‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet55/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

chizma. 0 ‘zbekiston Respublikasida Moliya tizimi.

ishtirokidagi qo'shma korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va xususiy korxonalar moliyasidan iboratdir. Agar xo'jalik yurituvchi subyektlarning tarmoq sohasiga va tashkil etilishining mulkchilik shakli bo'yicha emas, ularni faoliyatini tijorat asosida yuritishiga ko'ra asosida guruhlarga bo'lsak, bu holatda:



  • tijorat asosida faoliyat yuritayotgan subyektlarning moliyasi;

  • notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning moliyasi;

  • jamoat (homiylik asosida) subyektlarning moliyasiga ajratish mumkin.

Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o ‘tish sharoitida juda ko‘p xo'jalik subyektlari o‘z faoliyatini tijorat asosida tashkil etadi. Ularning moddiy xarajatlari, mehnat jamoalarini ijtimoiy rivojlantirish xarajat- larini qoplashning yagona manbayi foyda hisoblanadi. Bunday omillar ta ’sirida davlat vakolatli organlarining asosiy manfaati foyda ko'rib faoliyat ko'rsatuvchi xo'jalik subyektlarini rivojlantirishga yordam berish hisoblanadi. Ushbu xo'jalik subyektlarining faoliyati natijasida milliy daromad yaratiladi. Ular ixtiyorida juda katta pul mablag'lari jam g‘ar- malari aylanishi amalga oshirildi. Natijada markazlashgan moliya bo‘- g'inlari kerakli pul mablag‘lari (soliqlar, turli yig'imlar shaklida) bilan ta ’minlanadi.

Moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini, markazlashgan moliya hisob­ lanadi. Bunda moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash hamda qayta taqsimlash natijasida markazlashgan pul mablag‘lari resurslari shakllantiriladi. Davlat ixtiyorida bunday markazlashgan pul mablag‘lari resurslarining jamlanishi eng awalo uni mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish



faoliyati bilan bog‘liqdir. Markazlashgan pul mablag‘lari resurslarining shakllari budjet, budjetdan tashqari har xil jam g'arm alar hamda davlat krediti hisoblanadi.

Davlat budjeti butun moliya tizimining asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Davlat budjeti to'liq davlat mulkchiligi hisoblanib, u O'zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to ‘g'risida»gi Qonuni va « 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi» asosida tashkil etiladi. Davlat budjeti o ‘zaro bog‘liq ikki qismdan, daromadlar va xarajatlardan iborat. Davlat budjetining daromadlar qismida pul mablag‘larining manbalari hamda ularning miqdoriy tasnifi ko'rsatiladi. Daromadlar tarkibiy tuzilishida asosan soliqlar, turli yig‘imlar, bojxona bojlari va boshqa tushumlar aks ettiriladi. Davlat budjetining xarajatlar qismida budjet mablag'- larining sarflanishi sohasi va ularning miqdoriy tasnifi beriladi. Xarajatlar tarkibida iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, davlat organlarini saqlash hamda mudofaa xarajatlarini ko ‘rsatish mumkin. Davlat budjeti xarajatlari tarkibidagi u yoki bu sohaning ulushi bu davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, aholining moddiy hayoti holatiga bevosita bog‘liqdir.

I Davlat budjetining tarkibiy tuzilishi esa har bir davlatning konsti- j tutsiyaviy tizimiga bog‘liq. Federal davlatlarda (AQSH, G FR, Rossiya, I Hindiston, Shveytsariya va boshqalar) uch bo ‘g ‘inli budjet tizimi i tashkil etilgan, unitar davlatlarda (Yaponiya, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston

va boshqalar) esa ikki bo‘g‘inli budjet tizimi amal qiladi.



Har bir mamlakatda turli darajadagi budjetlardan tashqari maqsadli jamg'armalar tashkil etiladi. Ushbu bujetdan tashqari jamg'armalar soliq toMovchilarining majburiy ajratmalar hisobidan tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan quyidagi budjetdan tashqari jamg'armalar mavjud:

  • Respublika yo'l jamg‘armasi;

  • Davlat bandlik jamg'armasi;

  • Respublika pensiya jam g‘armasi;

  • 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Qo'mitasining maxsus fondi.

Budjetdan tashqari jamg'armalarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moliya zaxirasi hisoblanadi. Chunki ularning mablag‘lari faqatgina aniq maqsadga sarflanadi. M asalan, Respublika pensiya jam g‘armasidan faqatgina pensiyalar to ‘lashga, nogironlik nafaqasiga, boquvchisini yo'qotgani uchun nafaqaga, ijtimoiy nafaqalar to'lashga sarflanadi. Budjetdan tashqari jam g‘armalarning darom ad qismi ham

aniq ajratmalar hisobiga shakUantiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining 2006-yil uchun tasdiqlangan budjetida mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar mehnatga haq to‘lash jamg‘arrnasiga nisbatan quyidagi ajratmalarni to ‘laydilar:

    • Respublika pensiya jamg‘armasiga — 24,2 %;

    • Davlat bandlik jamg'armasiga — 0,5 %;

    • 0 ‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushma kengashiga — 0,3 %. Lekin shuni ta ’kidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yildan-yilga yuridik shaxslar va aholidan olinadigan soliqlar va yig'imlarning stavkalari pasaytirib kelinmoqda. Bunga misol qilib, 2000-yilda Respublika pensiya jam g‘armasiga ajratma stavkasi 37,3 % bo'lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2010-yilda 25,0 % ni tashkil etdi va boshqalarni keltirishimiz murnkin. M arkaz- lashgan moliyaning asosiy qismi davlat krediti hisoblanadi. Shuni ta ’kidlash lozimki, keyingi vaqtda davlat kreditining ahamiyati o ‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi har bir alohida olingan davlatning pul m ablag'lariga b o ‘lgan ehtiyoji hisoblanadi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari o ‘rtasidagi muvozanatining yo‘qligi, budjet taqchilligining mavjudligi natijasida davlat katta miqdordagi pul mablag'lariga ehtiyoj sezadi. Yuzaga chiqqan salbiy holatning oldini olish maqsadida, vakolatli davlat organlari pul emissiyasining oldini olish, inflatsiyani zarur darajada ushlab turish maqsadida davlat

kreditidan foydalanadilar.

0 ‘zbekiston Respublikasida mavjud budjet taqchilligini qoplash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi m uomalaga davlat k re d i t in in g shakli hisoblangan davlat qisqa m u d d a t l i obligatsiyalari ( D K M O ) va davlat o‘rta muddatli g'azna majburiyatlari ( D O ‘M HM ) chiqarmoqda va ularni faqatgina yuridik shaxslar o ‘rtasida joylashtirishni amalga oshirib kelmoqda.





    1. Download 26,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish