Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


- fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi. 7- faza



Download 19,33 Mb.
bet23/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

6- fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi.
7- faza - hujayralarning logarifmik o’lim fazasi deb nomlanib, o’lish doimiy tezlikda davom etadi.
6 va 7- faza birgalikda o’lim fazasi deb atalib unda o’luvchi hujayralar soni ko’payuvchi hujayralar sonidan ko’p bo’ladi.
8- fazada hujayralarning o’lishi asta sekin kamayadi.
Oxirgi fazada hujayralar o’limi ozuqa muhiti fizik-kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Bakteriya uchun noqulay sharoit yuzaga keladi. Hujayralar shunday tezlikda o’ladiki oxiri hammasi qirilib ketadi. Bundan tashqari bakteriyalarni ko’payishining oziqa muhitini doimiy yangilab turib ko’paytirish usuli ham bor. Bu xil ko’paytirish xemostat yoki turbidiostatlarda amalga oshiriladi. Sanoatda bu usul keng qo’laniladi.

Nazorat uchun savollar


1. Bakteriya hujayrasining o’sishi deganda nima tushuniladi?


2. Bakteriyalarning ko’payish usullari va ularga ta’rif bering.
3. Bakteriyaning rivojlanish fazalariga tavsif bering.
4. Bakteriyalarning uzluksiz ko’payishi qanday yo’l bilan amalga oshiriladi?
6-MAVZU: PROKARIOTLARNING OZIQLANISHI


Reja:

  1. Bakteriya hujayrasidagi asosiy kimyoviy birikmalar va elementlar.

  2. Kimyoviy elementlarga bo’lgan ehtiyoji.

  3. Prokariotlarning uglerod manbaiga qarab guruhlarga bo’linishi.

  4. Oziqlanish tiplari. Oziqa moddalarining mikroorganizmlarga o’tishi.

  5. Mikroorganizmlarning nafas olishi

Mikroorganizmlarning oziqlanishi butun tanasi orqali osmotik yo’l bilan amalga oshadi. Osmos bu eritmalarda moddalarning yarim o’tkazgich membranadan diffuziya bo’lishi. Bunday membranadan moddalar har xil tezlik bilan o’tadi, ba’zi moddalar jumladan kolloid moddalar o’ta olmaydilar. Mikroorganizmlarning o’sishi uchun suv juda zarur. CHunki oziqa moddalari suvda erigan holda bo’lib, ularni bakteriyalar olib, o’z hujayralarini tiklaydi va energiya oladi. Oziqa muhitlarida, mikroorganizm hujayrasini olishi uchun kerak bo’lgan hamma elementlar, mikroorganizm o’zlashtiradigan holatda bo’lishi kerak.


Tirik organizmning asosiy xususiyatlaridan biri moddalarning almashinishi. Bu ikki jarayonni o’z ichiga oladi: birinchisi mikrob hujayrasidagi asosiy qismlarni sintez qilish uchun tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarning mikrob hujayrasiga kirishi. Ikkinchisi esa mikroblarning hayot faoliyatida paydo bo’lgan moddalarning tashqi muhitga chiqishi, ya’ni almashinuv jarayoni. Almashinuv (metabolizm) ikkiga: assimilyatsiya (anabolizm) va dissimilyatsiya (katabolizm)ga bo’linadi. Bu ikkala jarayon bir-biri bilan tirik hujayrada doim chambarchas bog’liq va ajralmasdir. Mikroorganizmlarda oziq hazm qiladigan maxsus organ yo’q. Oziqni ular butun tanasi bilan ikki tomonlama osmotik hodisalar hisobiga iste’mol qiladi. Natijada ma’lum oziq moddalarning to’xtovsiz ravishda hujayraga o’tishi va moddalar almashinuvi mahsulotining hujayradan chiqib ketishiga sabab bo’ladi. Mikroblarning hujayrasi bir sutkada, vazniga ko’ra 20—30 marta ko’p oziqli moddalarni o’zlashtiradi.
Bakteriyalar biomassasini tsentrifuga yordamida ajratib olib, cho’kma analiz qilinganda uning 70-85 %i suv, 15-30% ni quruq biomassa tashkil etgan. Agar bakteriya hujayrasi ko’p zaxira moddalar (lipidlar, polisaxaridlar, polifosfatlar yoki oltingugurt) tutsa, uning quruq moddasi ham ko’proq bo’ladi.
Bakteriyaning quruq moddasi - bu asosan polimerlar oqsil 50%, hujayra devori moddalari (10-12%), RNK (10-20%), DNK (3-4%), hamda lipidlar (10%) dan tashkil topgan. Eng muhim kimyoviy elementlardan: uglerod - 50%, kislorod - 20%, azot - 14%, vodorod - 8%, fosfor - 3%, oltingugurt - 1%, kaliy - 1%, magniy - 0.5% va temir - 0.2%.
Kimyoviy elementlarga bo’lgan extiyoj. Hujayrani qurish uchun zarur elementlar makro- va mikroelementlarga bo’linadi. Makroelementlarga hamma organizmlarda uchraydigan 10 ta element - uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, temir kiradi. Mikroelementlarga: marganets, rux, molibden, mis, kobalt, nikel, vannadiy, bor, xlor, natriy, selen, kremniy, volfram va boshqa elementlar kirib, qaysiki ularga hamma organizmlar muhtoj.
Uglerod manbai. Fotosintez yoki anorganik moddalarning oksidlanishidan energiya oladigan organizmlar, asosiy uglerod manbai sifatida ko’pincha SO2 ishlatish qobiliyatiga ega. S-avtotrof organizmlar SO2 ni qaytaradi. Qolgan organizmlar esa uglerodni organik moddalardan oladi. Organik moddalar ham energiya, ham uglerod manbai bo’lib xizmat qiladi. Tabiatda polisaxaridlardan tsellyuloza va kraxmal ko’p . Bu moddalarning struktura elementi bo’lgan glyukozani ko’p mikroorganizmlar ishlatadi. Umuman mikroorganizmlar boshqa organik birikmalarni ham o’zlashtirish qobiliyatiga egadir.
Qo’shimcha moddalar (kiritmalar). Mikroorganizmlarning o’sishi uchun o’sish moddalari ham zarur. Bunday o’sish faktorlari 3 guruh birikmalar - aminokislotalar, purinlar, pirimidinlar va vitaminlardir. O’sish faktorlariga muhtoj organizmlarni auksotrof organizmlar deyiladi. O’sish faktorlariga muhtoj bo’lmaganlari esa prototrof organizmlar deyiladi.
Uglerod manbaiga qarab ( kontrastruktiv metabolizm uchun) prokariotlar ikki guruhga bo’linadi: avtotroflar hujayraning barcha komponentlarini karbonat angidriddan sintez qiluvchilar va geterotroflar - konstruktiv metabolizm uchun uglerod manbai sifatida organik birikmalarni ishlatuvchilar. «Avtotrofiya» grekcha autos - o’zim, tropos ­­- ovqat degan ma’noni anglatib, mustaqil ovqatlanish degan ma’noni bildiradi, «geterotrofiya» so’zi grekcha heteros - boshqa va tropos - ovqat, ovqatlanish degan ma’noni anglatadi. Mikroorganizmlar ichida obligat hujayrada parazitlik qilib yashovchi geterotroflari ham bor, ularga rikketsiylarni misol qilib keltirish mumkin. Yana bir xil geterotrof ovqatlanuvchilari bo’lib, ularni fakultativ parazitlar deyiladi. Ular sun’iy oziqa muhitida o’sadi. Oziqa muhitga go’sht gidrolizati, qon yoki uning zardobi, vitaminlar to’plami, nuklein kislota va ho kazolarni solish zarur.
Geterotroflardan yana bir guruhi saprofit mikroorganizmlar bo’lib, ular boshqa organizmlarga muhtoj bo’lmasa ham, tayyor organik moddalarni talab etadi. «Saprofit» so’zi grekcha sapros-chirigan, fiton - o’simlik degan ma’noni anglatadi.
Suv havzalarida organik moddalarning tuban kontsentratsiyasi sharoitida yashaydigan oligotrof bakteriyalar ham mavjud.
Oziqlanish tiplari. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarni oziqlanish tipiga qarab klassifikatsiyalaganda, e’tibor ularning energiya va uglerod manbalarini o’zlashtirishiga qaratiladi.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish