chizma. Leffer egrisi.1
1 Manba: Мамедов О.Ю. Современная экономика. — Ростов Д.: Феникс.
1998.
oshirishning dastlabki bosqichida budjetga soliq tushumlari miqdori ortadi. Lekin soliq stavkasi m a’lum chegara M d a n ortgandan so‘ng, budjetda soliq tushumlarining kamayishi kuzatiladi. Chunki, soliq stavkasining ortishi ishlab chiqarishni rivojlantirishni qanoatlantirmaydi. Buning natijasida davlat budjetiga kelayotgan soliq tushum lari kamayadi. Ar Letïer egrisiga asosan, yuqori stavkadagi N nuqtasidan soliq tushumlari miqdori bilan L past stavkadagi soliq tushumlari miqdori bilan teng. Lekin N nuqtadagi soliq stavkalari ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag'batlantirmaydi va buning aksi L nuqtadagi soliq stavkalari ishlab chiqarishni kengaytirishga asos yaratadi va buning natijasida mamlakatda yaratilayotgan milliy daromad ortadi. 0 ‘z- bekiston Respublikasida ham bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o ‘tish, iqtisodiyotni rivojlantirish natijasida soliq stavkalarining pasay- tirilishi hamda ba’zi soliq turlarining bekor qilinishi amalga oshiril- moqda. Lekin shuni alohida ta ’kidlash lozimki, bu soliq stavkalarining pasaytirilishiga qaramay, keyingi yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining taqchilligi qisqarmoqda.
Tarixan davlat o ‘zining rivojlanish bosqichlarida xarajatlarning sarflanishida asosan to ‘rt yo‘nalishga, ya’ni, davlatning boshqaruv xarajatlari, harbiy xarajatlar, iqtisodiyotni rivojlantirish xarajatlari hamda ijtimoiy soha xarajatlariga yo‘naltirilgan. Xarajatlar tarkibida u yoki bu yo'nalish xarajatlarining egallagan ulushi davlatdagi mavjud siyosiy tuzumga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, texnik, tabiiy, demo- grafik holatiga hamda uning chegaradosh mamlakatlar va umumjahon hamjamiyatidagi hodisalarga asosan turlicha bo‘lgan va bo‘lib kel- moqda.
Davlatning shakllangan, markazlashgan bu mablag‘lari fondlarini alohida hudud, iqtisodiyotning alohida olingan tarmog‘i yoki xo'jalik subyektlari iqtisodiy manfaatlarini qondirish maqsadida sarflamasdan, balki jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini to‘liq mos keladigan xarajatlarini moliyalashtirishga sarflanadi. Ushbu yo‘nalishda hu- dudlarda aholini ish joylari bilan ta’minlash, demografik holatni hisobga oigan holda aholini ijtimoiy himoya qilish, hududlarni iqtisodiy rivojlantirish kabi umumjamiyat ehtiyojlar hisobga olinadi. Xarajatlar adresli bo'lishini amalga oshirish maqsadida markazlashgan pul mablagMari fondlarining turli tadbirlarni moliyalashtirishga m o‘ljai- langan fondlarga ajratish amaliyoti mavjud. 0 ‘zbekiston Respub- likasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan «Budjet tizimi to‘g‘ri- sida»gi qonuniga asosan mamlakatimizda quyidagi markazlashgan
maqsadli pul fondlari tashkil etiladi: Davlat budjeti, Respublika y o i jam g‘armasi, davlat bandlik jam g‘armasi, budjetdan tashqari pensiya jam g‘armasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk qo'mitasining maxsus fondi.
Lekin shuni ham ta ’kidlab o 't ish lozimki, bu maqsadli mar- kazlashgan pu! fondlarini yana bir o ‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ulardagi xarajatlarning sarflanishi faqat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining to i iq ixtiyorida boiadi.
Jam iyatda m arkazlashgan pul fondlaridan tashqari m arkaz- lashmagan pul fondlari tashkil etiladi. Markazlashmagan pul fond- larinirig markazlashgan pul fondlaridan asosiy farqi shuki, ular ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish faolivatini amalga oshirayotgan xo‘jalik subyektlarining ixtiyorida shakllantiriladi hamda faqatgina ana shu xo'jalik subyektlarining ijtim oiy- iqtisodiy xarajatlarini rno- Iiyalashtirishga yo‘naltiri!adi. Markazlashgan pul fondlariga quyida- gilarni ko'rsatish mumkin: ish haqi fondi, amortizatsiya fondi, fan - texnikani rivojlantirish fondi, moddiy rag'batlantirish fondi, zaxira fondi va boshqalar.
Moliyaning iqtisodiy kategoriya sifatida boshqa iqtisodiy kate- goriyalardan ajratib tumvchi o ‘ziga xos boigan belgilari quyidagilardan iborat:
moliya-huquqiy asosga ega va tartibga solib turiladigan pul munosabatlari;
moliya-pul munosabatlari ishtirokchilaridan biri turli huquqiy vakolatga ega davlat organi b o ig an munosabatlar;
moliya-pul mablagiari fondlarini (markazlashgan va markaz lashmagan) tashkil etuvchi pul munosabatlari;
moliya-jamiyatda yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari;
moliya-iqtisodiy jihatdan doimo noekvivalent xususiyatga ega munosabatlar.
Yuqorida ta’kidlab o ‘tilgan belgilar moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini va uning mazm unini ochib berishga xizmat qiladigan xususiyatlar hisoblanadi. Ular har bir jamiyatda yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida u yoki bu ko‘rinishda yuzaga chiqadi ham da amal qiladi.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yanada kengroq ochishda uning bajaradigan funksiyalarining tahlili yordam beradi. Biz quyida moliyaning funksiyalarini yoritishga harakat qilamiz.
. Moliyaning funksiyalari
Har qanday iqtisodiy kategoriya sifatida moliya ham o ‘z funk- siyalariga ega. Iqtisodiy kategoriya bajaradigan funksiyalar ushbu kategoriyalar mohiyati va u bajaradigan majburiyatlarda namoyon bo‘ladi. Funksiyalar obyektiv va m o‘tadil (stabil) bo‘lib, u iqtisodiy kategoriyalarning jamiyatdagi maqsadini ochib berishga xizmat qiladi. Moliyaning ham tub mohiyati u bajaradigan funksiyalar orqali namoyon bo iad i .
Shuni ta ’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda olimlar o ‘rtasida hozirga qadar moliyaning funksiyalari rniqdori va uning tuzilishi to ‘g‘risida tortishuvlar mavjud hamda ushbu asosda masala to‘g‘risida yagona bir qaror yo‘q. Masalan, moliya fanida yetakchi va mashhur iqtisodchi olimlar hisoblangan professorlar E.A. Voznesenskiy va
A. Aleksandrovlar moliyaning quyidagi uch funksiyasini ajratib ko'r- satadilar:
Pul daromadlari va fondlarini shakllantiradi.
Pul daromadlari va fondlaridan foydalanadi.
Nazorat.
Akademik G.B. Polyak va L.A. Drobozinalarning ta ’kidlashicha1, moliya quyidagi uchta funksiyani bajaradi:
Taqsimlash funksiyasi;
Nazorat funksiyasi;
Tartibga solib turish funksiyasi.
Moliyaning bajaradigan funksiyalari to‘g‘risida professor A.I. Ar- xipovning2 fikricha moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Taqsimlash funksiyasi;
Nazorat funksiyasi;
Rag‘batlantirish funksiyasi.
Moliyaning funksiyalari to‘g'risida O‘zbekistonlik iqtisodchi olim- larning h am qarashlari mavjud. M asalan, iqtisod fanlari doktori N. Xaydarovning fikricha, hozirda moliyaning ikki funksiyasi, ya’ni taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi hamda nazorat funksiyalari mavjuddir3.
Do'stlaringiz bilan baham: |