Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet35/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Yorug’likning ta’siri. Ko’pchilik bakteriyalar uchun yorug’lik dezinfektsiyalovchi faktor hisoblanadi, chunki ultrabinafsha nurlar bakteriyalar hujayrasidagi oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutiladi va ularning ximiyaviy tarkibini o’zgartiradi. SHuning uchun yorug’likning bu xususiyatidan operatsiya xonalarini, vaktsinalar, antibiotiklar tayyorlaydigan xonalarni, sut va suvni sterillashda foydalaniladi.
Yuqori bosimning ta’siri. Ko’pchilik bakteriyalar yuqori bosimga ancha chidamli bo’ladi. Faqat 10000 atm.bosim ularga salbiy ta’sir etishi mumkin. Dengiz va okeanlarda chukur suv katlamlari tubida bakteriyalar ko’p uchraydi. Achitqilar 500, motor zamburug’lari 30000, fitopatogen viruslar esa 5000 atmosferagacha bosimga chidaydi. Ulьtratovush bakteriotsidlik xususiyatiga ega, 20000gts oziq-ovqat mahsulotlarini va vaktsinalarni dezinfektsiyalash uchun yetarlidir. Havoni tozalashda aeroionizatsiyaning ahamiyati katta.
Vodorod ionlari kontsentratsiyasining ta’siri. Vodorod ionlarining kontsentratsiyasi rN deb belgilanadi. rN 7 bo’lsa neytral, rN>7 bo’lsa ishqoriy, rN<7 bo’lsa, muhit kislotali bo’ladi. Ko’pchilik mikroorganizmlar muhit kontsentratsiyasi bir oz (kuchsiz) ishqoriy yoki neytral bo’lsa yaxshi rivojlanadi, zamburug’lar bir oz nordon muhitda yaxshi rivojlanadi.
Mikroorganizmlar o’zi yashagan muhitdagi rN qisman o’zgartirishi mumkin. Buni I.A.Rabotnova (1958) «Moslanuvchi moddalar almashinuvi» deb nomlaydi. Tashqi muhitdagi eritmalarning kontsentratsiyasi oshganda (masalan, tuzlashda, murabbo pishirishda) bakteriyalar hujayrasidagi suv tashqariga chiqadi va unda plazmoliz ro’y beradi, ular ko’paya olmaydi. SHundan foydalanib go’sht, baliq tuzlanadi, povidlo tayyorlaganda shakar eritmasining kontsentratsiyasi 70% ga yetkaziladi.

KIMYOVIY FAKTORLAR




Mikroorganizmlarga kimyoviy omillarning ta’siri. Kimyoviy moddalar turli Mikroorganizmlarga turlicha ta’sir etadi. Ba’zi bir mikroblar ta’sir kilgan kimyoviy moddalarga yaqinlashadi, boshqa xil kimyoviy moddalardan uzoqlashadi. Bu hodisa ximiotaksis deyiladi. U ikki xil bo’ladi:
1. O’ziga tortuvchi — musbat.
2. O’zidan uzoqlashtiruvchi — manfiy.
Bu hodisani quyidagi tajribada ko’rish mumkin. Bir idishdagi suvga harakatchan mikroblar solinib, unga shakar eritmasi to’ldirilgan naycha tushiriladi. Natijada, suvdagi mikroblar naycha teshigi atrofiga to’plana boshlaydi. Bu o’ziga tortuvchi ximiotaksisdir. Agar naychaga kislota quyilgan bo’lsa, mikroblar kapillyar atrofidan uzoqlasha boshlaydi, bu uzoqlashtiruvchi ximiotaksis. SHunga o’xshagan hodisa kislorodga nisbatan ham bo’lishi mumkin. Aeroblar kislorod bor joyga to’planadi, anaerob bo’lsa uzoqlashadi. Bu hodisaga aerotaksis deb ataladi.
Pepton, mineral tuzlar juda oz konsentratsiyalarda (0,007—0,0018) o’ziga tortuvchi ximiotaksisni hosil qiladi. Uzoqlashtiruvchi ximiotaksislar esa erkin kislotalar, spirtlar hosil qiladi. Ximiotaksis hodisasida tirik mikrob protoplazmasi atrof-muhit ta’siriga sezgir bo’ladi va shu ta’sirga javob qaytaradi. Ba’zi kimyoviy moddalarning mikroblarga ta’siri bor, shu sababli ular mikroblarni o’ldirish uchun ishlatiladi va dezinfeksiyalovchi vositalar deyiladi. Bu dizenfeksion moddalarning mikroblarga ta’siri ham bir xil bo’lmaydi. Misol: efir, spirt va ishqorning kuchsiz eritmalari mikrob hujayrasining tarkibidagi lipoid (yog’simon) moddalarni parchalaydi. Og’ir metall tuzlari (sulema, rtut, mis kuporosi), kislotalar, formalin — bular mikrob hujayrasidagi oqsil moddalarni uyushtirib, ularning hayot faoliyatini buzadi va halokatga olib boradi. Ba’zi bir moddalar: azot kislotasi, xlor, xlor oxagi, kaliy permanganati va boshqalar mikrob hujayralarini to’g’ridan-to’g’ri buzadi. Glitse­rin, shakar va osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmalari mikroblarning osmotik bosqichiga ta’sir etadi. Mikroblarga: kimyoviy moddalarning ta’siri ba’zi bir omillarga kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi ta’sir qilish davriga va temperaturasiga bog’liqdir. Kimyoviy moddalar mikrob hujayrasiga uning qobig’i orqali kirsa halok bo’ladi. Kimyoviy moddalar suvda eritilgan bo’lishi lozim. Ishlatiladigan kimyoviy zahar moddalar +40, +45 darajada qo’llansa, u mik­roblarga kuchli va tez ta’sir etadi. Agar kimyoviy moddalar bilan birga oqsil, sut, zardob bo’lsa ta’siri pasayadi. CHunki hujayraning atrofida kimyoviy zahar oqsil moddani koagu­lyatsiya qiladi va zaharni hujayraning ichiga qo’ymaydi. Natijada zahar mikrobga ta’sir etmay qoladi. Bu hodisa zaharli kimyoviy moddaning konsentratsiyasiga bog’liq. Masalan, karbol kislotasi 2,5% formalin — 1%, xlor oxagining suvi — 1:10, sulema — 1:1000 — 1:5000 eritmalar barcha mikroblarga ta’sir etadi. Spirt 70—80% mikroblarga halokatli ta’sir qiladi. Kimyoviy moddalar to’liq dissotsiyalanib, eritmada erkin ionlar ko’p hosil bo’lsa, uning mikroblarga ta’siri kuchli bo’ladi, aksincha, spirtda, atsetonda yoki moylarda eritilgan bo’lsa, ular mikrobga kuchsiz ta’sir etadi. Dezinfeksiya, eritmalarini stafilokokk kulturasida sinab ko’riladi, chunki sporasiz mikroblardan ular ancha chidamli. Turli xil mikrob hujayralari bir xil kimyoviy moddalarga turlicha chidaydilar, bu ana shu mikrob hujayrasining kimyoviy tarkibiga bog’liqdir. Kimyoviy moddalar mikroorganizmlarga uch xil ta’sir etadi:
1. Kimyoviy moddalar juda oz konsentratsiyada ta’sir etsa, u mikrobning rivojlanishiga yordam beradi.
2. Oz miqdordagi kimyoviy moddalar mikroblarning vegetativ qismini o’ldirishi mumkin, ammo sporasi tirik qoladi.
3. Kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi kuchli bo’lsa, u mikroblarning vegetativ va spora qismini o’ldirishi mumkin, ammo sporani o’ldirish uchun zahar uzoq muddat ta’sir etishi kerak.
Ba’zi kimyoviy moddalar bakteriyalarga kuchli ta’sir etadi. Masalan, ularga kuchli kislotalar, ishqorlar, og’ir metallarning tuzlari bilan ta’sir etilsa, ularda manfiy xemotaksis namoyon bo’ladi. Ba’zi moddalarning oz miqdori ijobiy ta’sir etsa, ko’p mikdori salbiy ta’sir etadi. Masalan, 40% formaldegid (formalin) vegetativ hujayralarni va sporalarni nobud kiladi, fenol yoki karbol kislotaning 3-5% eritmasi, xlorli oxakning 10-­20% eritmasi yoki spirtning 75% eritmasi dezinfektsiyalashda ko’p ishlatiladi.
Mikroorganizmlar o’stiriladigan oziq muhitini albatga sterillash zarur. Ular avtoklavda 2 atm. bosimda 120° da 30 minut davomida sterillanadi.
Kox qaynatgichida ham bo’lib-bo’lib sterillash mumkin. Buning uchun 100°S da 30 minut sterillanadi, keyin termostatda bir sutka saqlanadi. Ikkinchi kun yana 100°S da 30 minut sterillanadi va termostatda saklanadi, uchinchi kuni ham xuddi shunday sterillanadi.
Mikrobiologiyada ishlatiladigan asboblar esa issiq havo yordamida quritkich shkaflarda 150-160°S temperaturada 1,5-2 soat davomida sterillanadi.
Oziq-ovqat sanoatida pasterlash usulidan keng foydalaniladi. Bunda sut mahsulotlari 60°S temperaturada 30 minut saqlanadi, bunday ishlov berilganda bakteriyalarning vegetativ hujayralari nobud bo’ladi.

a) b)


a-gorizontal avtoklav, b- vertikal avtoklav




a) b)

Kox kaynatgichi. Kuritkich shkaflar: a-Paster pechi; b - zamonaviy shkaf





Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish