Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-MAVZU: MIKRORGANIZMLARNING O’ZARO VA BOSHQA ORGANIZMLAR BILAN MUNOSABATI



Download 19,33 Mb.
bet36/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

9-MAVZU: MIKRORGANIZMLARNING O’ZARO VA BOSHQA ORGANIZMLAR BILAN MUNOSABATI

Reja:



  1. Simbioz

  2. Metabioz

  3. Antoganizm

Tabiiy sharoitda mikroorganizmlar murakkab biotsenozlarni tashkil etadi, ya’ni bir yerning o’zida turli bakteriyalarni uchratish mumkin. Bakteriyalar orasida simbioz, metabioz, antagonizm uchrashi mumkin.


Simbioz xolda hayot kechirganda bir tur ikkinchi tur bilan birgalikda yashaydi. Masalan, kefir donachalari tarkibida sut kislota hosil qiluvchi va achitqi zamburug’lari birgalikda yashaydi yoki tuganak bakteriyalar dukkakdosh o’simliklar bilan birgalikda yashaydi.
Metabiozda bir bakteriya ikkinchi bakteriya uchun qulay sharoit yaratib beradi. Masalan, ammonifikatorlar nitrifikatorlar uchun NH3 hosil qiladi. Nitrozamonas NH3 ni o’zlashtirib, nitrobakter uchun HNO2 hosil qiladi:


2NH3 + 3O2 Nitrosomononas 2HN02 + 2N2O + 658kJ
HN02ni nitrobakter oksidlaydi:
2HN02 + O2 Nitrobakter 2HN03 + 180 kJ

Antagonizmda bir tur ikkinchi turning rivojlanishini cheklab qo’yadi. Masalan, sodda hayvonlar bakteriyalarni yeb qo’yadi, bakteriofaglar bakteriyalarni eritib yuboradi, bijg’ituvchilar chirituvchilarning ko’payishini cheklab qo’yadi yoki turli-tuman antibiotiklar bakteriyalarga salbiy ta’sir etadi. Mikroorganizmlarga tashqi muhit faktorlarining ta’sirini bilgan xolda ularga qarshi kurash choralarini qo’llash mumkin bo’ladi.
Patogen bakteriyalar odamlarda hayvonlarda turli-tuman kasalliklar vujudga keltiradi. Bularga stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Bular odamlarda turli-tuman yallig’lanishni vujudga keltiradi. Masalan, stafilokokklar odamda chipkon (furunkul)ni vujudga keltiradi. Patogen stafilokokklarga qoramollar, qo’y va echkilar, otlar, oq quyon va oq sichqonlar juda chidamsizdir. Patogen streptokokklar odamda va hayvonlarda turli-tuman yallig’lanishlarni, pnevmokokklar pnevmoniyani, meningokokklar meningitni, gonokokk lar gonoreya kasalliklarining sababchilaridir. Vabo kasalligining sababchisi pasterela, brutsellyoz kasalligini sababchisi brutsello koka bakteriyasidir. Patogen anaerob bakteriyalar qoqshol (stolbnyak), botulizm, gazli gangrena (qorason), to’qimalarning yemirilishi va boshqa kasalliklarning sababchilaridir. Patogen korinbakteriyalar difteriya kasalligini, patogen mikobakteriyalar sil kasalligini, patogen rikketsiyalar qizilchali tif (sipnoy tif) kasalligini vujudga keltiruvchilardir.
O’simliklarda har xil kasalliklarni vujudga keltiruvchi bakteriyalarni fitopatologiya fani o’rganadi. Fitopatologiya fani XIX asrning 30 yillarida tashkil topa boshlagan. Kasal o’simliklarni birinchi bo’lib D.Kandol tasvirlagan edi.
Berrilya (1882) birinchi bo’lib bakterioz kasalliklarini o’rganadi. Hozirgi vaqtda 300 dan ortik turga mansub bo’lgan o’simliklarda turli kasalliklarni ko’zg’atuvchi spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan bakteriyalar, mikobakteriyalar, psevdomonadalar va boshqa mikroorganizmlar ma’lum. Kasal tug’diruvchilar orasida monofaglar (faqat bir turdagi o’simliklarni kasallantiruvchilar) va polifaglar (ko’p turdagi o’simliklarni kasallantiruvchilar) ma’lum. Bakterioz kasalliklarining 25% bizning mamlakatimizga to’g’ri keladi, bu kasalliklar ma’lum areallar bo’yicha yoki keng maydonlarda uchrashi mumkin. Texnik o’simliklarning kasallanishi natijasida sanoatga katta zarar keltiradi. Masalan, danakli rszavor mevalarda uchraydigan kuyish, makkajo’xorida so’lish, pakanalanishi kasalliklari keng tarqalgan.
G’o’zada uchraydigan gommoz natijasida 60%, g’allalarda uchraydigan qorakuya natijasida 15-60% ga yakin, pomidorda uchraydigan rak natijasida 70-96% ga yaqin hosil nobud bo’ladi.
Yog’ochi qurilishda ishlatiladigan qayin, archa kabi daraxtlar ham keng miqyosda zararlanadi.
Fitopatogen psevdomonadalar. Bularning turi juda ko’p bo’lib, har xil o’simliklarda turli kasalliklar qo’zg’atadi. Bug’doyda qorakuya kasalligini vujudga keltiradi (10-rasm). Bu kasallik zararlangan don orqali tarqaladi. U Kanada, Meksika Avstraliyada va Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan. Bug’doy o’simligining hamma organlarini zararlaydi, hatto arpa, javdar va sulini ham zararlaydi.



7-rasm. Bug’doyning bakterioz kasalligi





Bug’doyning bakterioz kasalligi Ps.malvacearum g’o’zada gommoz kasalligini qo’zgatadi, kasallangan o’simlikning bargida ko’k-yashil yumaloq yoki uchburchak shakldagi yog’li dog’lar paydo bo’ladi, poya ham zararlanadi.

Keyin ko’saklarda oldiniga ko’k-yashil, keyinchalik qora rangli dog’lar hosil bo’ladi. Poyasi tez sinadigan bo’lib qoladi(8- rasm).


Kasallik xosilni kamaytirishi bilan birga. tolaning sifatiga ham salbiy ta’sir etadi. Bu kasallik zararlangan chigit orqali tarqaladi, barcha paxtakor rayonlarda uchraydi.
Ps.beticola lavlagi o’simligida sil kasalligini qo’zg’atadi. Asosan qand lavlagi va xashaki lavlagini zararlaydi. Bunday kasallangan lavlagining ildiz tugunaklarida turli o’smalar hosil bo’ladi (9-rasm). Kasallik Rossiya va AQSH da lavlagi ekiladigan barcha rayonlarda tarqalgan. U asosan zararlangan urug’, tuproq va o’simliklar qoldig’i orkali tarqaladi.

9-rasm. Lavlagining bakterioz kasalligi.


Ps. fobacia tamaki o’simligini kasallantiradi, uning barglari zararlanishi natijasida hosil 40-50% ga kamayadi, kasallik zararlangan ypyg’ orqali tarqaladi. Ps. angulata ham tamaki bargida sarik-yashil rangli dog’lar xosil qiladi, shu dog’lar ichidagi to’qimalar yemiriladi.
Ps. gorlenkovinum choy o’simligida rak kasalligini qo’zg’atadi. Po’stlog’i ostida bo’rtmalar hosil bo’ladi. Kasallik Gruziyada tarqalgan.
Ps. phaseoli dukkakdosh o’simliklarni zararlaydi. Barglarida qo’ng’ir rangli dog’lar hosil bo’ladi, hosil 20-40% ga kamayib ketadi (10-rasm).



Bulardan tashkari, beda, kartoshka, sabzi, pomidor, bodring, qovun, qovoq, karam (11-rasm); gulkaram, danakli rezavor mevalardan nok,



11-rasm. Karamning bakterioz kasalligi: I -kasallangan barg; 2-kasallangan bargdagi o’tkazuvchi naylarning ko’ndalang kesimi: 3-kasallangan bargdagi o’tkazuvchi naylarning uzunasiga kesimi.
tut, yong’oq, (12-rasm); tsitrus o’simliklardan limon, apelьsin, mandarinda uchrashi mumkin.

3
12-rasm. Danakli meva o’simliklarining bakterioz kasalligi: 1-olxo’ri ildizidagi rak kasalligi: 2-olxo’rining kasallangan barglari; 3-olxo’rining
kasallangan mevasi.



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish