и товаришеств. — М:, 1994. — С. 52.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Birinchidan, yuridik shaxsning ta’sis shartnomasi uning muassislari 
tomonidan tuziladi (ustavi esa, tasdiqlanadi),
Ikkinchidan, ta’sis shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan 
boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga ega bo‘ladi (unga qadar esa, 
faqat shartnomada ishtirok etuvchi muassislar uchun huquq va majbu- 
riyatlar vujudga keltiradi, xolos). Har ikkala xususiyat FKning 43- 
moddasi ikkinchi va oltinchi qismlarida mustahkamlab qo ‘yilgan. 
Muassislar, agarda uchinchi shaxslar ta’sis shartnomasi ro ‘yxatga 
olingunicha, ushbu shartlarni olib ish yuritishlarining oqibatini ham 
nazarda tutishlari lozim. Hatto kelgusida ta’sis shartnomasiga kiritilgan 
o ‘zgarishlar vakolatli davlat organlarida ro‘yxatga olish rad etilgan 
taqdirda ham, baribir uchinchi shaxslar ularga rioya qilgan bo‘lsalar, 
muassislar shunga muvofiq ravishda harakat qilmoqlari lozim. Shu 
sababli ham fuqarolik kodeksining 43-moddasi 6-qismida yuridik 
shaxslar va ularning muassislari ta’sis shartnomasiga kiritilgan zgarish- 
larni hisobga olib, ish yuritgan uchinchi shaxs bilan munosabatlarda 
ana shunday o ‘zgarishlar vakolatli davlat idorasida ro‘yxatga olinma- 
ganligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emaslar, deb ko‘rsatiladi.
Ta’sis shartnomasining o ‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri — bu 
shartnoma ishtirokchilari doirasini shartnoma amal qilish davrida 
o‘zgarib turish mumkinligi hisoblanadi. Masalan, toMiqshirkat ishtirok- 
chilari elliktaga qadar bo‘lishlari mumkin. Ishtirokchilar miqdorining 
ko‘payib yoki ozayib turishini tabiiy hol sifatida qabul qilish mumkin. 
Eng asosiysi, shartnoma ishtirokchilari ikkitadan kam bo‘lmasligi va 
muayyan turdagi yuridik shaxslar uchun ta ’sis shartnomasi ishtirok- 
chilarining maksimal miqdoridan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Tashqi jihatdan olganda, ta ’sis shartnomasi dastlabki matniga 
keyinchalik boshqa ishtirokchilaming qo‘shilishi qo‘shilish shartnomasi 
belgilarini vujudga kelishiga o ‘xshab tuyuladi. Ammo shuni ham 
unutmaslik kerakki, qo‘shilish shartnomasi taraflardan biri formular 
yoki boshqa standart shakllarda ta ’riflagan hamda ikkinchi taraf faqat 
taklif qilingan shartnoma butunlay qshilish yo‘li bilan qabul qilish 
mumkin bo‘lgan holatlarda tuziladi. Boshqacha aytganda, qo‘shiluvchi 
holat shartnoma shakllarini shakllantirishda faol ishtirok etmaydi. Faqat 
ma’qullab qo‘shiladi, xolos (o‘z erki irodasi va ixtiyori bilan, albatta). 
Bunday hol obyektiv vaziyat tufayli sodir boMadi. Bunday shartnoma 
har doim taraflar tomonidan hamma shartlari o ‘zaro kelishuv (kon- 
sensus) asosida ishlab chiqiladigan individual shartnomalardan farq 
qiladi. Qo‘shilish shartnomasi shartnomalar umumiy kastruksiyasidan
www.ziyouz.com kutubxonasi


biroz farq qiladi. Biroq qo‘shiluvchi tomonning shartnoma shartlarini 
shakllantirishda faol ishtirok etmasligi uning manfaatlarini aslo kam- 
sitishga olib kelmaydi. Aksincha, FKning 360-moddasi 2-qismida 
qo‘shiluvchi tomon shartnoma shartlarini o‘zgartirishni yoki bekor 
qilishni talab qilish huquqiga ega boMgan holatlar belgilab qo‘yilgan. 
Albatta, ta’sis shartnomalari har doim individual holda ishlab chiqi- 
ladigan shartnomalar guruhiga kiradi. Lekin vaziyat taqozosiga ko‘ra 
muassislar yangi qo‘shilayotgan a’zoga ultimativ tarzda yo shartnoma 
shartlariga so‘zsiz va pisandasiz qo‘shilish yoki umuman muzokaralar 
tamom bo‘lishi to‘g‘risida talab qo‘yishi mumkin. Qo‘shiluvchi taraf 
yoki muassislar uchun shartnoma tuzish majburiy blgan hollarda 
ta ’sis shartnomasi qo‘shilish shartnomasiga aylanib qolgandek tuyuladi. 
Shunday holda qo‘shiluvchi tomon FKning 360-moddasiga ko‘ra shart- 
noma shartlarida o ‘z manfaatlarining kamsitilmasligini talab qilishga 
haqli bo‘ladi.
Shuni e’tirof etish lozimki, ta ’sis shartnomalari turlariga o‘ziga 
xos bir ta ’sis shartnomasi ham kiradi, deb aytish mumkin. Qizig‘i 
shundaki, qonunda u shartnoma deb atalmaydi. 2003-yil 29-avgustda 
qabul qilingan «Jamoat fondlari to ‘g ‘risida»gi Q onunning' 14- 
moddasida jamoat fondlarini davlat ro‘yxatidan tkazish va qayd 
etishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati berilgan. Unga ko‘ra fondni 
davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar ro‘yxatdan 
o ‘tkazuvchi organga taqdim etiladi:
— muassislar yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzo- 
langan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ularning familiyasi, ismi, 
otasining ismi, tug‘ilgan yili va yashash joyi (pochta manzillari) 
ko‘rsatilgan ariza;
— ta’sisyig‘ilishi (syezdi, konferensiyasi) yoki muassislar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, fondning maqsad va vazifalari ko‘rsatilgan hujjat;
— fondning dastlabki mablag‘lari shakllanganligini tasdiqlovchi 
hujjat.
Fikrimizcha, ushbu hujjatlar garchi alohida tarzda mavjud bo‘lsa 
ham, mazmunan bir butun, yaxlit holda o ‘ziga xos muassislar 
kelishuvini tashkil etadi. Bu kelishuvdan asosiy maqsad — jamoat 
fondini yuridik shaxs sifatida tashkil etish hisoblanadi. Yuridik shaxs 
tashkil topgandan keyin yuqoridagi kelishuv o ‘tmish bosqichi bo‘lib

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish