Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Virusologiyada qo’llaniladigan tekshiruv usullari



Download 19,33 Mb.
bet59/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Virusologiyada qo’llaniladigan tekshiruv usullari
Bu usullarning murakkabligi, eng avvalo, viruslarning qat’iy hujayra ichi parazitligi va ular o’lchamlarining kichikligi bilan bog’liqdir.
Virusli infektsiyali bemorlardan olingan materiallarni laboratoriya diagnostika qilish maqsadida turli xil tekshirish usullari qo’llaniladi:

  • Elektron va yorug’lik mikroskopiya usuli;

  • Hujayra kulьturalarida viruslarni o’stirish va ajratib olish (ularning tsitopatik ta’sirini, gemadsorbtsiya qilish xususiyatini va viruslarning hujayraga ta’sirining boshqa ko’rinishlarini aniqlash) usuli;

  • Rivojlanayotgan tovuq embrionida va sezgir tajriba hayvonlar organizmida o’stirish va ajratib olish;

  • Gemagglyutinatsiya qilish xususiyatiga ko’ra viruslarni ajratish;

  • Turli xil serologik tekshirish usullari: an’anaviy serologik reaktsiyalar (komplementni bog’lash reaktsiyasi, geldagi pretsipitatsiya reaktsiyasi va boshqalar) va ekspress-usullar; eng ko’p ahamiyatga ega reaktsiya – bu viruslarni neytralizatsiya reaktsiyasi hisoblanadi. Bu reaktsiya viruslarni identifikatsiya qilish, virus antigeni yoki antitelolarini aniqlash maqsadida turli xil ob’ektlarda (hujayra kulьturalarida, tovuq embrionida, kamdan-kam hollarda hayvonlarda) o’tkaziladi;

  • Molekulyar-genetik tekshirish usullari – molekulyar gibridizatsiya va polimeraza zanjirli reaktsiya.

SHunday qilib, virusologiyada ham maxsus virusologik tekshiruv usullari, ham umum qabul qilingan mikrobiologik usullar qo’llaniladi.
Quyida viruslar bilan ishlashning asosiy usullari keltirilgan.


Virusli infektsiyalarda tekshiriluvchi materiallar
Odamlar va hayvonlardan infektsion material olishda viruslarning ma’lum to’qima va a’zolarga tropizmi, ularning atrof muhitga tarqalish yo’llarini va virusli infektsiya patogenezining o’ziga xosligini hisobga olish kerak. Bu omillar hisobga olinganda infektsion material kerakli vaqtda va to’g’ri olinadi hamda tekshiruvlar samarali bo’ladi.
To’qimali (a’zoli) tropizm – bu virus turining ma’lum sezuvchan hujayralarda ko’paya olishi bo’lib, keyinchalik shu to’qima va a’zolarda patologik jarayonning rivojlanishi, ya’ni shu virus bilan zararlanishi kuzatiladi.
Viruslarning to’qimali (a’zoli) tropizmi hujayralarda maxsus retseptorlarning mavjudligi va virusning shu hujayralarda reproduktsiyalanishi bilan aniqlanadi. Pnevmotrop, enterotrop, gepatotrop, limfotrop, neyrotrop va dermotrop viruslar farqlanadi.
Tropizmga bog’liq holda tekshiruvda turli materiallar qo’llaniladi. Masalan: pnevmotrop virus bo’lsa, halqumdan shilliq va balg’am, enterotrop viruslarda najas, dermotrop viruslarda vezikula yoki pustuladan suyuqlik olib tekshiriladi. Tropizmiga ko’ra viruslar shartli ravishda bo’linadi. Hamma viruslar ham bu sxemaga to’g’ri kelmaydi. Lekin shunga qaramay, viruslarni tropizm xususiyatiga ko’ra ajratish amaliyot ishlarida qulay hisoblanadi.



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish