Eumetazoa ( Haqiyqiy ko’p hujayralilar) Tip Cnidaria.
Asosiy o’ziga xos belgilari.
Haqiqiy ko’p hujayralilar ( Eumetazoa) o’z navbatida radial simmetrialilar yoki 2 qavatlilar (Radiata) hamda 2 tomonlama simetriyalilar ( bilateria) kichik bo’limlariga ajratiladi. Bo’shlig’ichlilar tipini o’ziga xos belgilarini aytadigan bo’lsak ularning ko’pchiligi dengizlarda ayrim turlari esa chuchuk suvlarda uchraydi. O’trq, erkin yakka holda yoki koloniya holida yashaydi. Tanasi radial o’qli simmetriyaga ega. Bo’shlig’ichlilar 2 qavatli hayvonlar. Ontogenezda ularning tanasi faqatgina 2 qavat yani tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo’ladi. Bu 2 qavat mezogleya parda orqali ajralib turadi. Ularning tanasini odatda 1 uchi ochiq ichi bosh qopga o’xshatish mumkin. Og’zi bir necha paypaslagichlar bilan oralgan ozig’i tana boshlig’ida hazm bo;ladi hazm bo’lmagan ozig’ qoldig’i yana og’iz boshlig’i orqali chiqariladi.
Asosiy taksonlari va muhim vakillari.
Haqiyqiy ko’p hujayralilar radial simmetriyalilar va 2 tomonlama simmetriyalilar kichik bo’limlariga ajratiladi. Radial simmetriyalilarga boshlig’ichlilar va ninatanlilar tiplari kiradi. Ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarni ham o’z navbatida tana bo’shliqqa ega bo’lgan parenximatoz hayvonlar (yassi chuvolchanglar, nemertinlar,molyuskalar tiplari); birlamchi tana bo’shliqlilarga (to’garak chuvolchanglar,tikanboshlilar tiplari); ikkilamchi tana boshliqlilar ( halqali chuvolchanglar,ignaterililar, xordalilar tipi) ga ajratish mumkin.
1.Chiropsalmus meduzasi-Avstraliya va Indoneziya qirg’oqlari yaqinida tarqalgan. Odam uchun havfli, ularning “kuydirishi” o’limga sabab bo’lishi mumkin.
2.Pelagia- Semaeostomeae turkumi vakili hisoblanadi soyaboni disksimon yassi, soyabon chetida juda ko’p paypastlagichlari bor. U qorong’ida juda kuchli nur tarqatadi.
3. Dengiz laganchasi aureliya –(Aurelia aurita) Semaeostomeae turkumi vakilli u deyarli barcha dengizlarda keng tarqalgan.
4.Ildizog’iz meduza- Rhizostoma pulmo dengizlarda keng tarqaldan. Ularning soyaboni chetida paypastlagichlari bo’lmaydi ozig’ini og’iz hartumlari orqali suvdan filtrlab oladi. Qora dengizda uchraydi.
5.Madrepor-korall riffi. Atlantika, Hind va Tinch okeanining tropik qismida rif hosil qiladi Ularning bo’yi 2m bazan 4 m ga yetadi. U ifloslanmagan kislorodga boy suvlarda rivojlanadi.
6.Lansetsimon so’rg’ichli-(Dicrocoelum lanceatum) sutemizuvchi hayvonlar jigarida parazitlik qiladi, uzunligi 0,5-1,2 sm, Birinchi oraliq xo’jayini quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar 2-oraliq xo’jayini chumolilar bo’ladi. Chumolilar mollyuskalar ajratib chiqaradigan serkariyli qopchalarni sutemizuvch hayvonlar esa o’t bilan birga chumolilarni yeb zararlanadi.
7.Mushuk 2 so’rg’ichlisi (Opisthorchis felineus)- mushuk, it va odam jigarida parazitlik qiladi. Uzunlidi 8-13mm birinchi oraliq xo’jayini bitiniya mollyuskasi, ikkinchisi baliqlar hisoblanadi. Odam va hayvonlar sistaga aylangan metasirkarili baliq go’shtini yaxshi pishirmasdan istemol qilganda yuqtiradi.
8.Nitsha (Nitzchia sturionis)- Volga daryosida osetrsimonlarga katta ziyon keltiradi.
9.Kalta zanjirsimon chuvolchang (hymenolepis papa) – yosh bolalar uchun katta ziyon keltiradi. Paraziyning uzunligi 1-4,5 sm tanasi 100-200 ta mayda proglatidlardan iborat. U odam ichagida yashayd
Do'stlaringiz bilan baham: |