‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet52/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

1Поляк Г.Б. и др. Финансы. Д енеж ное обращение. Кредит. — М.: Ю Н И Т И , 2004.

2 Сенчагов В.К. и др. Ф инансы , ден еж н ое обращ ение и кредит М.: Проспект, 2004.

shakllantirish hamda ularning sarflanishi yuzasidan vakolatga ega davlat moliya tizimi institutlari budjet-soliq va boshqa moliya dastaklarining yig‘indisidan iboratdir.

Olimning fikricha moliya siyosati mexanizmida davlat moliya dastaklarining yagonaligi ta ’kidlanadi. Buning asosiy omili sifatida jamiyatda moliya dastaklarini faqatgina vakolatli davlat moliya insti­ tutlari amalga oshirishi keltiriladi.

Mohiyati jihatdan moliya siyosati juda murakkab hamda nozikdir. Moliya siyosatini ishlab chiqishda mamlakatdagi pul-kredit siyosati, valuta munosabatlari hamda fond bozoridagi faoliyat ham hisobga olinadi. Agar moliya siyosatidagi turli tamoyillar umumlashtirilsa, u holda asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • har bir jamiyatda obyektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligi va ularning doimiy ravishda harakatda bo'lishi;

  • moliya siyosatining umumiy konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosiy yo'nalishlari, maqsadi va vazifalarining aniqlab olinishi;

  • davlat moliya faoliyatini va iqtisodiyotning boshqa subyektlari faoliyat ini boshqarish hamda bu sohada yuksak rivojlangan davlat - larning tajribasi va mahalliy tajribani oqilona uyg‘unlikda olib borilishga erishishni ta ’minlash;

  • adekvat moliya mexanizmini tashkil etish.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, moliya siyosati iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boMishi bilan bir qatorda uning har bir tamoyili maqsadliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun moliya siyosatining asosiy vazifalarini ko‘rsatib o'tish mumkin:

  • jamiyatda imkoniyat darajasida ko‘p miqdordagi moliya resurs- larini shakllantirishga erishish;

  • davlat miqyosida moliya resurslarining taqsimlanishi va sarfla- nishida oqilona hamda samarador tizimini shakllantirish;

  • jamiyatdagi iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solib turish hamda rag‘batlantirishda moliya usullaridan keng foydalanishni tashkil etish;

  • jamiyatdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish maqsadida moliya resurslarining markazlashuvini amalga oshirish;

  • moliya tizimida barcha bo‘g‘indagi budjetlarning daromad va xarajatlarini muvozanatlantirish hamda budjet profisitiga erishish;

  • iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatidagi strategiya va maqsadlarning o'zgarishi asosidagi faol moliya mexanizmini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

  • moliya tizimidagi o ‘zgarishlarni o'z muddatida anglab oladigan, ishchan va tajribali mutaxassislar tayyorlash hamda qayta tayyorlash orqali samarador moliyani boshqarish tizimini tashkil etish.

Moliya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. JJshbu siyosatda iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlari aniqlashtiriladi, moliya resurslarining umumiy miqdori, uni tashkil etadigan manbalari, shakllangan moliya resurslarining taqsimlanishi va sarflanishi hamda ushbu jarayonda moliya usullaridan foydalanish o'z aksini topadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, moliya siyosati davlatning faoliyat ko'r- satishida nisbatan mustaqil soha hisoblanadi.

Amalga oshirishda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning xususiyati hamda yuzaga chiqarish muddatlariga asosan moliya siyosatini ikki yo'nalishdagi siyosatga ajratish mumkin:

  1. Strategiya yo‘nalishidagi moliya siyosati.

  2. Taktik yo'nalishidagi moliya siyosati.

Moliya siyosatining asosini strategik yo'nalishdagi moliya siyosati tashkil etadi. Ushbu siyosat moliya siyosatini uzoq va o 'r ta muddatli yo'nalishi hisoblanib, u davlatning iqtisodiy rivojlanish faoliyati ham ­ da mamlakat ijtimoiy sohasining xususivatlaridan kelib chiqib kelajak- da ko'zda tutilgan asosiy vazifalarning amalga oshirilishini moliya resurslari bilan ta ’minlanishi yuzasidagi moliya chora-tadbirlarining yig'indisidir.

Davlat o'z vaqtida moliya siyosatining strategik yo'nalishlarini amalga oshirish maqsadida moliya munosabatlarining taktik yo'na- lishlaridan foydalanadi. Moliya siyosatining taktik yo'nalislu o'z mohiyatiga ko'ra qisqa muddatli bo'lib, uning yordamida davlat moliya resurslarini jalb etishlik, ushbu resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan sarflanishini, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solib turish hamda iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirishni o'z ichiga oluvchi chora-tadbirlarning yig'indisidir. Bu chora-tadbirlar o'zaro bir-birini to'ldirib turuvchi hisoblanadi.

Davlat moliya siyosatini ishlab chiqishda jamiyatdagi tarixiy ri- vojlanishning aniq xususivatlaridan kelib chiqm og'i shart. Moliya siyosatining strategik yo'nalishida davlatning mavjud haqiqiy iqtisodiy va moliya imkoniyatlari hamda xalqaro holatlar hisobga olinishi lozim. Joriy xususiyatlar esa moliya siyosatining taktik yo'nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar orqali bosqichma-bosqich, samarali ham ­ da tejamkorlik yo'lidan foydalanib amalga oshiriladi.

Biz moliya siyosatidagi strategik va taktik yo'nalishlarning uzviy bog‘liq holda olib borilishini 0 ‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish tajribasida ko‘rishimiz mumkin. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o ‘tishning birinchi bosqichida g‘oyat m uhim va birinchi darajali chora-tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilar ilgari surildi.

Moliya va soliq siyosati sohasida:

  • qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjetidagi defitsitni iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish;

  • budjet m ablagiari daromad tushganidan keyingina taqsim-

lashtiriladigan yo‘ldan og‘ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag‘ ajratish;

  • xalq xo ‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan qilib ta’minlash amaliyo- tidan voz kechish va ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan ketig foydalanish;

  • soliq tizimini takoinillashtirish, budjet daromadlari barqaror

sur’atda to ‘ldirib turilishini ta ’minlaydigan, kichik va xususiy korxo- nalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradigan qo'shma korxonalarning rivojlanishini rag‘batlantiradigan pishiq puxta soliq siyosatini olib borish.

Albatta, bu yuqorida ta ’kidlab o'tilgan chora-tadbirlar, iqtiso- diyotning o ‘sha davridagi rivojlanish holatiga, m amlakat aholisini ijtimoiy himoya qilish maqsadida mablagUarni shakllantirish uchun soliqlar stavkalarining yuqoriligi ham da sifatan yangi iqtisodiyot tarmoqlarini tashkil qilish bilan bog'liq xarajatlarni kerakli moliya mablag‘lari bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy chora- tadbirlar edi.

Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o ‘tishi- ning keyingi bosqichlarida iqtisodiyotning ustuvor sohalari hisoblangan Buxorodagi «Qorovulbozor» neftni qayta ishlash birlashmasi, Asakadagi

« Uz DEU» yengil avtomobillar ishlab chiqarish korxonasi, Samar- qanddagi «Samko‘chavto» yuk va yo'lovchi tashuvchi avtomobil ishlab chiqarish korxonasi, Qashqadaryodagi «Sho'rtarigaz» kimyosanoat kom plekslarining ishga tushirilishi natijasida, davlat budjetiga qo ‘shim cha pul m ablag'larini kelib tushishini t a ’minladi. 0 ‘zbe-



kistonning g‘alla mustaqilligiga erishishi natijasida esa xorijdan g‘alla mahsulotlari import qilish salmog‘i keskin kamaydi va bu omil valuta mablag‘larini tejashga olib keldi.

Mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez sur’atlar bilan rivojlanishi nafaqat davlat budjetiga qo'shimcha mab- lag‘larning kelib tushishi bilan birga aholini qo‘shimcha ish o ‘rinlari bilan ta ’minladi.

Bu yuqoridagi omillar bilan bir qatorda davlat budjeti sarflarining omilkorlik va manzilli sarflanishi jarayonlari ham amalga oshirila boshladi. Ushbu ijobiy o'zgarishlar davlatimizning moliya siyosatiga o ‘z t a ’sirini ko'rsatdi. 2007-yil 25 -dekabrda tasdiqlangan va 2008- yil 1 -yanvardan kuchga kirgan « 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi» va 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respub- likasining «Budjet tizimi to ‘g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizdagi m o­ liya siyosatining sifatan yangi darajaga ko'tarilganligidan dalolat beradi. Davlat olib borayotgan moliya siyosati jamiyat iqtisodiy manfaatlari va aholining ayrim ijtimoiy guruhlarining talablaridan kelib chiqadigan maqsad hamda vazifalar hal etilishi bilan bog'liqdir.



Shuning uchun moliya siyosatini olib borishda moliya mexa- nizmining ahamiyati kattadir. Biz mazkur darsligimizning keyingi para- grafida moliya siyosatini amalga oshirishda moliya mexanizmining mohiyati va o‘rnini yoritishga harakat qilamiz.



    1. Download 26,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish