ning so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi.
(O ybek)
6.
Bolalar
yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay
boshladi.
(Oybek)
7. Kuyov qo'lini ko‘ksiga qo‘yib: «...ishoning, dada,
Karomatni boshimga ko'taraman», dedi.
(S. Ahmad)
8. 0 ‘shanda ham Yusuf
amaki dadam ni yolg‘izlatm ay, holidan xabar olib turgan.
(H . N azir
)
9. Kuyov bo‘lmay qaro yer bo'lgur na o ‘ligini ko ‘rsatadi, na tirigini.
(A. Qahhor)
63-mashq.
She’rni o ‘qing, ko'chma m a’noda ishlatilgan so'zlarni topib
ularni izohlang.
Barcha haq ishida bo‘ling salomat,
Yog'sa ham har yondan tavqi m alomat,
Ezgu
ishingizni ettiring davom,
Yaratgan qo'llagay sizlarni mudom,
Kim sherik bor desa agar Ollohga,
Shubhasiz botgaydir katta gunohga.
N ohaqdan bir inson qonini to'km oq,
Gunoh dengiziga baayni ch o‘kmoq.
Ota-onasiga kimki bo'lsa oq,
Bu ham og'ir gunoh sanalgay mutloq.
Agarda yolg'ondan bersa guvohlik,
Uning ham gunohin kechirmas Xoliq.
Shu to 'rtta gunohdan bo'lsa kim forig',
Bilingki, ularning manglayi yorug'.
(
О. Bo ‘riyev)
64-mashq.
Ko'chiring.
«Palak»
so'zining bir necha xil m a’nolari
borligini bilib oling.
Siz ham uyingizda
til, ter
kabi so'zlarning m a’nolarini
ana shunday izohlab keling.
1. Palak. M a’lum bir urug'dan ko'karib chiqib, yer yuzalab o'sib,
gullab hosil beradigan poliz o'simligining tanasini bildiradi: qovun palak,
tarvuz palak, bodring palak.
... So'lg'in palaklarda o'sm ay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar,
goh surmaday qorayib ko'rinar edi.
(A. Muxtor)
2. Palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug'i
tushunchasida ham qo'llanadi. Masalan: T o 'rt egat palak ekdim.
3. Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko'ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun
gul (kashta) ipakli m atolar tayyorlanadi.
Iblisni
rahbar deb qarshi oldilar,
Balki, sayladilar undan ham ortiq.
194
Poyiga ipakdan palak soldilar,
So‘ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.
(A. Oripov)
4. Palak. «Parvoyi palak» iborasida o ‘z ishiga m as’uliyatsizlik,
e ’tiborsizlik bilan qarash, beg'amlik m a’nolari tushuniladi.
Atrofda bo ‘layotgan voqealarga M o ‘ydinning parvoyi palak edi.
5. 0 ‘xshatish m a’nosida ham qo‘llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak
chiqadi deganlari rost ekan-da», dedi so‘fi yonidagilarga qarab.
65-mashq.
Keltirilgan misollardan metafora usuli bilan so‘z m a’nosini
ko‘chishining yo‘llarini aniqlang, ularga izohlar bering.
Rahm i
kelib bulutning
Yig'lab to'kar yoshini.
Qushlar qochar, m ajnuntol
K o‘taradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh
kulib qaraydi,
M ajnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
(E. Vohidov)
Qalam ushladimmi, demak — o ‘yin bas,
Yayrab ocholmaydi gul dudog'ini
Shundoq yurak yutib so‘rasha olmas,
Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini.
Burchak-burchakda jim
tortishar burun,
Bilmam qanday o ‘y-u xayol ichida.
Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin,
Bolalarim yurar oyoq uchida...
Do'stlaringiz bilan baham: