Zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi



Download 203.18 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2017
Hajmi203.18 Kb.
1   2   3   4
Oliy ta’limni isloh qilish omillari nimalardan iborat?

Savolga javob berishdan avval sobiq sho`rolar davrini eslaylik. Unda oliy ta’lim tizimida bilimning emas, diplomning roli haddan tashqari oshirib yuborilgan, unga jamiyatda ma’lum bir yuqori mavqeni egallash uchun xizmat qiladigan hujjat sifatida qaralar edi. Yuqori, chuqur bilimlar olish xohishi emas, bil’aks aynan shu diplomni qanday yo`llar bilan bo`lmasin “qo`lga kiritish” yoshlarning ham, ularning ota-onalarining ham asosiy maqsadiga aylanib qolgan edi. Shuning uchun ham aksariyat talabalarning o`quv jarayoniga bo`lgan munosabati yuzaki edi. O`qituvchilar ham o`zlarining faoliyatlarini takomillashtirish masalalariga “qo`l uchi”da qarab kelardilar.

Kadrlar tayyorlash milliy modelida oliy ta’lim maxsus o`rin egallaydi hamda uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi.

Oliy ta’limning maqsadi respublikamizning iqtisodiy va madaniy rivojlanishini ta’minlashga, o`zi tanlagan mutaxassislik bo`yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustail ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da oliy ta’lim oldiga qo`yilgan vazifalarning ijrosi sobiq sho`rolar davridan qolgan, yuqorida ta’kidlangan munosabatlarga chek qo`yadi, mustaqil O`zbekiston ta’lim tizimini tamomila yangi bosqichga ko`tarishga imkon yaratadi.

Bundagi asosiy vazifalar nimalardan iborat?

Avvalo, davlat ta’lim standartlari asosida raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

Bo`lajak kadrlarda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatni, Vatanga muhabbatni, bu yo`ldagi fidoyilikni tarbiyalashni davom ettirish ham oliy ta’limning asosiy vazifalaridandir.

Bundan tashqari fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida unumli foydalanmasdan, o`qitish amaliyotiga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni kiritmasdan yuqorida ta’kidlangan natijaga erishish mushkul.

Bu asosiy prinsiplarga avvalo, ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi va demokratikligi, universitet ta’limining ustuvorligi, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy va oliy o`quv yurtidan keyingi ta’limning uzluksizligi va vorisiyligi, ta’lim tizmining dunyoviy xarakterga ega ekanligi, davlat ta’lim standartlari doirasida oliy ta’limning hamma uchun ochiqligi, talant va iqtidorlilikni rag`batlantirish, oliy ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvining uyg`unlashuvi, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning intergatsiyasi va boshqalar kiradi.

Davlat grantlari va to`lov kontrakt usulidagi qabul deganda nima tushuniladi?

Yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, davlat ta’lim standartlari doirasida oliy ma’lumot olish mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun ochiqdir. Bunday imkoniyat ikki yo`l bilan amalgam oshiriladi.

Birlamchisi – bu davlat grantlari, ya’ni talabalarning o`qish uchun zarur bo`lgan xarajatlarini davlat o`z zimmasiga oladi. Grantlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oliy malakali kadrlarga bo`lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi. Ta’kidlash joizki, Prezident Farmoniga asosan xalqaro va respublika fan olimpiadalari, xalqaro musobaqalar g`oliblari oliy o`quv yurtlariga test sinovlarisiz kirish huquqiga egadirlar.

Yoshlarimiz, o`z navbatida to`lov-kontrakt shaklida ham oliy o`quv yurtlarida o`qishlari mumkin. Bu nima degani? Oliy ma’lumot olish istagida bo`lgan yoshlar tegishli o`quv yurtlari ma’muriyatlari bilan shartnoma tuzadilar. Shartnomada har ikkala tomonning vazifalari belgilab olinadi. Talabalik safiga test sinovlari natijalari yoki grantlardan so`ng ballar ketma-ketligi (reyting) asosida qabul qilingan abiturientlar belgilangan miqdordagi mablag`ni oliy o`quv yurti hisobiga o`tkazadilar. Tegishli mablag`ni talaba uchun muassasalar, korxonalar, firmalar va boshqa tashkilotlar ham o`tkazishlari mumkin. To`lov-kontrakt shaklida o`qish qoidalari va shartlari davlat tomonidan mavjud qonunchilikka asoslangan holda belgilanadi.

Kontraktdan tushgan mablag`lar oliy o`quv yurtining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, pedagog xodimlarni rag`batlantirish, talabalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va boshq maqsadlarda foydalaniladi.

Magistratura-chi'>Bakalavriyat nima? Magistratura-chi?

Bu savollarga javob berishdan avval “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’dan kichik iqtibos: “Oliy ta’lim o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega”.

Demak, oliy ta’limga akademik litsey va kasb-hunar kollejini tugatgan shaxslargina qabul qilinadi. Ya’ni, yuqorida aytilganidek, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo`nalishlaridan birini tugatgan mamlakatimiz fuqarolari oliy o`quv yurtlariga kirishda bir xil huquqqa egadirlar. Endi sarlavhadagi savolga kelsak.

Bakalavriat – mutaxassisliklar yo`nalishi bo`yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to`rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limidir.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat atestatsiyasi yakunlariga binoan kasb yo`nalishi bo`yicha “bakalavr” darajasi beriladi va hukumat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.



Xo`sh, bunday diplomli mutaxassis qanday huquqlarga ega? Avvalo, u qay darajada mutaxassis, uning ishlab chiqarishdagi o`rni qanday?

Bakalavr darajasiga ega bo`lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo`nalishidagi o`zi tanlagan soha bo`yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat Klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo`ladi. Endi, u qay darajada mutaxassis ekanligiga davlat standarti javob beradi, ya’ni ma’lum mutaxassislikning davlat standartlarida kasb-hunar dasturlari salmog`ining qay darajadaligiga bog`liq.

Magistratura – aniq mutaxassislik bo`yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Bunda ham yuqoridagi savollar takrorlanadi. Magistrlar bakalavr darajasidan farqli ravishda ma’lum ixtisoslik bo`yicha yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko`rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega bo`ladi.

O`zbekiston Respublikaida qanday darajadagi oliy ta’lim muassasalari bor, bilasizmi?

Ular quyidagilar:

universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo`yicha oliy va oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim dasturini amalga oshirishga imkon beradi;

akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning aniq sohalari bo`yicha oliy va oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiradi;

institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo`nalishlar bo`yicha oliy va qoidaga ko`ra oliy o`quv yurtlaridan keyingi ta’lim dasturini amalga oshiradi.

Oliy ta’lim muassasalarida fakultetlar, bo`limlar, kafedralar va talabalarning akademik guruhlari shakllanadi.

Idoraviy bo`ysunish va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha oliy ta’lim muassasalari hamda ularning professor-o`qituvchilar tarkibi respublika hukumati belgilagan tartibda attestatsiyadan o`tadilar.

Davlat tasarrufida bo`lmagan oliy ta’lim muassasalari ta’lim faoliyati huquqini faqatgina davlat akkreditatsiyasidan o`tgandan boshlab qo`lga kiritadilar. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalari attestatsiya natijalariga ko`ra davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishlari ham mumkin.



Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida oliy ta’limni tashkil qilish to`g`risidagi quyidagi fikrni bildirgan edilar:

Oliy oquv yurtini isloh qilayotganda, ularning boshqa davlatlardagi oliy o`quv yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash zarur. O`z domlalarimiz bilan cheklanib qolmay, chetdan ham domlalar chaqirishni yo`lga qo`yishimiz kerak.

Yetuk saviyali domlalarni tayyorlash bo`yicha maxsus bir fond tashkil etish kerak. Biz shu fond orqali domlalarni, O`zbekiston professorlarini chet mamlakatlarga yuborib, malakasini oshirib kelishiga imkoniyat yaratishimiz kerak.

Ular chet ellarda malakasini oshirsin, dong`i chiqqan universitetlarda o`zlari leksiyalar o`qisin, tajriba orttirsin, mana shundan keyin O`zbekistonning obro`yi – nomi olamga ovoza bo`ladi, insholloh!”

Qisqa muddatlarda mazkur yo`nalishda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga kirishildi. “Ustoz” jamg`armasining tashkil etilganligi, keyingi bir yil ichida yuzlab professor-o`qituvchilarning rivojlangan demokratik chet mamlakatlarning nufuzli universitetlariga yuborilishi buning yaqqol dalilidir.

Darvoqe, ustozlarning, mutaxassislarning rivojlangan xorijiy jdavlatlarda malakalarini oshirishlari ham bir paytlar O`zbekiston Prezidentining orzusi edi. Darhaqiqat, mustaqillik orzular ro`yobi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” esa orzuga erishmoq yo`lidir.

Oliy o`quv yurtlaridan keyingi ta’lim to`g`risida qanday ma’lumotlarga egasiz?

Mazkur ta’lim turining vazifasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da quyidagicha aniq belgilangan: “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarni qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga va uzluksiz ta’lim tizimini ta’minlashga qaratilgan”.



Xo`sh, uzluksiz ta’limning bu turiga nimalar kiradi, nima uchun unga alohida e’tibor berilayotir?

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim ikki darajada amalga oshiriladi.

Birinchi daraja aspirantura bo`lib, magistrlik negizida 3 yil (4 yil sirtqi) davom etadi.

Ikkinchi daraja doktorantura ham 3 yil davom etadi, ammo fan nomzodi ilmiy darajasi negizida.

Ikkala darajaning ham maqsadi – muayyan mutaxassisliklar bo`yicha oliy toifali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iboratdir. Dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qilganlarga birinchi daraja yakunlari bo`yicha “fan nomzodi”, ikkinchi daraja yakunlari bo`yicha esa “fan doktori” ilmiy darajasi beriladi.

Bunday ta’lim turlari faqat bizning Milliy modelga xosdir va shu jihatdan dunyo miqyosida betakrordir.

Uzluksiz ta’lim tizimining turlaridan yana biri – kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdir.

(Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchilar: Qurbonov Sh., Saidov X., Ahliddinov R. – T.: O`zME, 2000, 187-195-betlar).




Huquqshunoslik fakulteti 1-kurs rus guruhi talabalari uchun “O‘zbek tili” fanidan amaliy mashg‘ulot.
9-mashg‘ulot.


Matbuot yangiliklari. “Shartnomaning asosiy shartlari. Oila pudrat shartnomasi” matni. Olmosh so`z turkumi. Uning ma’nosiga ko`ra turlari: kishilik, o`zlik, so`roq, ko`rsatish, belgilash, bo`lishsizlik va gumon olmoshi. Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari. Gapdagi vazifasi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlar hayoti va ijodi haqida matnlar tuzish.



Shartnomaning asosiy shartlari. Oilaviy pudrati shartnomasi.

Shartnomaviy munosabatlar ma’lum bir davr ichida harakat qiladigan ishtirokchilar o`rtasidagi huquqiy aloqalar tizimidir. Qonunchilikda shartnomaviy munosabatlar odatda quyidagi tarkibiy qismlar asosida vujudga keladi: shartnomaning haqiqiylik shartlari, shartnoma tuzish tartibi, shartnomani ijro etish va ijrosini ta’minlash usullari, shartnomaviy majburiyatlarini ijro etmaslik va tegishli ravishda ijro etmaslik oqibatlari.

Yuridik fakt sifatida shartnoma tomonlarning birgalikdagi xatti-harakatlari natijasi bo`lgan bitimdir. Bu xatti-harakatlar o`zaro kelishib olingan va qonun bilan man etilmagan majburiyat shart-sharoitlarini vujudga keltirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Bunday yo`naltirilganlik mavjud bo`lmaganda shartnoma soxta hisoblanadi (masalan, pulsiz zaym to`g`risidagi shartnoma) va oqibatda haqiqiy deb tan olinmaydi.

Huquqiy adabiyotlarda fuqarolik huquqiy shartnoma shartlari odatda muhim, odatiy va tasodifiy kabi guruhlarga ajratiladi.

Shartnomaning muhim shartlari tushunchasi O`zbekiston Respublikasi FK ning 364-moddasi 2-qismida ta’riflab berilgan. Qonunda muhim deb atalgan yoki shartnomaning bu turi uchun zarur deb hisoblangan, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko`ra bir bitimga kelinishi lozim bo`lgan barcha shartlar muhim shartlar qatoriga kiradi. Masalan, qishloq xo`jalik kontraktatsiyasi shartnomalarini tuzish va ularni ijro etish tartibi to`g`risidagi Nizomning 1-bandiga ko`ra xo`jalik qishloq xo`jaligi mahsulotlarini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, sifatda, assortimentda va muddatlarda ishlab chiqarishni o`z zimmasga oladi, tayyorlovchi esa uni qabul qilib olishni, belgilangan yoki kelishilgan narxlarda ularning bahosini to`lashni va xo`jalikka ishlab chiqarishni tashkil qilish, oldindan pul mablag`larining bir qismi bilan ta’minlash (avans berish) va mahsulotni jo`natishda yordam berishni o`z zimmasiga oladi.

Shartnoma shartlari tushunarli ifodalangan bo`lishi lozim. Chunki taraflar ularni talqin qilishlarida turli ziddiyatlar paydo bo`lishi mumkin.

Shartnoma ashyosini tavsif qilishda uning nominigina ko`rsatish yetarli emas. Narxni ko`rsatgan holda uning tabiiy ifodadagi miqdoriy tavsifini ham aks ettirish kerak. Miqdor shartnomada birinchi navbatda taraflarning kelishuvi orqali aniqlanadi.

Sharnoma ashyosini tavsiflaydigan asosiy jihatlardan yana biri mahsulot sifatidir. Shartnomada mahsulot sifati to`g`risidagi shart mavjud bo`lmasa, shartnoma tuzilgan deb hisoblanmaydi. Xo`jalik tomonidan shartnoma bo`yicha tayyorlovchiga sotiladigan mahsulot sifatini aniqlash standartlar, texnik shart-sharoitlar, veterinariya va sanitariya nazorati qoidalari talablariga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Shartnomada mahsulot sifatiga andozalar, texnik shart-sharoitlar va boshqa hujjatlardagiga qaraganda yuqoriroq talablar nazarda tutilishi mumkin.

Shartnomaning yana bitta muhim sharti mahsulotning narxidir. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot uchun belgilangan narxlarda to`lovni amalga oshirish majburiyati pul to`lash majburiyati sifatida vujudga keladi.

Xo`jalik va tayyorlovchilar o`rtasidagi hisob-kitoblar, qoida bo`yicha, xo`jalik topshirgan mahsulot uchun uning hisob raqamiga, maxsus hisob raqamiga yoki shartnomada ko`rsatilgan maxsus ssuda-hisob raqamiga tayyorlovchi tomonidan to`lov yo`riqnomalari, cheklar bilan pul o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar mahsulot qabul qilib olingach uch ish kuni ichida, agar tayyorlovchi va unga xizmat ko`rsatadigan bank turli aholi yashaydigan punktlarda joylashgan bo`lsa va aloqa sharoitlarini hisobga olgan holda besh ish kuni ichida amalga oshirilishi kerak.

Mahsulot yetkazib berish muddatlari ham shartnomaning muhim shartlaridan hisoblanadi. Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan tayinlangan muddat kalendar sana bilan yoxud oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan o`lchanadigan vaqtning o`tishi bilan belgilanadi (FKning 145-moddasi). Ishlarning bir maromda borishi va korxonaning o`z vaqtida ta’minlanishi shu qoidaga rioya qilinishiga bog`liqdir.

Mahsulotlarni sotish muddatlari shartnomalarda ekinlarning pishib yetilish vaqti, ishlab chiqarish sharoitlari, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitlarini hisobga olgan holda, chorvachilik mahsulotlari bo`yicha esa belgilangan tartibda xo`jaliklarga yetkaziladigan xaridning har kvartaldagi hajmini hisobga olgan holda belgilanadi. Xo`jalikda qayta ishlangan mahsulot tayyorlovchi tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlangan ekvivalent bo`yicha xarid qilishi lozim bo`lgan mahsulot hisobiga qo`shib qo`yiladi. Mahsulotni tayyorlovchiga topshirish yoki uning bevosita xo`jalikning o`zida qabul qilinishi tomonlararo kelishilgan grafik bo`yicha amalga oshiriladi, bu jadval ham shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

Taraflar o`zaro kelishuviga binoan shartnomani ijro etish jarayonida jadvalni va mahsulot yetkazib berish joyini o`zgartirishlari mumkin. Xo`jalik mahsulotni yuklash, jo`natish vaqti to`g`risida tayyorlovchini bir sutka ilgari xabardor qilishi shart.

Shunday qilib, shartnoma ashyosi, ijro muddatini va narxlarni shartnomaning asosiy shartlari deb atash mumkin. Bu shartlar shartnomada taraflar tomonidan me’yoriy tartibda yoki fuqarolik qonunchiligining umumiy muqaddimalari va prinsiplariga mos ravishda aniqlanadi.



Oilaviy pudrat shartnomasi. … Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini oila pudrati asosida tashkil etish, ya’ni qishloq xo`jaligida mehnatni tashkil etishning oila pudrati shakli bugungi kunda ana shunday eng samarali usullardan biri sifatida tan olindi va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga tatbiq etila boshlanildi. Chunki, qishloq xo`jaligidagi mehnatni tashkil etishning oila pudrati shakli o`zining hayotiyligini ko`rsatdi, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi oshishida bosh omil bo`ldi. Shu bilan birga oila pudrati ishlab chiqarishni tashkil etishning yengilligi, boshqarshni demokratiyalashuvi kabi mezonlarni rivojlantirishga ham olib keldi. Shu sababdan mehnatni tashkil etishning ilg`or shakli hisoblangan oila pudratining huquqiy asoslari vujudga keltirildi, ya’ni qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda oila pudrati munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.

Ushbu huquqiy asoslarga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, “Qishloq xo`jalik kooperativlari(shirkat xo`jaligi)ning Namunaviy ustavi, Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida oila (jamoa) pudrati to`g`risida Namunaviy Nizom, Qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish va xizmatlar ko`rsatish uchun oila (jamoa) pudrati to`g`risidagi Namunaviy shartnomalar kiradi.

Oila pudrati shartnomasini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarda ushbu shartnomaning vujudga kelish va tuzish tartibiga ham alohida e’tibor berilgan. Chunonchi, oila pudrati to`g`risidagi namunaviy Nizomda belgilanishicha, oila pudrati shirkat xo`jaligi boshqaruvi nomiga berilgan arizaga muvofiq shartnoma asosida kelib chiqadi. Arizada pudratchiga beriladigan yer uchastkasining o`lchami, yetishtiriladigan mahsulot turi, oiladagi mehnatga layoqatli odamlarning soni ko`rsatiladi. Arizalar tanlov e’lon qilinganidan keyin bir oy muddat ichida qabul qilinib, ular bo`yicha o`n kunlik muddatda xo`jalik boshqaruvi tomonidan qaror qabul qilinadi. Tanlov shirkat xo`jaligi a’zolarining qishloq xo`jaligida tegishli malaka va ish tajribasi hamda ekin maydoni, mahsulot turiga ketadigan mehnat sarflarining belgilangan me’yorlari inobatga olinadi.

O`zbekiston Respublikasining “Qishloq xo`jalik kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida”gi Qonunida oila pudrati shartnomasining yuridik jihatlarini belgilashga alohida e’tibor berilgan. Masalan, ushbu qonunning 21-moddasiga binoan, oila pudrati shartnomasi har yili qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi)_ boshqaruvi orqali mazkur kooperativ (shirkat) va oila boshlig`i o`ratisda tuziladi.

Oila pudrati shartnomasining ijara shartnomasidan asosiy farqi shundaki, bunda oila pudrati sifatida muayyan qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va uni buyurtmachiga – ya’ni shirkat xo`jaligiga kelishilgan muddatlarda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa, mazkur mahsulotni qabul qilish va uning uchun haq to`lash majburiyatini oladi.

Oila prudrati shartnomasining huquqiy asoalrini belgilab bergan me’yoriy hujjatlarda ushbu shartnomani tuzgan taraflar, subyektlari bo`lgan shirkat xo`jaligi va oilaning shartnomasi bo`yicha huquq va majburiyatlarini belgilab berishga ham muhim o`rin berilgan. Jumladan, namunaviy Nizomda ko`rsatilishicha, pudratchi ijtimoiy ta’minot huquqidan foydalanishga, o`ziga yetkazilgan zararni undirishga, boy berilgan foydaning qoplanishini talab qilishga, berilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishga, daromadlar olishga haqli bo`lsa, o`z navbatida yerdan samarali foydalanish, shartnomada kelishilgan qishloq xo`jalik mahsulotini yetishtirish va buyurtmachiga topshirish, moddiy-texnika resurslaridan tejamli foydalanish kabi majburiyatlarni bajarishlari lozim bo`ladi.

Oila pudrat shartnomasida mehnatga haq to`lash yakuniy natijalarga ko`ra yetishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifat va bahosiga qarab amalga oshiriladi. Bungacha oila pudrati shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarga avans berib borilishi mumkin. Oila pudrati shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlar mehnatiga haq to`lash tartibi va miqdori shartnomada o`zaro kelishib olingan bo`ladi.

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik masalasi Fuqarolik kodeksi va Namunaviy Nizomda o`rnatilgan bo`lib, unga ko`ra, buyurtmachi xojalik va pudartchi oila shartnomasi shartlari bilan belgilangan huquq va majburiyatlar doirasida javobgar bo`ladilar. Mahsulot yetishtirish majburiyati pudratchining aybi bilan bajarilmaganda buyurtmachi xo`jalik yetishtirilmagan mahsulot qiymati narxida to`lanishini pudratchidan talab qilish huquqiga ega bo`ladi.

(Shodmonov F. Shartnoma bo`yicha javobgarlik. –T.: Ma’naviyat, 2001, 38-41, 116-119- betlar).

Huquqshunoslik fakulteti 1-kurs rus guruhi talabalari uchun “O‘zbek tili” fanidan amaliy mashg‘ulot.
10-mashg‘ulot.


Matbuot yangiliklari. “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarini himoya qilish” matni. Ravish so`z turkumi. Uning ma’no va tuzilishiga ko`ra turlari: holat, o`rin, payt, daraja-miqdor, sabab, maqsad ravishlari. O`zbekiston san’ati, o`zbek kurashi to`g`risida matnlar tuzish.



Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari qonunda belgilangan tartibda tegishli idoralar tomonidan himoya qilinadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o`zlarining ijtimoiy jamiyatda egallagan mavqelariga, mulkiy ahvollariga, xizmat ko`rsatish turi va boshqa holatlarga qaramay teng huquqqa ega bo`ladilar. Ularning teng huquqli ekanligi davlat tomonidan kafolotlangan. Davlat har bir tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moddiy-texnika bilan ta’minlanishlari, shuningdek ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib o`z faoliyatini olib borishlarida ularning biridan ikkinchisiga ustun huquq belgilamaydi. Moliyaviy faoliyat olib borishda, mehnatni tashkil etishda, yollanma mehnatdan foydalanishda yoki yakka tartibdagi faoliyatni amalga oshirishda, axborotdan foydalanishda, shuningdek tabiiy va boshqa resurslardan foydalanishda davlat ularga teng imkoniyat yaratib beradi. Tadbirkorlarning tijorat siri hisoblanuvchi axborotning himoya qilinishi kafolotlanadi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini kamsitishga yo`l qo`yilmaydi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o`z mulkining mulkdori hisoblanadi. O`zlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqiga ega. Shu sababli tadirkor o`z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo`lmagan har qanday harakatni qilishga haqli.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlashning muhim jihatlaridan biri ular mol-mulkining muhofaza etilishidir.

Ma’lumki, tadbirkorlik mulkdorning o`z mol-mulki hisobiga tashkil etilishidan tashqari o`zga shaxslarning mol-mulkidan foydalanish asosida ham tadbirkorlik faoliyati yuritilishi mumkin. Ana shunday mulkdor bo`lmagan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari buzilishidan qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan mol-mulkni olib qo`yishga, shuningdek, ular vakolatini chekalshga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollarda yo`l qo`yiladi.

Tadbirkorlarning muhim boyliklaridan biri ularning intellektual faoliyati natijalaridir. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolotlari to`g`risida”gi qonunning 33-moddasida belgilanganidek, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining obyektiv ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga va uning o`ziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko`rsatish belgisi va hokazolarga) bo`lgan mutlaq huquqi qonun bilan qo`riqlanadi va davlat tomonidan himoya qilinadi.

Intellektual faoliyat natijalariga ega bo`lgan tadbirkorlar shu mulkdan o`zlari to`liq foydalana oladilar.

Mutlaq huquq obyektlari bo`lgan intellektual faoliayat natijalari va o`ziga xos vositalardan uchinchi shaxslar shu huquq egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin.

Tadbirkorlar intellektual faoliyat natijalari bilan birga tijorat siriga ham ega bo`lishlari mumkin. Tijorat siri bo`lgan hali oshkor etilmagan axborot ham qonun bilan himoya qilinadi. “Tijorat siri bo`lgan, uchinchi shaxslarga ma’lum bo`lmagan axborot (oshkor etilmagan axborot), agar u uchinchi shaxslarga ma’lum emasligi va axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko`rayotganligi tufayli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo`lsa, u himoya qilinadi.

Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarish (uni davlat ro`yxatiga o`tkazish, guvohnoma olish va hokazo)dan qat’iy nazar vujudga keladi.

Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq tijorat siri bo`la olmaydigan ma’lumotlarga (davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak bo`lgan yuridik shaxslar to`g`risidagi, mol-mulkka bo`lgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan ma’lumotlarga va boshqalarga)nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga haqli ega bo`lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararni qoplashga majbur.

Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mustaqil tarzda va haqli ravishda olgan shaxs bu ma’lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat’iy nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish uchun uning oldida javob bermaydi (Qonunning 37-moddasi).

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolotlaridan biri ular ishchanlik obro`sining himoya qilinishidir. Tadbirkorlik faoliyatining subyekti ishchanlik obro`siga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga, agar ular haqiqatga to`g`ri kelmaydigan bo`lsa, raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.

Basharti, tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro`siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo`lsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Basharti bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo`lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.

Basharti sudning qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarima to`lash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.

O`zining ishchanlik obro`siga putur yetkazuvchi va ma’lumotlar tarqatilgan tadbirkorlik faoliyatining subyekti, bunday ma’lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda, ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zarar to`lanishini va ma’naviy zarar uchun tovon to`lanishini talab qilishga haqlidir! (Qonunning 35-moddasi).

Tadbirkorlar oz faoliyati natijasidan olgan daromadlarini mustaqil tasarruf etishga haqli ekanligi ham qonun bilan kafolotlanadi. O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolotlari tog`risida”gi Qonunning 41-moddasida belgilab qo`yilganidek, “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanganidan, soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langanidan, shuningdek kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) o`zlarining ixtiyoriga binoan ishlatiladi”.

“Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Agar davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyaytidagi qonunbuzarlik aniqlansa, ular o`z vakolatlari doirasida ana shu buzilishni bartaraf etish bilan bevosita bog`liq bo`lgan choralarni ko`rishlari mumkin. Davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari qonunbuzarlik mavjudligi faktidan tadbirlkorlik faoliyati subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishlari mumkin emas”.

Davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslarining g`ayriqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim (Qonunning 40-moddasi).

Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bindan tashqari birmuncha boshqa kafolotlar ham belgilangan. Ana shunday kafolotlardan biri tadirkorlik faoliyati subyektlari o`zlarining qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlaridan erkin foydalana olishlari mumkinligidir.

Yuqorida tilga olingan qonuninning 42-moddasiga ko`ra, “Davlat organlari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining so`rovlariga binoan ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishlari shart”. Qonunning 43-moddasida esa, “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini himoya qilishning yuqorida ko`rsatib o`tilgan kafolatlari va choralari bilan bir qatorda qonun hujjatlari bilan qo`shimcha kafolatlar va himoya choralari, shu jumladan sheriklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlari oldidagi o`z majburiyatlari aniq bajarilishini ta’minlovchi kafolatlar va himoya choralari belgilanishi va berilishi mumkin”, deb uqtiriladi.

(Ibratov B. Tadbirkorlik huquqi. –T.: Moliya, 2001, 96-100-betlar).



Huquqshunoslik fakulteti 1-kurs rus guruhi talabalari uchun “O‘zbek tili” fanidan amaliy mashg‘ulot.
11-mashg‘ulot.


Matbuot yangiliklari. “Advokat va himoya nutqi to`g`risida” matni. Sintaksis. So`zlarning o`zaro bog`lanish yo`llari, so`z birikmalari. Gap bo`laklari va ularning ifodalanishi. Toshkent, Samarqand, SamDU to`g`risida matnlar tuzish.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa