‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet50/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

6 O.Yu. Rashidov va bosh. 81

mahsulotlari asosiy ulushni egallashi sababli qishloq xo'jalik sohasini rivojlantirishga alohida e ’tibor beriladi.

Yuqoridagi fikrlarimizni umumlashtirib, moliyaning taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi deb xulosa qilishimiz mumkin:



  • xo'jalik subyektlari va davlat miqyosida pul fondlari tashkil etiladi;

  • faqat maqsadli pul fondlari tashkil etiladi;

  • iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o'rtasida moliya mablag'la- rining qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi;

  • mamlakat aholisining turli ijtimoiy guruhlari o'rtasida moliya mablag'lari qayta taqsimlanadi;

  • xo'jalik subyektlari va davlat miqyosida zarur zaxira fondlari tashkil etiladi.

Moliyaning nazorat funksiyasi esa jamiyatda yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni tegishli fondlar bo'yicha taqsimlanishi hamda maqsadli fond mablag'larining sarflanishini nazorat qilish bilan bog'liqdir. Nazorat funksiyasi moliyaning taqsimlash va qayta taqsim­ lash funksiyasi bilan uyg'unlashgan holda arnal qiladi. Moliya nazorati milliy daromad yaratiladigan moddiy ishlab chiqarish sohasini va nomoddiy ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. Moliya nazoratining inaqsadi moddiy, mehnat va moliya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish hamda xo'jasiz- likning oldini olishdir. Moliya nazoratining asosiy vazifasi xo'jalik subyektlarining o'zaro hisob-kitoblari majburiyatlarini, qonunchilikdagi budjet tizimini va soliq xizmatlari oldidagi moliya majburiyatlarini bajarishga rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi. Buning yuzaga chiqishi quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  • taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni boshlanishidan avval turli budjetlar va moliya dasturlarini ishlab chiqishda;

  • shakllantirilgan turli pul mablag'lari fondlarini, ya’ni budjet, smeta va moliya rejalarini sarflanishida;

  • pul mablag'lari fondlarining bajarilishini baholashda va faoliyat natijalarini yakuniy hisob-kitob qilishda.

Moliya nazoratini amalga oshirish subyektlari nazorat etish obyektlari, mulkchilik shakli va faoliyatidan kelib chiqqan holda turli- cha bo'ladi. Moliya nazoratining kim tomonidan olib borilishiga qarab quyidagi shakllari mavjud:

  1. umumdavlat moliya nazorati;

  2. tarmoq moliya nazorati;

  3. xo'jalik ichidagi moliya nazorati;

  4. jamoat moliya nazorati;

  5. mustaqil (auditorlik) moliya nazorati.

Umumdavlat moliya nazoratini vakolatli davlat organlari amalga oshiradi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari davlat budjeti daromadlari hamda xarajatlarining bajarilishi nazoratini olib boradilar. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi nazorat taftish departamenti va uning viloyatdagi b o ‘limlariga davlat budjeti mab- lag'larining maqsadli va to‘liq sarflanayotganligini nazorat qilisli vako- lati berilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o‘mitasi va uning joylardagi bo'linmalariga mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo'jalik yurituvchi subyektlarda davlat budjetiga undiriladigan soliqlar va tushumni nazorat etish vakolati berilgan.

Tarmoq moliya nazorati iqtisodiyotning m a’lum tarmoq miqyo- sidagi (vazirlik, konsern, kompaniya, xolding) nazoratini o ‘z ichiga oladi. Ushbu nazorat m a’lum olingan tarmoq boshqaruvi tashkil etilgan maxsus moliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu bosh- qarrna tarmoq tarkibiga kiruvchi xo'jalik subyektlarining amaldagi budjet-soliq qonunchiligiga va ichki m e’yoriy nizomlarga rioya etayot- ganligini nazorat qilib boradi.

Xo'jalik ichidagi moliya nazoratini alohida olingan xo'jalik su- byektlari qosliida tashkil etilgan moliya bo'linmalari amalga oshiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, keyingi vaqtlarda davlat mulkini xususiy- lashtirish va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni natijasida ko'plab turli mulkchilik shaklidagi korxonalar va tashkilotlar tashkil etilmoqda. Bu holat xo'jalik ichidagi moliya nazoratining ahamiyati oshishiga olib kelmoqda. Ushbu korxonalarda isliclii xizmatchilar sonining kamligi, ishlab chiqarish hajmining kamligi (masalan, kichik biznes sohasi) sababli ularda moliya nazoratini olib borish vakolati bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgan. Bunday korxonalarda moliya nazoratini olib boruvehi bosh hisobchining asosiy vazifasi moliya- xo'jalik faoliyatini nazorat etish, budjet soliq qonunchiligiga rioya etish hamda boshqa korxonalar bilan o'zaro to'lov majburiyatlarini olib borish hisoblanadi.

Jamoat moliya nazoratini aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyador- larning umumiy yig'ilishida saylangan alohida jismoniy shaxslar olib boradi. Ayrim boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jalik subyektlarida ushbu nazoratni ixtiyoriy ravishda m as’uliyatni oigan jismoniy shaxslar olib

boradi. Jamoat nazoratining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u faqat aniq bir korxonaning xo ‘jalik — moliya faoliyatini nazorat qiladi.

Moliya nazoratining yana bir shakli mustaqil (auditorlik) nazorat hisoblanadi. Ushbu nazoratning eng asosiy xususiyati shundaki, auditorlik faoliyatini olib boruvchi firma o ‘z faoliyati uchun maxsus litsenziyaga ega bo'lishi bilan birga unda ishlovchi xizmatchilar ham maxsus shahodatnomaga ega bo‘lishi shart. Auditorlik moliya nazo­ ratining obyekti barcha xo'jalik subyektlarining xo ‘jalik-moliya fao­ liyati hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchi- likka asosan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar har bir faoliyat yurituvchi xo ‘jalik subyekti yillik xo ‘jalik-moliya faoliyatining auditorlik moliya nazoratini o'tkazishi shart.



Moliyani tartibga solib turish funksiyasining mohiyati davlat to- monidan mavjud moliya dastaklari orqali jamiyat ucliun zarur alohida olingan korxonalar va ba’zan butun iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarim rivojlantirishga ta ’sir etilishi hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu funksiyada moliyaning rag‘batlantirish yoki so'ndirish yo‘nalishi ham mavjud. Davlat moliya dastaklari orqali iqtisodiyotdagi ayrim sohalarni rivojlantirishga va o ‘z vaqtida ayrim sohalar faoliyatini cheklab turishga erishadi. Fikrimizcha, moliyani tartibga solib turish funksiyasi quyidagi ko‘rinishda yuzaga chiqadi:

  1. Davlat budjeti orqali. Budjet mablag‘larining ayrim soha yoki korxonalarni rivojlantirishga (subsidiya) ajratilishi orqali arnalga oshi- riladi.

  2. Soliqlar orqali. Davlat iqtisodiyot faoliyatini tartibga solib turishdagi eng ta ’sirli dastak soliqlar hisoblanadi. Xo ‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun past darajadagi soliqlarning o'rnatilishi ushbu faoliyatni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi va buning aksi yuqori darajadagi soliq stavkalarining o‘rnatilishi bu soha faoliyatining rivojla- nishini cheklab turadi. Bu sohaga yaqqol dalil sifatida 1994—1998- yillarda mamlakatimizda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish maq- sadida, ular soliqlardan ozod etilib, hisoblangan soliqlar tijorat bank- larining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflanganligini kelti- rishimiz mumkin.

  3. Baholar va ta ’riflar orqali. Iqtisodiyotning bozor munosabatlari sharoitida davlat tom onidan iqtisodiyotning ayrim sohalari narx-navo va ta ’riflarning belgilanishida faol ishtirok etadi. Bu omil esa iqtiso­ diyotning ayrim sohalaridagi xo ‘jalik subyektlarining moliya holatiga turlicha ta ’sir ko‘rsatadi.

4. Eksport-import bojlari orqali. Ushbu yo‘nalishda davlat tomo- nidan xo'jalik subyektlari olib boradigan eksport-import operatsiyalariga o'rnatilgan past yoki yuqori darajadagi boj stavkalari ushbu faoliyatning rivojlanishiga yoki to ‘xtatib qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarni umumlashtirgan holda, moliyaning tartibga solib turish funksiyasi quyidagi darajada yuzaga chiqadi:

- - mikroiqtisodiy darajada (xo'jalik subyektlari darajasida). Bunda faoliyat ko'rsatayotgan xo‘jalik subyektlari ishlab chiqarishni rivojlan- tirish maqsadida turli pul fondlarini tashkil etadi;



— makroiqtisodiy darajada (davlat darajasida). B unda davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun davlat budjeti xarajat- laridan soliqlar, bojlar, ta’riflar orqali foydalanish amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, davlat moliya dastak- larining har bir turini yoki bir nechtasi qo‘llanishi yordam ida iqtiso- diyotning barcha sohalariga kuchli ta ’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Fikrimizcha, bu omil moliyaning tartibga solib turish funksiyasini mustaqil funksiya deb mulohaza qilinishiga asos b o ‘la oladi.



    1. Download 26,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish