Moliya kategoriyasining qanday xususiyatlari mavjud?
Moliyaning qanday funksiyalari mavjud?
Moliya siyosatining mohiyati nimadan iborat va uning o'ziga xos xususiyatlari nima ?
Moliya siyosatining asosiy tamoyillariga tavsif bering.
Moliya siyosatini olib borishning qanday yo ‘nalishlari mavjud?
Moliyani boshqarish mohiyati nimalardan iborat?
0 ‘zbekiston Respublikasi moliyani boshqarish tizimining tarkibi nimalardan iborat?
Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoriting.
Davlat budjeti daromadlarining xususiyatlari nimalardan iborat?
Davlat budjeti xarajatlarining xususiyatlari nimalardan iborat?
IV bob. KORXONALAR M OL 1YASI
. Korxonalar moliyasining mohiyati
Moliya um um iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy asosni tashkil etadi. M oliya davlatga yuklatilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirish, jamiyatda kengaytirilgan ishlab chiqarishni ta’minlash uchun kerakli pul mablag‘larini yetkazib beradi. Ushbu faoliyatni amalga oshirishda soliqlar, toMovlar, bojlar, davlat kreditini jamlagan moliya davlat uchun obyektiv va zarur xususiyatga ega bo‘ladi. Ushbu jarayonda korxonalar moliyasi alohida o'rin egallaydi.
Korxonalar moliyasi mamlakat moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va u yalpi ijtimoiy mahsulot hamda milliy daromadning yaratilishi, taqsimlanishi va sarfianishi bilan bogMiq jaryonlarni o‘z ichiga oladi. Korxonalar moliyasi yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy darom adning asosiy qismi yaratiladigan moddiy sohada faoliyat ko‘rsatadi.
Korxonalar moliyasi o ‘z mohiyatiga ko‘ra korxonaning tadbirkorlik faoliyati natijasida xususiy kapital, maqsadli m arkazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi, ularni taqsimlanishi hamda sarfianishi bilan bogiiq moliyaviy yoki pul munosabatlaridan iboratdir.
Korxonalar moliyasining iqtisodiy mohiyatiga asosan barcha moliyaviy munosabatlarning yo'nalishlarini quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
l) Korxonalarni tashkil etishda xususiy kapitalni va ustav kapitalini shakillantirishdagi ta’sischilar o ‘rtasidagi munosabatiar. Ustav kapitalini shakllantirishning aniq usullari korxona faoliyat ko'rsatishining tashkiliy-
huquqiy shakliga bevosita bog‘liqdir. Bu yerda korxonalar ochiq hissadorlik jamiyati, yopiq hissadorlik jamiyati, m a’suliyati cheklangan jam iyat, xususiy korxona va boshqa mulkchilik shaklida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Korxonalar ustav kapitali ishlab chiqarish fond- larini, moddiy va nomoddiy aktivlarni shakllantirishdagi birlamchi moliyaviy m anba b o i ib hisoblanadi;
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida korxonalar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar. Ushbu moliyaviy munosabatlarga xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar yctkazib beruvchi ta ’minotchi hamda sotib oluvchi korxonalar o 'r tasidagi, investitsiya faoliyatini olib borishdagi quruvchi tashkilotlar o'rtasidagi, yuklarni yetkazib berish bilan bog'liq transport tashkilotlari o'rtasidagi, aloqa va bojxona muassasalari o'rtasidagi munosabatlarni kiritish mumkin. Ushbu munosabatlar korxonalar moliyasini tashkil etish va uning tijorat faoliyatidagi moliyaviy natijasining asosi hisoblanadi;
Korxonalar va uning tashkiliy b o ‘g ‘inlari (filiallar, sexlar, brigadalar, bo'limlar) o'rtasidagi xarajatlarni moliyalashtirish, foydani va aylanma mablag'larm sarflanishi bilan bog'liq munosabatlar. Ushbu munosabatlar korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va uning bir maromda faoliyat ko'rsatishiga bevosita ta ’sir etadi;
Korxonalar va uning ishchilari o'rtasidagi ish haqini to'lash, soliqlarni to'lash, foydani taqsimlash va sarflanishi, aksiyadorlik jamiya- tida aksiyalarni chiqarish va ularni joylashtirilishi, aksiyalar bo'yicha dividendlarni to'lash, jarimalarni to'lash bilan bog'liq munosabatlar. Ushbu munosabatlar ularda mavjud mehnat resurslaridan samaradorlik bilan foydalanishga ta ’sir ko'rsatadi;
Korxonalar va yuqori tashkilotlar, moliya-sanoat birlashmalari, xoldinglar, uyushmalar va assotsiatsiyalar o'rtasidagi munosabatlar. Ushbu munosablar korxonalar o'zlari a ’zo hisoblangan yuqori tashki lotlar o'rtasidagi m arkaylashgan niaqsadli pul fondlarini va zaxiralarni shakllantirishi, taqsimlanishi va ularni sa r f la n i sh i , ilm iy-tadqiqot ishlarini tarmoq bo'yicha 'Marketing tadqiqotini o'tkazish, investitsiya faoliyatini olib borishda qaytarib berish sharti asosidagi moliyaviy yordam ko'rsatish, aylanma m ablag'larini to'ldirish bilan bog'liq munosabatlarni o'z ichiga oladi. M unosabatlarning ushbu guruhi tarmoq ichidagi korxonalarm ishlab chiqarishini rivojlantirishni qo'llab- quwatlash bilan bevosita bog'liq pul mablag'larini qayta taqsimlash ham da ularni ishlatilishi bilan bog'liq munosabatlardan iborat;
Tijorat tashkilotlari va korxonalar o'rtasidagi qimmatli qog'ozlarni tnuomaiaga chiqarish va ularni joylashtirish, o'zaro kreditlashtirish, qo'shm a korxonalarni tashkil etishda muassis sifatida ishtirok etish bilan bog'liq munosabatlar. Ushbu munosabatlar korxonalarning o 'z faoliyatini moliyalashtirishdagi qo'shim cha moliyaviy manbalarni jalb etish bilan bog'liq faoliyatga bevosita bog'liqdir;
Korxonalar va davlat moliya tizimi o ‘rtasidagi budjetga soliqlar va yig‘imlami to'lash. budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar o'tkazish, soliqlar bo'yicha imtiyozlar berish, moliyaviy jazo choralarini qo'llash ham da budjetdan moliyalashtirish bilan bog'liq munosabatlar;
K orxonalar va tijorat banklari o ‘rtasidagi banklarda pul m ablag‘larini saqlash, kreditlar olish va ularni to'lab berish, bank kreditdan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash, xorijiy valutalami sotish va sotib olish, turli bank xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq m u nosabatlar;
Korxonalar va sug‘urta tashkilotlari o'rtasidagi mol-mulkni, xodimlarining ayrim toifalarini, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklarini (risklarni) sug‘urta qilish bilan bog‘liq munosabatlardan iborat;
Korxonalar va investitsiya institutlari o'rtasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish, investitsiyalarni joylashtirish, xususiy- lashtirish bilan bogiiq munosabatlar.
Yuqorida ta’kidlab o'tilgan moliyaviy munosabatlarning liar bir guruhi o ‘ziga xos xususiyatlariga ega va qo‘llanishi sohasi bo'yicha ajralib turadi. Lekin ularning barchasi ikki tomonlama xarakterga ega b o ‘lib, ularning moddiy asosi bo'lib, pul mablag‘larining harakati tashkil etadi.
Korxonaning pul fondlari mablag‘larining harakati ustav kapitalini shakllantirishi bilan boshlanadi va foydani shakllanishi, taqsimlanishi ham da uni sarflanishi bilan tugaydi.
Korxonalar moliyasi bajaradigan funksiyalar umumdavlat moliyasi bajaradigan funksiyalariga o ‘xshash va ular quyidagilardan iborat:
taqsimlash funksiyasi;
nazorat funksiyasi.
Yuqorida qayd etilgan funksiyalar o ‘zaro bog'liq va bir-birini to ‘ldirib turadi. Quyida moliyaning funksiyalarini to ‘liq yoritishga harakat qilinadi.
Umumdavlat moliyasi o'zining taqsimlash funksiyasini makroda- rajada amalga oshirsa, korxonalar moliyasi o ‘zining taqsimlash funk siyasini mikrodarajada amalga oshiradi. Korxonalar moliyasi taqsimlash funksiyasi yordamida birlamchi kapitalni shakllantirish, ishlab chi- qarishni moliyaviy manbalar bilan ta ’minlash, daromadni va moliyaviy resurslarni taqsimlash, majburiyatni o ‘z muddatida hamda to ‘liq baja- rish, xo ‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatning manfatlarini oqilona darajada saqlab turish amalga oshiriladi. Taqsimlash funksiyasi orqali korxonaning daromadlarini taqsimlash natijasida maqsadli pul fondlari
va zaxiralari shakllantiriladi. Bunday fondlarga ustav kapitali, qo'shilgan kapital, zaxira fondi, jam g'arm a fondi, iste’mol fondi, valuta fondi va boshqalarni kiritish mumkin.
Korxonalar moliyasining taqsimlash funksiyasi o ‘z mohiyatiga asosan nafaqat jarniyatning um um iy manfatlarini, balki o ‘z vaqtida alohida olingan xo'jalik subyektlari, ta ’sislar, turli aksiyadorlar, ishchi- xodimlar, kredit va sug'urta institutlarining manfatlarini oqilona o ‘zida jamlashi lozim. Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy mablag'larning hajmi, kerakli kapital qo'yilmalarini moliyalashtirish, aylanma mablag'larni to ‘ldirib turish va ko'paytirish, ham m a turdagi moliyaviy majburiyatlarni am alga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarni aniqlaydi. U shbu faoliyatni amalga oshirishda uning xo ‘ja lik-m oliya faoliyatini íahlil etish asosiy ahamiyatga egadir.
Korxonalar moliyasining nazorat qilish funksiyasini obyektiv asosi bo‘Iib mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarishdagi xarajatlarning qiymat tomondan hisobga olinishi va buning natijasida daromadlarni shakllanishi hamda pul fondlarini taqsimlanishini tashkil etadi. Moliya taqsimlash munosabatlari sifatida ishlab chiqarishni moliyalashtirishni moliya manbalari bilan ta ’minlaydi va shu asosda u ishlab chiqarishning barcha sohalarini, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, iste’molni o ‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, korxonalar mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni amalga oshirish, xizmatlar ko‘rsatish natijasida kelib tushadigan daromadning miqdo- ridan ortig'ini taqsimlay olmaydi. Olinadigan daromadning miqdorini oshirish uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga bevosita bog‘liqdir. Xuddi shu jarayonlarda nazorat funksiyasi alohida aha miyatga egadir. Korxonalar moliyasining nazorat qilish funksiyasi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
Korxonalar tomonidan bevosita moliyaviy ko‘rsatkichlarni har tomonlama tahlil etish, moliya rejalarini bajarilishi yuzasidan tezkor nazoratni olib borish, tovar-moddiy qiymatlarini yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, tijorat banklari, davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar va boshqa kontragentlar oldidagi majburiyatlarni bajarish jarayonida olib boriladi;
Korxonalarning ta’sischilari va aksiyadorlari oldida pul mab- lag'larini sam aradorlik bilan joylashtirish, foyda to p ish h am d a dividendlar to'lash yuzasidagi nazorat olib boriladi;
0 ‘zbekiston Respublikasi Dalvat Soliq Qo'mitasi vakolatidagi davlat soliq inspektorlari tom onidan budjet va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar, bojlar, yig‘imlar hamda to‘lovlarni o ‘z muddatida to ‘liq to'lanishi yuzasidan nazorat olib boriladi;
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi vakolatidagi moliya bo‘limlari tomonidan o ‘zlarining moliya-xo‘jalik faoliyatida davlat budjeti mablag‘laridan foydalanayotgan korxonalarda ushbu mabla- g‘-larni maqsadli foydalanayotganligining nazoratini olib boradilar;
Tijorat banklari tomonidan korxonalarga kreditlar berish, uni o ‘z vaqtida va foizi bilan qaytarilishini hamda boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan nazorat olib boradilar;
Mustaqil auditorlik firmalari tomonidan korxonaning yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvdan o'tkazish orqali olib boradilar.
Korxonalar ichidagi moliya nazoratini alohida tashkil qilingan moliya b o ‘limlari amalga oshiradi. Korxonalarda ishchi-xizmatchilar sonining kamligi, ishlab chiqarish hajmining kamligi sababli ularda moliya nazoratini olib borish vakolati bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgan. Korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatida ijobiy moliyaviy natijalarning mavjudligi ushbu korxonada moliya nazoratini yuqori darajada tashkil etilganligidan hamda moliya resurslarini boshqarishda samarador shakl va uslublardan foydalanilayotganligidan dalolat beradi. 0 ‘z vaqtida buning aksi, korxona moliya-xo'jalik faoliyatida salbiy moliyaviy natijalarning mavjudligi, ushbu korxonada moliya nazoratini sust darajada tashkil etilganligidan dalolat beradi hamda ushbu holat korxonaning moliyaviy tomonidan «sinishi»ga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |