‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet63/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

. Soliqlarning funksiyalari

M a ’lum ki, har q an d ay iq tisodiy kategoriyaning faqat o 'z i bajaradigan funksiyalari mavjud bo'ladi. Amaliyotda funksiyasiz, ya’ni bajaradigan funksiyasi b o ‘lmagan iqtisodiy kategoriya b o ‘lmaydi. Chunki funksiya iqtisodiy kategoriyaning am aliyotdagi harakati hisoblanadi va u orqali kategoriyaning mohiyati chuqur ochib beriladi. Shuning uchun iqtisodiy adabiyotda iqtisodiy kategoriya funksiyasi



deyilganda, ushbu kategoriyaning hayotda ko‘p martalab qaytarilib turiladigan va takrorlanib turiladigan xatti-harakatlari tushuniladi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida soliqlarning ham faqat o'ziga xos funksiyalari mavjud. Shuni ta ’kidlash lozim-ki, birinchi navbatda soliqlarning qiymat dastagi sifatida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlashi amalga oshiriladi. Iqtisodiy adabiyotda iqtisodchi olimlar o ‘rtasida soliqlarning funksiyalari to ‘g‘risida yagona fíkr mavjud emas. Lekin ularning barchasini soliqlarning fiskal (xazina) funksiyasi to ‘g‘risida yagona fikr mavjud. Soliqlarning boshqa funksiyalari esa hozirgi davrda davlat bajaradigan funksiyalarni ko‘payganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bunga yorqin misol qilib, hozirda davlat o'zining a n ’anaviy funksiyalaridan tashqari jam iyatda, birinchi navbatda iqtisodiyotda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solib turish funksiyasini ko'rsatish mumkin.

Hozirda ko‘p iqtisodchi olimlar soliqlarning quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatadilar: fiskal, tartibga solib turuvchi, taqsimlovchi, rag‘batlanturuvchi (so‘ndiruvchi) va nazorat funksiyalari. Bu sohada 0 ‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar esa soliqlarning ikki funksiyasini ajratib ko‘rsatadilar: taqsimlash va nazorat funksiyalari. Iqtisodiy adabiyotda soliqlar bajaradigan funksiyalar to ‘g‘risida iqtisodchi olimlarning fikrlarini o'rganish va hozirgi vaqtdagi soliqlarni iqtisodiyotdagi o ‘rnini yangicha tahlil etgan holda soliqlar bajaradigan funksiyalar to ‘g‘risida o ‘z fikrimizni bildiramiz. Bizning fikrimizcha soliqlar quyidagi funksiya­ larni bajaradi:

  1. Fiskal (xazina) funksiyasi;

  2. Taqsimlash funksiyasi;

  3. Rag'batlantirish (so'ndirish) funksiyasi;

  4. Nazorat funksiyasi.

Soliqlarning fiskal (xazina) funksiyasi orqali davlat o'ziga yuklatilgan vazifalar: iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqalarni bajarish uchun zarur boMgan moliyaviy resurslarni davlat budjeti daromadlari qismida jamlanishi amalga oshiriladi. Soliqlarning fiskal funksiyasining asosiy maqsadi bu — davlat moliyaviy resurslarini o ‘z muddatida va to'liq shakllantirish hisoblanadi.

Bu funksiyani yuqori darajada amalga oshirilishi, ya’ni soliq tushumlarini ko‘payishi davlat faoliyati uchun qo‘shimcha moliyaviy im koniyat yaratadi. Buning natijasida soliqlar o 'z larining fiskal funksiyasi yordam ida davlatning iqtisodiy qudrati ortishi amalga oshadi.



Soliqlaming taqsimlash funksiyasi yordamida davlat iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solib turishni amalga oshiradi. Bu funksiyani amalga oshirishda soliqlar daromadlar, baholar, foizlar, aksiyalar kursi dinamikasi va tariflar bilan o ‘zaro bog'liq holda faoliyat k o ‘rsatadi. Ushbu jarayonda soliqlar m am lakat milliy daro m ad in i, x o ‘jalik yurituvchi subyektlar hamda aholi daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlashda asosiy dastak bo‘lib hisoblanadi. Soliqlarning taqsimlash funksiyasi nafaqat daromadlarni taqsimlashda, balki kapitallar va investitsiya resurslarini taqsimlashda ham ishtirok etadi. Shuni ta ’kidlash lozim-ki, soliqlar taqsimlash funksiyasida ba’zi soliqlar stavkasini yuqori darajada o'rnatilishi orqali amalga oshiradi. Soliqlarning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat mamlakat iqtisodiyotidagi ham da jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga bevosita ta ’sir ko'rsatadi. Masalan, davlat soliqlar yordamida yuqori rentabellik faoliyat turlaridan m a’lum daromadlarni undirib, ularni iqtisodiyotni past rentabellik yoki zarar ko'rib faoliyat ko ‘rsatuvchi lekin o ‘z faoliyat bilan jam iyat hayoti uchun zarur bo ‘lgan sohalarga sarflashi mumkin. M am lakat aholisi uchun darom adlari bo‘yicha progressiv shkala yordam ida yuqori daromad topadigan toifadan yuqori stavka yordamida ularning daro­ madlarini qayta taqsimlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Soliqlarning rag‘batlantirish (so‘ndirish) funksiyasi o ‘z mohiyatiga asosan yuqorida qayd etilgan fiskal va taqsimlash funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Soliqlarning bu funksiyasini ko‘p iqtisodchi olimlar makroekonomik darajada tartibga solish deb hisoblashadi, chunki bu funksiya barcha xo ‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning hamda davlatning iqtisodiy manfaati bilan bevosita bog'liqdir.

Amaliyotga kiritiladigan har bir soliq o ‘z kiritilishi maqsadidan q a t ’i nazar o ‘z m ohiyatiga asosan bir vaqtning o ‘zida soliqqa tortilmaydigan faoliyat turlari uchun rag‘batlantiruvchi va aksincha soliqqa tortiladigan faoliyat turlari uchun so‘ndiruvchi sifatida ta ’sir ko‘rsatishi mumkin. Iqtisodiyotga yangi soliq turini kiritilishi xo ‘jalik yurituvchi subyektlar hisobida b a ’zi qonunbuzarlikka sabab b o ‘lishi ham mumkin.

Har bir rag‘batlantiruvchi (so‘ndiruvchi) funksiya sifatida u o ‘ziga xos rag‘batlantiruvchi shakllar va elementlar hisoblangan soliq b o ‘yicha imtiyozlar tizim i va rag‘batlantirish, cheklovchi stavkalar ham da faoliyatni to ‘xtatib qo‘yish kabi dastaklardan foydalanadi.

Shuni t a ’kidlash lozim-ki, b a ’zi iqtisodchi olilar soliqlarning rag‘batlantirish (so'ndirish) funksiyasini doimiy xarakterda emas degan

qarash asosida uni mustaqil funksiya sifatida tan olishmaydi. Ularning fikricha, mamlakatda davlat budjeti taqchilligi (defitsiti) sharoitida soliqlarning bu funksiyasi amal qilmaydi. Biz iqtisodiyotni rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tajribasini tahlil etgan hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish bosqichlarini o 'rganib chiqib yuqoridagi fikrga o ‘z e ’tirozimni bildirishga asos mavjud deb hisoblaymiz. Bunga misol qilib, 0 ‘zbekiston Respublikasida 1994— 1997-yillarda bank tizimini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari bir necha soliq turi to'lashdan ozod etilib, hisoblangan soliq summalari tijorat banklarini moddiy-texnika bazasini takomillash- tirishga yo‘naltirildi. Xuddi shu yillari mamlakatimizda davlat budjeti taqchilligi (defitsiti) mavjud edi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ferm er xo ‘jaliklarni rivojlantirish uchun soliqlar bo'yicha berilgan imtiyozlar fikrimizcha qo‘shimcha asos hisoblanadi.

Soliqlarning nazorat funksiyasi o ‘z mohiyatiga k o ‘ra himoya funksiyasini, ya’ni davlat va soliq to‘lovchilar o'rtasidagi soliq muno- sabatlarini olib borilishini ta ’minlash hamda vakolatli davlat organ- larining amaldagi qat’iy faoliyatini bajarilishini amalga oshiradi. Soliqlarning nazorat funksiyasiz uning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi o ‘z m a’nosini yo'qotadi.

Shuni ta ’kidlash lozim-ki, soliqlarning nazorat funksiyasi amaldagi qonunlar va huquqlarga asoslangan holda soliq to'lovchilarni qonun- chilikka b o ‘ysunishiga, unga rioya qilinishini qonun kuchi ostida majburiy amalga oshiradi. Mamlakatda davlat hokimiyatini kuchsiz- lanishi soliqlarning nazorat funksiyasini kuchsizlanishiga olib keladi. 0 ‘z navbatida, soliqlarning nazorat funksiyasini kuchsizlanishi davlat hokimiyatini kuchsizlanishiga omil bo‘lishi mumkin.

Soliqlarning nazorat funksiyasi aniq ko'rinishida soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qonunchiligiga q a t’i amal qilinishida, soliqlarni o ‘z m uddatida va t o ‘liq davlat budjetiga to ‘lanishida, moliyaviy jazo choralarini samaradorligida namoyon b o ‘ladi.

Soliqlarning nazorat funksiyasi yordamida vakolatli davlat organlari mamlakatdagi yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatini hamda undagi soliqlarning ulushining hisob-kitobi va nazorati olib boriladi. Ushbu nazorat orqali davlat budjetiga soliq tushumlarini kelib tushushini miqdoriy o'lchovi amalga oshadi, ularni davlatni moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyojiga taqqoslanish bajariladi hamda shu asosda amaldagi soliq qonunchiligiga, ya’ni soliqlar kiritilishi,

soliq stavkalarini o'zgartirilishi va imtiyozlar tizimiga q o ‘shimchalar kiritilishiga imkoniyat yaratiladi. Bulardan xulosa qilish mumkin-ki, soliqlarning nazorat funksiyasining qonuniy kuchliligi va uning samaradorligi uning boshqa funksiyalari amal qilishini aniqlab beradi. Shuning uchun, agar soliqlarning nazorat funksiyasi amalda kuch- sizlansa, o ‘z navbatida uning boshqa funksiyalari samaradorligi pasayi- shi mumkin.





    1. Download 26,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish