1
Qarang:
Мейер Д.И. Русское гражпанское право: В 2 ч. Ч. 1. - М.:
Статут, 1997. С. 223-224.
Yetkazilgan ziyonni muntazam ravishda qoplash m um kin bo‘l-
m aganidek, bunday huquqlarni ham k o ‘pincha tiklash m um kin
bo‘lmaydi. Shuning uchun yetkazilgan ziyonni qoplash maqsadida
to ‘langan pul kompensatsiyasi qaysidir darajada vaziyatni bir qadar
«yumshatish» uchun xizmat qilsa-da, biroq u shaxsiy nom ulkiy
m unosabatlarni mulkiy munosabatlarga aylantira olmaydi. Bizning
fikrimizcha, korporativ huquq buzilishida yetkazilgan ziyonni boy
berilgan darom ad yoki aniqlangan zararning narxidagi pul k o ‘rinishida
baholash mum kin.
0 ‘ylaymizki, bunday holatda nafaqat aksiyadorning boshqaruvda
ishtirok etishdagi korporativ huquqi buziladi, balki aynan shu aksiya-
doming qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan daromadi qo‘ldan ketib, unga
moddiy ziyon yetkaziladi. Turgan gapki, bu yerda nafaqat aksiyalar
emissiyasi prospektining ro‘yxatdan o ‘tkazilishi, balki aksiyadorning
boshqaruv huquqining ham buzilishi uning shunday ziyon ko‘rishiga
olib keladi.
T a ’kidlanishicha, jam oatchilik m unosabatlari m ulkiy alohida,
yuridik teng b o ‘lgan mustaqil subyektlar o ‘rtasida vujudga kelib,
fuqarolik huquqi tom onidan tartibga solinadi. Korporativ m unosa-
batlarga xos b o ‘lgan yana bir xususiyat mavjud, qatnashchilar yuridik
shaxs erkining, ya’ni, o ‘z kontragentlari erkining shakllanishiga ta ’sir
ko‘rsata oladilar. Axir korporatsiya mohiyatan yuridik fiksiya b o ‘lsa-
da, u na tafakkurga, va na erkka ega emas. Tabiiyki, bu erkni kimdir
korporatsiyaning ichidan shakllantirmog‘i darkor (uchinchi shaxslarga
nisbatan), binobarin, u mustaqil subyekt sifatida faoliyat ko‘rsata
olishi lozim.
Biroq, korporatsiya o ‘z qatnashchilariga nisbatan mustaqil subyekt
b o ‘la oladi, chunki u faqat o ‘zigagina tegishli b o ‘lgan m ulkni
taqsimlash huquqiga egadir.
Xulosa qilib shuni aytish mum kinki yuridik shaxslar o ‘rtasida
vujudga kelgan korporatsiyaga a ’zolik asosida uning qatnashchilari
bilan qurilgan korporativ m u no sabatlar fuqarolik m u o m alasid a
mustaqil subyektlar o ‘rtasidagi mulkiy alohida va yuridik teng bo‘lgan
mulkiy m unosabatlardir.
Bu m unosabatlar korporatsiyaning ta ’sis hujjatlari va fuqarolik
huquqi norm alari tom onidan tartibga solinib, qatn ashchilarnin g
korporatsiyadagi a ’zolik davri m obaynida mavjud b o ‘ladi. Boshqacha
qilib aytganda, korporativ m un o sab atlar m ustaqil tark ib iy qism
sifatida fuqarolik huquqining predm eti tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |