Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet32/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Nafas olish
Nafas olish - ATF hosil bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni bo’lib, vodorodlar (elektronlarlarni) donori bo’lib, organik yoki anorganik birikmalar rol o’ynaydi. Vodorodlarni (elektronlarni) aktseptori bo’lib, hamma vaqt anorganik birikmalar xizmat qiladi. Agar oxirgi aktseptor bo’lib molekulyar kislorod xizmat qilsa, bunday nafas olish jarayoni aerob nafas olish deyiladi.
Ba’zi mikroorganizmlarda oxirgi elektron aktseptori vazifasini molekulyar kislorod emas, balki anorganik birikmalar ­nitratlar, sulьfatlar va karbonatlar bajaradi. Bu anaerob nafas olishdir.
Aerob nafas olish ko’p mikroorganizmlarga xosdir, ular haqiqiy aeroblarga kiradi. Ammo ular orasida fakulьtativ anaeroblar bo’lib, ular kislorod bor bo’lsa ham, yo’q bo’lsa ham o’saveradi; ular bijg’ish yo’li bilan ATF hosil qiladi, molekulyar kislorod bor sharoitda esa ATF hosil qilish o’zgaradi, bijg’ish o’rniga nafas olish amalga oshadi.
Fakulьtativ anaeroblarga shunday mikroorganizmlar kiradiki, elektron aktseptorlari sifatida nitratlarni o’zlashtirganda ularda anaerob nafas olish yuz beradi. Anaerob nafas olishda elektron akseptorlari vazifasini sulьfatlar va karbonatlar bajaradi.
Aerob nafas olish ikki fazadan iborat bo’ladi. Birinchi fazada bir qancha reaktsiyalar bo’lib, ular yordamida organik substrat SO2 gacha oksidlanadi, ajralgan vodorod atomlari aktseptorlarga o’tadi. Bu fazada bir qancha reaktsiyalar amalga oshib, ularni Krebs tsikli yoki trikarbon tsikli deyiladi. Ikkinchi fazada ajralgan vodorod atomlari kislorod bilan oksidlanadi va ATF xosil buladi. Ikkala faza birgalikda substratni SO2 va N2O va biologik foydali energiya hosil bo’lishiga olib keladi (ATF va boshqa birikmalar).
Quyida Inog’omova (1983) S.P.Kostichev fikriga ko’ra aerob nafas olishda pirouzum kislota (SN3SOSOON) hosil bo’lishi asosiy o’rinni egallashi va asosiy jarayonlarni quyidagicha tushuntiradi.
Nafas olish protsessida pirouzum kislotadan SO2 ajraladi va sirka kislota hosil bo’ladi. Sirka kislota atsetil (SN3-SO) gruppa shaklida koenzim-A fermentiga birikib, atsetilkoenzim-A (SN3-COS-Ko-A) degan moddaga aylanadi. Bu modda suv ishtirokida oksalat-sirka kislota bilan ko’shilishi natijasida limon kislota hosil bo’ladi.
Limon kislota tarkibidan bir molekula suv ajralib tsisakonit kislota hosil bo’ladi. TSis-akonit kislotaga bir molekula suv birikib, izolimon kisloza hosil qiladi. Bu kislota vodorodini yo’qotib, oksalat-qaxrabo kislotaga aylanadi. Reaktsiya vaqtida suv va organik moddalardan ajralgan vodorod va elektronlar (2N+ va 2e-) havodan qabul qilingan va aktivlashgan kislorod bilan birikib, suv hosil qilishda ishtirok etadi. So’ngra oksalat-qaxrabo kislotadan SO2 ajraladi va L-ketoglyutar kislota hosil bo’ladi. Kislota bir molekula suv biriktirib olib, o’zidan bir molekula vodorodni va bir molekula SO2 ajratib qaxrabo kislotagacha oksidlanadi. Ajralgan vodorod atomlari havo kislorodi bilan birikib suv hosil qiladi. Vodorodni yo’qotgan qaxrabo kislota fumar kislotagacha oksidlanadi. Fumar kislotaga suv birikishidan olma kislota hosil bo’ladi. Krebs tsiklining oxirgi boskichida olma kislotadan bir molekula N2 ajralib, oksalat-sirka kislota hosil bo’ladi. Bu kislota enol shaklga o’tib, Krebs tsiklidagi reaktsiyalarda ishtirok etadi. Nafas olishda ko’p mikdorda oraliq maxsulotlar hosil bo’ladi, bulardan alanin, asparagin, glyutamin aminokislogalari, yog’ kislotalar, yog’lar, oqsillar, vitaminlar sintezlanishi mumkin.
Nafas olish protsessida hosil bo’ladigan energiyaning bir qismi mikroorganizmlarda yorug’lik energiyasi shaklida tarqaladi. Kislorodga bo’lgan munosabatiga qarab, bakteriyalarni bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Ko’pchiligi havo kislorodi bo’lishini talab qiladi, bular aeroblardir. Aksincha, anaeroblar havo kislorodi bo’lmasa yaxshi rivojlanadi, bular anaeroblardir. Fakulьtativ anaeroblar substratda oz mikdorda kislorod bo’lsa yaxshi rivojlanadi.
1. Obligat aeroblar atmosferada 21% kislorod bo’lsa, yaxshi rivojlanadi. Odatda, suyuq va qattiq oziq muhiti yuzasida o’sadi (vabo vibrioni, sartsinalar, sil tayoqchalari va boshqalar).
2. Mikroaerofillar oz miqdorda (10%) kislorod bo’lsa ham o’sa oladi (sut kislotali bijg’ituvchilar).
3. Fakulьtativ aeroblar molekulyar kislorod bo’lmasa ham, ko’paya oladi (ko’pchilik patogen va saprofit bakteriyalar).
4. Obligat anaeroblar kislorod bo’lsa, rivojlana olmaydi. Kislorod cheklovchi salbiy faktor (qoqshol klostridiysi, botulizm, gazli gangrena tayoqchalari).
Tabiiy sharoitda anaeroblar aeroblar bilan simbioz xolda uchraydi. Aeroblar kislorodni o’zlashtirib, anaeroblar uchun zarur sharoit yaratib beradi.
Laboratoriyalarda, sanoat korxonalarida aerob bakteriyalar o’stirish uchun suv orqali kislorod o’tkaziladi, mikroblar suv qatlami orasida o’sib, 1l eritmada 1g quruq modda to’plaganligi aniqlangan.
Aeroblar o’zi uchun zarur bo’lgan energiyani nafas olish protsessidan olsa, anaeroblar bijg’ish protsesslaridan oladi, bunda har bir molekula geksoza parchalanishidan 2 molekula ATF hosil bo’lsa, aerob fazada 30 molekula ATF hosil bo’ladi. Bakteriyalar va ayniqsa, mog’or zamburug’lari kuchli nafas oladi. Masalan, Aspergillus niger ning 3 kunlik kulьturasi 34° da 24 soatda 682 sm3 SO2 ajratgan bo’lsa, xuddi shuncha vaqt ichida sirenь kurtaklari 15° da atigi 35 sm3 SO2 ajratgan (Inog’omova, 1983).

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish