‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


fuqarolik huquqida bitim lar tush un ch asi, vakillik va ish on ch n om a



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

fuqarolik huquqida bitim lar tush un ch asi, vakillik va ish on ch n om a,
muddatlar va da’vo muddatlari, mulk huquqi tushunchasi, mulk huqu-
qining mazmuni, mulk huquqining vujudga kelish va bekor boMish asoslari,
mulk huquqining asosiy tamoyillari, mulk shakllari, ashyoviy huquq
tushunchasi va turlari, xjalik yuritish va operativ boshqarish huquqi,
boshqalarning m ol-m ulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi,
xususiy va onim aviy mulk huquqi, mulk huquqini h im oya q ilish ,
majburiyat huquqi tushunchasi, tizim i, vujudga kelishi, majburiyat
subyektlari va obyektlari, majburiyatlarning bajarilishini ta^minlash usullari,
majburiyatlarni bekor boMishi, shartnoma tushunchasi shartnomalarining
turlari va ulami tuzish, uni bekor qilish bilan bog4iq masalalar yoritib
berilgan. 0 ‘quv q o‘llanmadan yuridik oliy o ‘quv yurtlarining talabalari,
aspirantlari, tadqiqotchilari va shu soha bilan qiziquvchilar foydalanishlari
m um kin.
U D K : 347.1(075) 
BBK 
67.404ya73
© R.Dj. Ruziyev va boshq. 2011.
© C holpon nomidagi nashriyot-m atbaa ijodiy uyi, 2011.


SO ‘ZBOSHI
Erkin bozor munosabatlariga o ‘tib borilayotgan bir davrda ijtimoiy- 
iqtisodiy tizimni fuqarolik huquqi subyektlarining huquqiy holati va 
ular o ‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar tabiatining o ‘ziga xos 
tarzda o ‘zgarishi va yangicha mazmun bilan boyimoqda. Bu esa, o ‘z 
navbatida, fuqarolik huquqi subyektlari o ‘rtasida vujudga keladigan 
munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunlarni qabul 
qilish va ularni muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi.
Fuqarolik huquqi rivojlangan har qaysi huquq tizimining mustaqil 
va muhim sohalaridan biri hisoblanib, u qadimgi Rim davlatida 
shakllangan huquq tizim ining dastlabki poydevori sifatida vujudga 
kelgan. 0 ‘sha davrda sodir etilgan barcha xatti-harakatlar, dastlab 
fuqarolik huquqiy norm alar bilan tartibga solinganligi, keyinchalik 
fuqarolik huquqining keng qamrovli rivojlanishiga, ijtimoiy hayotdagi 
ahamiyatining ortishiga, huquq sohalari qatoridagi egallagan mavqei- 
ning mustahkamlanishi va o ‘sishiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta ’kidlanganidek, «Inson, uning 
har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini 
ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta ’sirchan mexanizmlarini yara- 
tish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o ‘zgar- 
tirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asosiy 
maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual 
merosi, um um bashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy m adaniyat, 
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar 
tayyorlashning mukammal tizim ini shakllantirish 0 ‘zbekiston taraq- 
qiyotining muhim shartidir»1.
XXI asrda 0 ‘zbekistonda ta ’lim tizimini isloh qilish va takomil- 
lashtirish ustivor vazifalardan biridir. Bu esa, o ‘z navbatida huquq- 
shunos olimlarimiz zimmasiga tegishli o ‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv 
adabiyotlami hozirgi davr talabi va ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini
1 0 ‘zbekistonning yangi qonunlari. 18-son. - T., «Adolat». 1998.


hisobga olgan holda yangilab borish, o ‘zbek tilida o ‘quv adabiyotlarini 
yaratish vazifasini yuklaydi.
Ushbu o ‘quv qo‘llanma Prezidentimiz I.A. Karimovning mamla- 
katimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tub muammolari, ularni hal 
etish yoMlari va usullari bayon etilgan asarlaridan, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasidan, Fuqarolik kodeksidan, bozor iqtiso- 
diyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan amaldagi qonunlar, 
farmonlar, farmoyishlar va qarorlar mazmunidan kelib chiqqan holda 
tayyorlangan.
M azkur o ‘quv q o ‘llanma o ‘z mazmuniga ko‘ra yuridik oliy o ‘quv 
yurtlari talabalari, o ‘qituvchilari, aspirantlari hamda amaliyot xodim- 
lariga m oljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi huquq tizimida asosiy 
o ‘rinlardan birini egallagan fuqarolik huquqining tushunchasi, predmeti, 
metodi, vazifalari, tamoyillari tizimi, fuqarolik huquqining manbalari, 
fuqarolik, huquqiy munosabat, fuqarolik huquqining subyektlari, 
obyektlari, bitimlar, vakillik va ishonchnoma, m uddatlar va d a’vo 
muddatlari, mulk huquqi va uning turlari, majburiyat huquqi, majbu- 
riyatlarning vujudga kelishi va bekor b o lish asoslari, shartnomalarning 
um um iy qoidalari haqida um um iy ta sa w u r ham da bilim ga ega 
bo'lishga y o ‘naltirilgan.
0 ‘quv q o ‘llanmani yozish jarayonida akademik X. Rahmonqulov, 
prof. I.B. Zokirov, prof. R.J. R o‘ziyev, prof. В.В. Sam arxo‘jayev, 
prof. O. Oqyulov, prof. Sh.N. Ro‘zinazarov va boshqa huquqshunos 
olimlarning darslik, o ‘quv qoMlanma va ilmiy maqolalaridan keng 
foydalanilgan.
Ushbu o ‘quv qoMlanma mualliflarning 2001-2009-yillarda Mirzo 
U ug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik 
fakulteti talabalariga o ‘qigan m a’ruzalari asosida yozilgan b o ‘lib, u 
oliy o ‘quv yurtlari huquqshunoslik fakulteti talabalari, magistrantlari, 
aspirantlari, tadqiqotchilari va fuqarolik huquqi muammolarini o ‘rga- 
nuvchilar, sud amaliyoti xodimlari va shu solia bilan qiziquvchilarga 
m o‘ljallangan.
0 ‘quv qo‘llanm a yuzasidan bildirilgan barcha tanqidiy fikrlar 
ham da takliflar uchun oldindan o ‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


Ib o b . FUQAROLIK HUQUQI FANINING

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish