Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki kreditor bo'lib davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaklida kaziagey (g‘azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg‘arma tashkilotlari jamg'armalari qoldiqlarini Davlat qimmatli qog'ozlariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat zayomlari (qarzlari) Davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy usuli bo'lib xizmat qiladi. Davlat zayomlarini ishlatishning yakuniy natijasi bo'lib, davlat qarzining o'sishi, yangi zayomlarni chiqarish hajmiga nisbatan foiz summasining qaytarish hajmi o'sib ketadi.
Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitali takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi, ya’ni u moddiy qiymatliklar ishlab chiqa- rishda qatnashmaydi, faqat budjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.
Xususiy kredit davlat kreditidan tamomila farq qiladi. Chunki xususiy kreditida kreditor va qarz oluvchilar bo'lib, xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Xalqaro kredit. Bu kreditlarni paydo bo'lishiga obyektiv asos bo'lib xo'jalik hayotining baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi sabab bo'ldi.
Xalqaro kredit — bu ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy muno- sabatlardagi harakatidir. Bunda bir davlat tomonidan ularning banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga muddatli hamda to'lovlilik asosida beriladigan kreditlar tushiniladi.
Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi;
kreditorlar va qarz oluvchilar b o ‘lib xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valuta krediti institutlari bo‘lishi mumkin;
qarz mablag‘lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
ssuda foizi manbasi b o ‘lib qarzdor-mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi.
Xalqaro kredit ichki kredit bilan uzviy aloqalar bo‘ladi va qiymat shakllarini almashinish jarayonidagi kapital harakatining barcha bos- qichlarida ishtirok etadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar muhitida ssuda kapitalining harakatidan kelib chiqqan holda o ‘ziga xos funksiyalarni bajaradi;
— kengaytirilgan takror ishlar chiqarishni ta’minlash maqsadida mamlakatlar orasida kapitalni qayta taqsimlaydi;
turli valutalarga asoslangan naqd pulsiz toMovlarni rivojlantirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muhitida muomala xarajatlarini tejaydi.
Kapitalning markazlashuvi va jamg‘arilishini kuchayishiga xizmat qiladi.
Xalqaro xususiy va firma kreditlari xalqaro iqtisodiy m unosa- batlardagi tijorat kreditlarining bir ko‘rinishi bo‘lib bir mamlakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakat firmasiga tovarlarni kechiktirib to'lash huquqini beradi, Bunday kredit o ‘tkazuvchan veksel (tratta) bilan hujjatlashtiriladi. Firma kreditlari ochiq raqam orqali ham hisob- kitob qilinishi mumkin. Bugungi kundagi firma kreditlari zamonaviy shakli eksportyorlardan importyorlariga beriladigan kredit shakli hisoblanadi.
Firma kreditlarining foiz stavkalari bozor stavkalariga nisbatan past bo'ladi, chunki eksportni kreditlash tizimi davlat tom onidan subsidiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |