Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-MAVZU: MIKROORGANIZMLAR METABOLIZMI



Download 19,33 Mb.
bet27/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

7-MAVZU: MIKROORGANIZMLAR METABOLIZMI


Reja:

  1. Katabalizm

  2. Biosintez.

  3. Fermentlar ishtiroki

  4. Mikroorganizmlarning nafas olishi

Katabolizm va biosintez hakida tushuncha. Oksidlanish protsessining eng takomillashgan formasi va hayot uchun zarur bo’lgan energiya ajratadigan protsess bu nafas olishdir. Har bir tirik organizmga xos nafas olish tipi muayyan protseesga xizmat kiluvchi fermentlar yig’indisiga bog’liq. Nafas olish protsessida shakarlar, oqsillar, yog’lar yoki hujayradagi boshka zaxira moddalar xavo kislorodining ishtiroki bilan oksidlanadi, oqibatda karbonat angidrid bilan suv hosil bo’ladi. Protsessda ajralib chiqqan energiya mikroorganizmlarning hayot faoliyati uchun o’sishi va rivojlanishi uchun sarf bo’ladi.
Nafas olish protsessini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
S6N2O6 + 6O2 = 6SO2 + 6N2O + 2,87 × 106 J
Yuqoridagi tenglamadan ko’rinib turibdiki, nafas olish protsessida ko’p mikdorda energiya ajralar ekan, lekin u oz-ozdan ajraladi. Uning bir qismi ATFda to’planadi, zarur bo’lgan vaqtda ATF parchalanadi va hayot uchun zarur energiya ajraladi. Nafas olish protsessida sodir bo’ladigan fermentativ reaktsiyalar hayvonlarda, o’simliklarda va ko’pchilik mikroorganizmlarda bir xilda boradi.
Mikroorganizm hujayrasiga o’tgan moddalar har xil kimyoviy reaktsiyalarda qatnashadi. Bundan tashkari hujayra hayot faoliyatida ishtirok etadigan kimyoviy reaktsiyalarning hammasi birgalikda metabolizm (modda almashish) deyiladi. Bu jarayonlarni mikroor­ganizmlarda o’tish mexanizmlarini quyida Mishustin va Yemtsevlar (1987) bo’yicha beramiz. Metabolizm o’zida mikroorganizm hayot faoliyati uchun muhim bo’lgan ikki asosiy gurux jarayonlarini katabolizm va biosintezni birlashtiradi.
metabolizm = katabolizm + biosintez
Katabolizm yoki energiya almashinishi, yuqorida aytilgandek ozuqa moddalari - uglevodlar, oqsil va yog’larining parchalanishi oksidlanish reaktsiyalari hisobiga amalga oshib, natijada energiya ajralib chiqadi. Katabolizmda ajralib chikkan erkin energiya ATF shaklida to’planadi. Mikroorganizmlarda ikki xil katabolizm mavjud bo’lib, ular: aerob nafas olish va bijg’ish jarayonlaridir.
1) Aerob nafas olishda, organik moddalar to’lik parchalanadi va ko’p mikdorda energiya ajralib chiqadi. Oxirgi maxsulot sifatida energiyaga kambag’al moddalar (SO2, N2O) xosil bo’ladi.
2) Bijg’ish jarayonida esa organik moddalarning chala parchalanishi kuzatiladi. Kam mikdorda energiya ajralib chiqadi va energiyaga boy oxirgi maxsulotlar (etanol, sut kislota, moy kislota va xokazolar) xosil bo’ladi.
Biosintez (konstruktiv modda almashish) jarayonida atrof muxitdagi sodda birikmalardan makromolekulalar (nuklein kislota, oqsillar, polisaxaridlar va boshqalar) sintezlanadi. Bu jarayonda katabolizmda ajralib chiqqan erkin energiya sarflanadi. (Bunday energiya fotosintez, xemosintez va boshqalarda ham xosil bo’ladi va ATF xolida to’planadi). Katabolizm va biosintez bir vaqtda o’tadi, ko’pincha reaktsiyalar va oraliq maxsulotlar ular uchun umumiy bo’lishi mumkin.
Energiya manbai bo’lib tashki muhitdan kirgan oziq moddalar xizmat qiladi. Hujayrada bu moddalar fermentlar ishtirokida o’zgarishlarga uchraydi. Dsmak, metabolizmda asosan ikki funktsiya amalga oshadi: hujayra komponentlari uchun qurilish materiallari yetkazib beriladi; ikkinchidan hujayradagi sintez protsesslari uchun energiya yetkazib beriladi. Ba’zi adabiyotlarda metabolizmni asosan uch bosqichdan iborat, ya’ni birinchi bosqichda oziq maxsulotlari kichikrok fragmentlarga (bo’laklarga) parchalanadi (parchalanish - katabolizm); ikkinchi boskichda organik kislotalar va fosforli efirlar hosil bo’ladi (oraliq moddalar almashinuvi - amfibolizm). Bu bosqichlar bir-biriga chambarchas bog’liq. Turli kichik molekulali birikmalardan: pirouzum kislota, sut kislota, sirka alьdegid, fosfodioksiatseton, fosfoglitserindan, xujayra komponentlari - kurilish bloklari: aminokislotalar, purin va pirimidin asoslari, fosfatlar, organik kislotalar va boshkalar sintezlanadi. Bulardan polimer makromolekulalari (nuklein kislotalar, zapas ozik moddalar, hujayra qobig’i va xokazolar) hosil bo’ladi. Bu bosqichlar, ya’ni qurilish bloklari va polimerlarning sintezlanishi moddalar almashinuvining uchinchi bosqichi — anabolizm deb nomlanadi.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish