I I bob. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI MILLIY HUQUQ
TIZIMIDA FUQAROLIK HUQUQINING TUTGAN 0 ‘RNI
l-§ . Fuqarolik huquqi tushunchasi
Fuqarolik huquqi 0 ‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining asosiy
sohalaridan biri bo‘lib, m am lakatim izda
iqtisodiy m unosabatlarni
takom illashtirish, bosqichm a-bosqich bozor iqtisodiyoti m unosa-
batlariga o ‘tish davrida fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy
va m a’naviy ehtiyojlarini toboro toMaroq qondirish maqsadida mulkiy
munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy
normalar yigindisidan iboratdir.
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan m unosabatlar 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 2-m oddasida belgilab
q o ‘yilgan. Bunga asosan fuqarolik m uom alasi ishtirokchilarining
huquqiy
holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning,
intellektual faoliyat natijalariga b o ‘lgan huquqlarning vujudga kelish
asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnom a
majburiyatlari va o ‘zga majburiyatlarni, shuningdek,
boshqa mulkiy
ham da u bilan bog‘liq shaxsiy nom ulkiy m unosabatlarni tartibga
soladi.
Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent barobariga belgila-
nadigan qiymat baho bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng dara-
jada ko‘riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda
mulkiy-huquqiy munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi va m ustah-
kamlaydi.
Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar
ishlab chiqarish m uno-
sabatlarining huquqiy shakli, yuridik ifodasi sifatida ko‘riladi. Shu
nuqtayi nazardan mulkiy m unosabatlar shaxslar o ‘rtasidagi, ularning
erklari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni bildiradi.
Fuqarolik huquqi tom onidan tartibga solinadigan mulkiy m uno-
sabatlar doirasi nihoyatda keng. Bular jumlasiga oldi-sotdi, h ar xil
buyurtm alar
qabul qilish, turar joylarni ijaraga olish va berish, kor-
xonalar, tashkilotlaming bir-biriga mahsulotlar yetkazib berish, qurilish
ishlarini amalga oshirish, transport korxonalari orqali yuk va y o ‘lovchi
tashish, yetkazilgan zararni to ‘latish, qonun va vasiyat bo‘yicha meros
olish, umuman, har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foy-
dalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lgan
munosabatlardan
iboratdir.
Fuqarolik huquqi tom onidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda
bo‘lmagan shaxsiy huquqiy m unosabatlar ikki turga:
• mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq b o ‘lgan shaxsiy munosabatlar;
• mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosa-
batlarga boMinadi.
Fuqarolik huquqi huquqning boshqa sohalari kabi o ‘zi tartibga
solinadigan, huquqiy munosabatlarga, ularning ishtirokchilari xatti-
harakatlariga ta’sir ko‘rsatishda maxsus vositalar va usullar yig‘indisidan
foydalanadi.
Q o‘riqlash vazifasini bajaruvchi huquq sohalari (j*n ° y at huquqi,
m a’muriy huquq va hokazo)dan farqli ravishda,
fuqarolik huquqi,
eng aw alo, normal huquqiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Uning
tartibga solish uslubidagi o ‘ziga xos xususiyatlar:
• fuqarolik huquqi munosabatlarda ishtirok etuvchilarning teng
huquqqa ega boMishlari, ularga imkon boricha erkinlik, mustaqillik
va
tashabbuskorlik berilishida;
• fuqarolik huquqida im perativ m e’yorlardan ko‘ra dispozitiv
m eyorlarning qoMlanilishida;
• fuqarolik huquqiy m unosabatlardan kelib chiqadigan javob-
garlikning mulkiy xarakterda boMishligida;
• buzilgan huquqlarning sud orqali da’vo bildirishi tartibida himoya
qilinishida;
• buzilgan fuqarolik huquqini himoya qilishda uni tan olish, tiklash,
huquqni buzadigan harakatlarga chek qo‘yish,
yetkazilgan zararlarni
undirib olish va shu kabi choralar qoMlanishida namoyon boMadi.
Do'stlaringiz bilan baham: