Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet53/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Azotobakterin. Azotobakterin tarkibida azotobakter bo’ladi, uni tayyorlash uchun azotobakter agarli muhitda o’stiriladi. 1 grammida 40 mln azotobakter bo’ladi, 1ga yerga ekiladigan urug’lar uchun 10-15g yetarli.
Azotobakterin Rossiyada 1930 yillardan boshlab ishlatib kelinmokda, u kulrang va qora tuproqli yerlarda o’sadigan o’simliklar xosilini 6-10% ga oshiradi, ko’proq sabzavot o’simliklarida yaxshi natija beradi (12-jadval).
12- j a d v a l
Sabzavotlar hosildorligiga azotobakterinning ta’siri

O’simliklar

Tajribalar

Hosildorlik (ga/ts)

Hosilning




soni

kontrol

azotobakterinli

ortishi (%)

Karam

19

230

307

33

Pomidor

0

168

215

28

AMB preparati. Bu preparat tarkibida har xil bakteriyalar: ammonifikatorlar, azotfiksatorlar, tsellyulozani parchalovchilar uchraydi. Bu bakteriyalar tabiiy unumdor tuproqlarning asosiy mikroflorasini tashkil etadi. SHuning uchun avtoxton mikroflora deb ataladi. Odatda, kech kuzda va qish oylarida kislotali tuproqlarda nam ko’p bo’lishi va tuproq temperaturasining pasayib ketishi natijasida mikroorganizmlarning aktivligi pasayib ketadi. SHuning uchun har gektar yerga 250kg dan AMB preparati solinsa, yaxshi natija beradi. Quyidagi jadvalda AMB preparatini qo’llanish natijasida hosildorlikning ortishi ko’rsatilgan (13-jadval).
13-jadval
AMB preparatining hosilning ortishiga ta’siri



O’simliklar

Xosil (ga/ts)

Xosilning ortishi

kontrol

AMB

ga/ts

%

Kuzgi bug’doy













Lyutestsens - 62

26.2

30,4

4,2

16,0

Xashaki lavlagi

136,0

229,0

93,9

68.4

Kartoshka

80,0

110,9

30,9

38,6

Hozirgi vaqtda AMB preparati ko’proq parniklarda yetishtiriladi. Buning uchun parnikdagi go’ng ustiga 30-40 sm qalinlikda AMB preparati sochiladi va uch hafta shu xolda saqlanadi. Keyin bu yerda ko’chat yetishtiriladi. Ko’chatlar olingandan keyin go’ng sabzavotlarni o’g’izlash uchun ishlatiladi.
Fosforobakterin. 1935 yili A.A.Menkina tuproqdan organik birikmalardagi fosforni parchalaydigan bakteriyalarni ajratib oladi. Bu bakteriyalar organik moddalardagi fosforni o’zlashtiradi va fosfat kislota hosil qiladi. Fosfat kislotani o’simliklar o’zlashtira oladi. Ko’pchilik tuproqlarda organik xoldagi fosfor 28­-85% gacha bo’ladi, lekin undan yuksak o’simliklar foydalana olmaydi.
Organik holdagi fosforni parchalovchi bakteriyalar 2 xil: spora hosil qiluvchi Vas. megatherium var. phosphticum va spora hosil qilmaydigan Bact. serratia var. phosphaticum bo’ladi.
Vas. megatherium yirik, 5-6 mkm uzunlikdagi, eni 1,8-2mkm, sporasining uzunligi 1,2 mkm, eni 0,7 mkm bo’lgan bakteriyadir.
Bact. serratia 1,8-2 mkm uzunlikdagi tayoqchasimon, eni 0,5 mkm bo’lgan fakulьtativ anaerob bakteriya.
1ga yerga sepiladigan urug’lar uchun fosforobakterinning 250 g yetarlidir. Quyidagi jadvalda suli va tariq hosildorligiga fosforobakterinning ta’siri ko’rsatilgan (14, 15-jadvallar).
Azospirillum. J.Dobereyner (Braziliya) o’t o’simliklarning rizosferasidan azot o’zlashtiruvchi bakteriyalarni ajratib oldi. Ular egilgan tayoqcha shaklida bo’lib, asosan ildizning yuqorigi qismida rivojlanadi. Azospirillalar yuqtirilgan o’simliklarning hosildorligi 15-30% ga oshadi.
Alьgolizatsiya. Tuproqqa tsianobakteriylarni solib azot miqdorini oshirish usuli alьgolizatsiya deyiladi. Bu usul ayniqsa sholipoyalarda yaxshi natija bermokda.


14-jadval
Suli hosildorligiga fosforobakterinning ta’siri (R.A.Menkina ma’lumoti)

Tajriba variantlari

Torfli tuproq (g)

Donning ortishi (%)

Kontrol

16,2

100

Fosforobakterin

23,3

140

Fosforit uni

26,4

162

Superfosfat

28,7

177












15-jadval
Tariq hosildorligiga fosforobakterinning ta’siri (M.M.Efimtsev ma’lumoti)

Tajriba variantlari

Don xosili

Xosilning ortishi




(ga/ts)

tsentner

%

Kotrol



18,3





Superfosfat turli joylarga sepilgan

8kg donador R205 urug’ bilan berilgan





22,2
23,7

3,9
5,4

21,3
29,5

Fosforobakterin

23,8

5,5

30.0













30kg R2O5 fosforobakterin

24.8

6,5

35,4

8kg donador R2O5+ fosforobakterin

28,4

10,1

55,2



"Silikat" bakteriyalar preparati. V.G.Aleksandrov alyumosilikatdan kaliyni ajratib olish uchun spora hosil qiluvchi "silikat" bakteriya (Bac.mucilaginosus siliceus) ishlatishni tavsiya qildi. Urug’ga "Silikat" bakteriyalar bilan ekishdan ilgari ishlov beriladi. Xosildorlik doimo stabil oshmagani sababli, bu o’g’it keng qo’llanilmadi.
3- MAVZU: VIRUSOLOGIYANING PREDMETI VA VAZIFALARI
Reja:

  1. Virusologiya fanining ahamiyati

  2. Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati

  3. Viruslar tabiati haqidagi D.I.Ivanovskiylarning fikrlari.


Virusologiya fanining ahamiyati. Odam, hayvon va o’simlik viruslarining keltiradigan zarari. Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati. D.I.Ivanovskiy ishlarining ahamiyati. Bakteriofaglarning kashf qilinishi. Tvort, D.Errel ishlarining ahamiyati. Viruslar tabiati haqidagi D.I.Ivanovskiylarning fikrlari.
XVIII asr oxirlarida ishlangan ba’zi rasmlarda, kishilarni shoxli qilib yoki ular oyog’ining mol tuyog’iga o’xshatib chizilganligini ko’rish mumkin. Buning sababi shundaki, o’sha davrda, Angliyada odamlarni ancha kuchsiz o’tadigan mol chechagi bilan emlab, ularda odam chechagiga qarshi immunitet hosil qilish boshlangan edi. Ko’pchilik bunga shubha bilan qarar edi. CHunki ularda, bu xil emlash natijasida odamlarga molning tabiati o’tishi mumkin, degan fikr hukm surar edi.
Bunday emlash, aslida, Xitoy va Turkiya, keyinchalik, yana Angliyada keng qo’llanilgan. Ammo bu tadbir emlash yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi sababli, ko’pincha, kasallikdan saqlash o’rniga kishilarning o’limiga sabab bo’lardi.
Angliya sut sog’uvchilarining, ko’pincha, mol chechagi bilan yengil-elpi kasallanib, odam chechagi bilan og’rimasligi vrachlar e’tiborini jalb etdi. Kuzatishlar natijasida angliyalik Eduard Djenner chechak bilan og’rimaslik yo’lini topdi. U mol chechagi pufakchalari ichidagi suyuqlikdan odamlarni emlashda foydalandi. Emlangan kishilar mol chechagi bilan yengil kasallansada, og’ir kasallik bo’lgan odam chechagi bilan, umuman, kasallanmagan. Djenner bu metodni «Vaktsinatsiya» deb atadi («vaktsa» - lotincha «sigir» degan ma’noni bildiradi).
Vaktsinatsiyaning asl sababi nima? Kishilarni vahimaga solgan chechak, poliomielit kasalliklari qaysi sabablarga ko’ra yuzaga keladi? Bu kasalliklarning tabiati qanday, degan savollarga yuz yillardan keyin, viruslarning kashf etilishi va ularning asl tabiati o’rganilgandan so’nggina javob topildi.
Odamlar, hayvonlar va o’simliklarning bir qancha yuqumli kasalliklari qadim zamondan beri ma’lum. Ulardan eng xavflilari atrofga juda tez tarqalar, ko’plab aholi va tirik jonzotlarning qirilib ketishi, o’simliklarning nobud bo’lishiga sabab bo’lar edi. Masalan: VI asrda o’lat kasalligidan Rim imperiyasining yarim aholisi, 1916 yili Nьyu-Yorkda poliomelit kasalligidan 2000 kishi nobud bo’ldi va 7000 kishi mol kasalligiga uchradi. 1918 yildagi gripp epidemiyasidan jahon bo’yicha 500 million kishi kasallangan bo’lsa, ulardan qariyb 20 millioni halok bo’ldi. Bunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Buyuk frantsuz olimi Lui Paster qutirish kasalligi ustida uzoq vaqt tajribalar o’tkazib, bu kasallikni vujudga keltiruvchi «sababchi»si bosh va orqa miyada joylashganligini aniqladi. L.Paster quturgan hayvon miyasini ma’lum qismidan namuna olib, kasallik qo’zg’ash xususiyatini pasaytirdi va bu modda sog’lom itga yuqtirilganda, itning bu kasallik bilan kasallanmaganligi aniqlandi. Natijada, odamlar va hayvonlarda qutirish kasalligining oldini olish choralari topildi.
Lui Pasterdan bir necha asr ilgari (980-1037) Abu Ali ibn Sino qutirish hamda qizamiq kasalliklarining paydo bo’lishi va uning davolash yo’llarini o’zining «Al qonun» nomli asarida ko’rsatib berdi.
O’simliklar dunyosida virus kasalliklari, masalan: lola gulining har xil tusda ochilishi, kartoshkaning kasallanishi, shaftolining sariq kasalligi qadimdan ma’lum. Virus kasalligi sababli, bir yillik va ko’p yillik o’simliklardan olinadigan hosilning kamayib ketishi yoki bu o’simliklarning tag-tugi bilan yo’qolib ketishi kabi hollarni ko’plab uchratish mumkin.
Masalan: Amerikaning shimoliy-sharqida, shaftoli daraxtining sariq kasalligi keng tarqalgan yillari yuz minglab daraxtlar, Djordjiya shtatida esa, bu daraxtlarning «kalta bo’g’im» (ukorochenie mejdu uzlami) kasalligiga uchrashi tufayli milliondan ortiq meva daraxti kesib tashlandi.
Bu kasallikdan tashqari, SHimoliy Amerikada shaftolining 18 xil virus kasalligi aniqlandi. O’simliklarning virus kasalligi, G’arbiy Afrikada millionlab kakao daraxtlarini yo’q bo’lib ketishiga sababchi bo’ldi. Dunyo miqiyosida yetishtiriladigan kartoshka hosili 10 foizgacha kamaydi.
Tamaki mozaikasi virusi ta’sirida Qo’shma SHtatlarning o’zida, tamakidan kelgan zarar 18143,7 tonnani tashkil etdi. Angliya parniklarida yetishtiriladigan pomidor hosilining kamayib ketishi ham virus kasalliklarining natijasidir.
Virus kasalligi ko’pgina o’simliklar, jumladan, qulupnoy va malinaning qimmatbaho navlarini yo’qolib ketishiga sabab bo’lmoqda. Karam, lavlagi, dukkakli o’simliklar, qovoqsimonlar, gullarning ham viruslar bilan kasallanishi qishloq xo’jaligiga ko’plab zarar yetkazadi.
Yillar o’tishi bilan bu kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar aniqlana boshlandi. Ayniqsa, D.I.Ivanovskiy tomonidan viruslarning kashf etilishi mikroorganizmlar dunyosining juda kengligini va bakteriyalardan ham mayda bo’lgan hujayrasiz organizmlar mavjud ekanligini ko’rsatdi. Bular bakteriyalarni tutib qoluvchi chinni filtrlardan ham o’tuvchan, turli yuqumli kasalliklar tug’diruvchi hujayrasiz organizmlardirki, ular fanda filtrlanuvchi viruslar «virus» so’zi lotin tilida «zahar» degan ma’noni bildiradi.



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish