Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Mikroorganizm hujayrasida energiyaning to’planishi



Download 19,33 Mb.
bet30/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Mikroorganizm hujayrasida energiyaning to’planishi. Mikroorganizm hujayrasi energiyani makroergik bog’lar holatida zaxira qiladi. Makroergik bog’larni gidrolitik parchalanishida ajralib chiqqan energiya biosintetik reaktsiyalarda ishlatilishi mumkin. Energiyani to’plash va tarqatishda qator moddalar - adeno-zintrifosfat (ATF), adenozindifosfat (ADF), tsitozintrifosfag (TSTF), uridintrifosfat (UTF), guanozintrifosfat (GTF), kreatin-trifosfat, atsetilfosfat va boshqa birikmalar katta ahamiyatga egadir. ATFning hosil bo’lishi energiya sarflanishi bilan bo’ladi. Masalan, bu holat substratning fosforirlanishida va elektronlarni transportida kuzatiladi. Energiyaga boy makroergik bog’lar ~RO4 simvoli bilan belgilanadi. Molekula oxiridagi fosfatni ajralib chikishida odatdagi kimyoviy bog’lar uzilgandagi 1,3.104 Dj o’rniga 3,4.104 – 5.0.104 Dj energiya ajraladi. Demak, makroergik ATF birikmalarini hosil bo’lishi mikroorganizmlar hujayrasida ma’lum miqdordagi energiya zaxira qilinadi va saqlanadi. Mikroorganizm hayoti uchun zarur har xil birikmalarni biosintezi jarayonida ular sarflanadi.
Organik birikmalarni oksidlanishi va qaytarilishi.
Hayvonlar havodan kislorodni o’zlashtirib, SO2 ni ajralishini A.L.Lavuaz’e 1780 yilda aniqlagan edi. Keyinchalik bu jarayon nafas olish deb, nom oladi. Bu xususiyat o’simliklarga ham xosdir. O’sha vaqtdan boshlab, moddalarni kislorod bilan birikishiga oksidlanish, moddadan kislorodni ajralishiga esa qaytarilish jarayoni deb ataldi.
Hozirgi kunda esa oksidlanish deb, ikki vodorod atomini olinishiga, yani bu esa ikki elektron va ikki protonni yo’qotilishiga teng bo’lib degidrirlash (degidrirovanie) deyiladi. Bu jarayonga qarama-qarshi jarayon - biror moddani qaytarilish jarayoni ikki atom vodorodni birikishiga (ikki atom elektron va ikki atom protonni) aytiladi. Bu jarayon gidrirlash (gidrirovanie) deyiladi. Oksidlanish quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
AN2  A + 2N
V +2N  VN2

Bu ikki reaktsiyaning summasi AN2ni V yordamida oksidlanishini ko’rsatadi:


AN2 + V  VN2 + A


Bu reaktsiyada AN2 - qaytaruvchi, vodorod donori V esa oksidlovchi, yoki vodorod aktseptoridir.


Oksidlanish tushunchasi fakat elektronlarni ko’chirish reaktsiyalarida ham ishlatiladi. Biror jarayonda atomlar yoki molekulalar elektron (e) yo’qotsa, oksidlanish deyiladi, teskari jarayon - qaytarilish deyiladi. Masalan, temir ikki oksidini temir uch oksidiga (ikki valentlik temir uch valentlik temirga) o’zgarishi elektron yo’qotish bilan o’tadi:
Fe2+  Fe3+ + ye-
Elektronlar ham vodorod atomlari ham muxitda to’planmaydi. Ular biror kimyoviy birikma tomonidan aktseptirlanishi lozim. Har qanday oksidlanish ketidan qaytarilish bo’ladi.
Biologik oksidlanish va qaytarilish reaktsiyalarida vodorod tashuvchilar bo’lib asosan ikki piridin nukleotidlari (anaerob degidrogenaza kofermentlari)-nikotinamidadenindinukleotid (NAD) va nikotinamidadenindinukleotid fosfat (NADF) hizmat qiladi. Oksidlayotgan substratdan vodorodni olib, ular qaytarilgan formata o’tadi (NAD.N2 va NADF.N2) va vodorodni boshqa aktseptorga o’tkazadi. NAD.N2 vodorodini asosan bijg’ishni oraliq mahsulotlariga yoki nafas olish zanjiriga beradi, NADF.N2 mikroorganizmlar hujayrasini tarkibiga kiruvchi har xil moddalarni biosintezida ishtirok etadi.
Mikroorganizmlar tomonidan olib boriladigan juda ko’p oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari ma’lum.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish