Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Azot to’plovchi mikobakteriyalar



Download 19,33 Mb.
bet51/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Azot to’plovchi mikobakteriyalar. Keyingi yillarda atmosfera azotini o’zlashtiruvchi mikobakteriyalarning yangi turlari topilgan. M.V.Fyodorov va T.A.Kalininskaya (1960) Mus.flavum ni kashf etganlar. Kalininskaya (1963) azot to’plovchi mikobakteriyalarni turli moddalarga bo’lgan talabiga qarab 3 guruxga bo’ladi:
1) vitamin talab qiluvchilar, 2) aminokislota talab qiluvchilar, 3) o’z oziq muhitida oz mikdorda bog’langan azot bo’lishini talab qiluvchilar kiradi.
N.P.Lьvov (1964) podzol tuproqlardan yangi tur Asotoabsortum ni topadi, bu bakteriya muhitda oz miqdorda bog’langan bo’lsagina atmosfera azotini o’zlashtira oladi. 1g shakar hisobiga 9-11 mg azot to’playdi. Oziq sifatida organik kislotatar va spirtlardan foydalanadi. Bu bakteriya yana ikkita yo’ldosh bakteriyalar bilan birga uchraydi. Bular glyukozani o’zlashtirib, organik kislotalar hosil qiladi. Molibden mikroelementi berilsa, azotobakterlarning ish faoliyati ortadi, chunki molibden gidrogeneza fermentining aktivligini oshiradi. Ba’zi vakillariga, masalan, Mycobacterium flavum, Az.agile ga vannadiy mikroelementi ham yaxshi ta’sir etadi.
Mis (Si) mikroelementa 1l suvda 5 mg (CuSO4) eritilsa, Az. Bejerinckiae va Mus. flavum ning aktivligini oshirsa, Az. chroococcum ga salbiy ta’sir etadi.
Lishayniklar tomonidan atmosfera azotining o’zlashtirilishi. Lishayniklar suvo’ti bilan zamburug’lardan tashkil topgan simbioz organizmlardir. 1936 yili lishaynik tanasidan uchinchi vakil azot to’plovchi bakteriya ajratib olingan. Lekin Krasilьnikov bu fikrga qarshi chiqadi. U lishaynik tanasidan Pseudomonas va Bacterium ni ajratib oladi. 1973 yilda P.A.Genkelь va T.T.Plotnikova ba’zi lishayniklardan azotobakter beyerinskiyani ajratib oladilar, bu bakteriyalar ham 1g mannit hisobiga 4,6-6,7 mg azotni o’zlashtiradi. Genkelь fikrini ko’pchilik olimlar tan olishgan.
Qishlok xo’jaligi uchun azotfiksatsiyaning ahamiyati. Mikroorganizmlar tomonidan atmosfera azotining o’zlashtirilishi yer yuzida biologik yo’l bilan to’planadigan hosilning umumiy miqdoriga katta ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun atmosfera azotining biologik yo’l bilan o’zlashtirilishini o’rganish qishloq xo’jaligi va biologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masalalardan biridir.
Er qobig’idagi azotning umumiy mikdori (massasi) 0,04%, havo tarkibida 78% molekulyar azot uchraydi yoki 4-1015 t ga teng. Lekin na odamlar, na hayvonlar va na o’simliklar molekulyar xoldagi azotni o’zlashtira olmaydi.
Taxminiy hisoblarga ko’ra, bir yilda yer yuzi bo’yicha o’simliklar 100-110 mln tonna azot talab qilar ekan. Mineral o’g’itlar bilan esa atigi 30 % azot tuproqqa tushar ekan.
2000 yildan so’nggi yillarda yer yuzida bir yilda 110 mln tonna dan ortiq azotli o’g’it ishlab chikarilsa, hosildorlik ikki marta ortadigan bo’lsa, unda hosil bilan birga tuproqdan 200 mln tonna azot chiqib ketar ekan. SHuning uchun bunda mikrobiologik protsesslar muhim ahamiyatga ega bo’lib qolaveradi. Azot to’plovchi bakteriyalar yordamida (D.N.Pryanishnikov ma’lumotlari bo’yicha): beda bir yilda 1ga yerda 150-160 kg, sebarga 300kg, lyupin 160kg, soya 100kg, burchoq 80kg, no’xat 60kg, loviya 70kg azot to’plar ekan. Azot to’plovchi bakgeriyalar 3 kg dan to 5kg gacha azot to’plar ekan.
Mishustin hisobiga ko’ra, mamlakatimizda barcha dukkakdosh o’simliklar bir yilda 2,3 million tonna, azot to’plovchi bakteriyalar 3,4 million tonna azot to’plar ekan. SHunday kilib, biologik yul bilan tuplanadigan azot mikdori 5,7 million tonnani tashkil etar ekan.
Demak, tabiatda azot doim aylanib turar ekan. Yashil o’simliklar bog’langan azotdan va uglevodlardan uz tanasida oksil sintezlaydi. O’simliklarni hayvonlar iste’mol kiladi. Nobud bo’l­gan o’simlik va hayvonlar qoldig’i bakteriyalar tomonidan chirish protsessiga uchraydi va NH3 hosil bo’ladi. NH3 ning bir qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtirilsa, bir qismi nitrifikatsiyaga uchraydi.
Azot to’plovchilar atmosfera azotini o’zlashtirib, yana oqsillar sintezini ta’minlaydi, bu oqsillar chirituvchi bakteriyalar tomonidan parchalanadi. Denitrifikatorlar nitratlarni parchalab, atmosferaga azot qaytaradi. SHunday qilib, azot tabiatda aylanib yuradi.



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish