. Kreditning asosiy shakllari va turlari
Kapitalistik formatsiyaga qadar kreditning sudxo‘rlik shakli keng tarqalgan bo'lib- bu qarz oluvchiga m a’lum foiz asosida qaytarib berish sharti asosida beriladigan pullik ssudadir. Sudxo‘rlik kreditining obyekti bo‘lib sudxo'rlik kapitali hisoblanadi.
Sudxo‘rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni paydo bo'lishi ham da jam iyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar — pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir.
Sudxo‘rlar krediti yergarovi asosida natura va pul shaklida berilgan. Kreditorlik tuzumi davrida sudxo'rlik krediti yanada rivojlandi. Feoda- lizm davrida esa kreditning pul shakliga o'tishi to ‘la-to‘kis amalga oshirildi. Pul boyliklarini sudxo'rlar qo'lida to ‘planishi kapitalning birlamchi jam g‘arilishiga turtki (sababchi) bo ‘ldi. Sudxo‘rlik kreditida qarz oluvchilar bo‘lib — asosan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar- dehqonlar va xunarmandlar, ya’ni kreditdan o ‘zlarining zaruriy iste’mol tovarlarini va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan talablarini, kreditor va savdogarlarga soliqlarni va qarzlarni to'lash jarayonida foydalan- ganlar. Bu qarz va to ‘lovlar xramlarga, monastirlarga, cherkovlarga toMangan. Sudxo‘rlik kapitalining xarakterli belgisi bo ‘lib- qarzdorlar tom onidan ssudalarni noishlab chiqarish ko'rinishida foydalanish ustivor yo'nalish b o ‘lib hisoblangan va ssuda foiz yuqori darajada bo'lgan. U ndan so‘ng kreditning boshqa shakllari (ko'rinishlari), ya’ni pul shaklidagi ko‘rinishlari rivojlana boshlagan. Kreditning bu shakllari ssuda kapitalining harakatini bildirib — pul kapitali sifatida namoyon
bo'lgan. Pul kapitali qaytarib berishlik, to ‘lovlilik va foiz stavkasi asosida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari bo ‘lib:
qarzdorlar bo'lib savdo — sanoat ishJab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar;
qarz mablag‘lari — kapital sifatida, ya’ni qo‘shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan;
ssuda foizi manbasi b o ‘lib — yollanma ishchilarning haq to'lanm agan mehnati qiymati hisoblanadi.
Bu davrda kredit turli shakllarni egallaydi (oladi). Ular asosan qatnashuvchilarning turiga, ssuda obyektiga, kredit foizi hajmiga va harakat qilish muhitiga qarab farqlanadi (guruhlanadi). Shunga ko‘ra kredit bir necha shakllarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |