Mavzu №3: Boshqaruvchi rahbar shaxsiga qoʼyiladigan talablar.
Boshqaruvchi rahbar shaxsi va lider tushunchasi.
Reja:
1.
Rahbarlik sifatlari.
2.
Rahbarning boshqaruv mavqei.
3.
Rahbar uchun muloqot turlari va ijtimoiy holatlarni boshqarish
4. Lider xususiyatlari xakidagi kontseptsiyalarning talkini va taxlili.
3.1.Rahbarlik sifatlari. Yuqorida aytib otilganidek rahbarda tugma qobiliyat boladi deb ham
aytib bolmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib
ketaveradi, deb ham bolmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida koplari rahbarlik uchun qulay va
maquldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin
ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bolishi lozim bolgan ayrim sifat, qobiliyatlar
borki, ular haqida qisqacha toxtalib otmoq lozim.
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt
— aql-zakovatning malum normasi bolishi kerak.
Bu norma yaxshi rahbar uchun ortadan yuqori bolmogi maqsadga muvofiqdir, chunki geniy
darajasidagi intellektga ega bolgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni
keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik tosiq
bolishini amaliyot va hayot korsatdi. Rahbardagi ortadan yuqori intellektni qoplab ketadigan
yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy tasir korsatadi.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim
hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yol-yoriqlar korsata olishi, har bir aytilgan
fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur.
Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir.
Rahbarda mustaqillik bolsa, unda oziga ishonch ham boladi, bu esa oz navbatida
rahbardagi subyektiv talablar darajasining yuqori bolishiga olib keladi. Kopincha, rahbarning
boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo oz-oziga nisbatan
talabchan bolishi kerak. Oz-ozini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar
tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bolgan hislatlardan yana biri tom manoda
“ziyoli" bolish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bolishdir. Boshliq ozidagi
madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan boladigan kundalik muloqotlarda namoyon
etmogi lozim. Muomala madaniyati
— bu orinli, aniq, qiska, samimiy gapirish sanati va ikkinchi
tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar ortasida kelib
chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni togri yosinda gapira
olmaslik yotadi. Ozganing orniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bolish, empatiya
hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim
tomonlaridir.
Jamoa faoliyatini va oz faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bolgan
talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida oz-ozini boshqara olish va boshqalarni tashqi
faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni taminlovchi muhim psixologik xususiyat
yotadi. Rejalashtirish
— bu oziga xos kelajakni kora olish kobiliyati, kelajak obrazi bolib, bu
narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir.
Bu juda murakkab psixologik jarayon bolib, u shaxsning oz diqqatini qanchalik omilona tarzda
boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha
ishlardan ozini tiyish, qol ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish
buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni oz vaqtida nazorat qilib, sorab olish imkoniyati bilan
bogliq. Oz ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bolgan rahbar realistik tafakkurga ega
bolmogi, yani har qanday sharoitlarda ham osha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ
variantlardan eng togrisi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni togri tashkil eta bilgan,
yani eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham
ish taktikasini togri yolga yonaltira oladigan odam bolishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar
uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning
barcha bosqichlari va vositalarini oldindan kora bilish qobiliyati ham zarur. Shunday
taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, ozgalarni oz ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda
yuksak korsatkichlarga erishishi mumkin.
Yuqorida aytib otilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik
mahoratni talab etgani
— odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa azolari bilan samarali ishlash
uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir azo psixologiyasini va guruh psixologiyasini
yaxshi bilishi zarur, chunki
‘‘ozgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona
yolidir",
— deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi
vositasi
— ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar
jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.