Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet101/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Kerakli jixozlar: Mikroskop, buyum oynasi, suv, filьtr qog’oz, Lyugol eritmasi.
Umumiy ma’lumot: Mikrobiologiya amaliyotida bakteriya hujayralarini Gram bo’yicha differensial bo’yash usuli keng tarqalgandir. Bu usulda bo’yash 1884 yili daniyalik olim X. Gram tomonidan kiritilgan va o’sha davrdan boshlab diagnostika belgisi sifatida ishlatiladi. Bakteriyalar grammusbat (Gram +) va grammanfiy (Gram –) deb farqlanadi. Grammusbat bakteriyalarni gensianviolet bo’yog’i bilan bo’yab, ba’zi moddalar bilan ishlov berib (protravlivanie), so’ngra 96% etanol bilan ishlov berilsa, binafsha rang saqlanib qoladi. Grammanfiy bakteriyalarda esa, gensianviolet bilan bo’yalsa ham, etanol ta’sir etganda rangsizlanib qoladi. Ularni qo’shimcha birorta bo’yoq, masalan, fuksin bilan bo’yash mumkin. SHunday qilib, Gram usulida bo’yashning bosqichlarini amalga oshirgandan so’ng, grammusbat bakteriyalar binafsha rangga, grammanfiylari esa qizil rangga bo’yaladi.
Qator mualliflarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, Gram + va Gram – bakteriyalar faqatgina bo’yashda farqlanmasdan, balki ba’zi antibiotiklarning (penitsillin) ta’siriga, sulfamid preparatlarining, lizotsimning, proteolitik fermentlarning va boshqalarning ta’sirlariga bo’lgan sezgirliklariga qarab ham farqlanadi. Yana aniqlanishicha Gram + bakteriyalar 1% NaOH da erimaydi. Gram – lar esa to’la erib ketadi.
Hozirgi vaqtda ko’pgina tadqiqotchilar Gram bo’yicha bo’yalgan bakteriyalarning bu xususiyatlarini hujayra devorining molekulyar qurilishi va kimyoviy tuzilishiga bog’lashmoqda.
Odatda, Gram usulida bo’yaladigan hujayralar yosh, ko’pincha bir sutkalik kulturalar bo’ladi, chunki bo’yoqni tutib qolish ma’lum darajada bakteriyani fiziologiya holatiga ham bog’liq bo’iadi.
Grammusbat (A) va grammanfiy (B) prokariotlar xujayra devorining sxematik ko’rinishi: 1- sitoplazmatik membrana; 2 - peptidoglikan; 3 -periplazmatik bo’shliq; 4 - tashqi membrana; 5 - DNK
Ishning borishi: Gram usulida bo’yash quyidagicha bo’ladi. Moysizlantirilgan buyum oynasida 3 ta surtma tayyorlanadi — markazda tekshiriladigan kulьtura, chapda va o’ngda — nazorat kulturalar. Bitta kultura Gram + va boshqasi Gram – bo’lishi kerak.



IO

2O

3O











    1. Achitqilar-Gram Q,

    2. Pseudomonas melochlora-Gram-,

    3. Tadqiqot qilinadigan kul’tura.

Tadqiqot qilinadigan kultura sifatida Petri likopchalarida o’stirilgan havo mikroorganizmlarni ishlatish mumkin.
Surtmalarni juda ham yupqa qilib tayyorlash kerakki, ular oyna yuzasida bir tekis tarqalgan bo’lsinlar. Preparat havoda quritiladi, alangada fiksirlanadi va sovitiladi. So’ngra ikki minut davomida gensianviolet bilan bo’yaladi. Buning uchun surtmaga gensianviolet bo’yog’i shimdirilgan qog’oz yopiladi. Bo’yash vaqti tugagandan so’ng bo’yoqli qog’oz olib tashlanadi va suv bilan yuvmasdanoq yodni kaliy yodli suvdagi eritmasi bo’lgan Lyugol eritmasi bilan ikki minut davomida ishlov beriladi. Lyugol eritmasi tashlanib, surtma suv bilan yuviladi va filьtr qog’ozi bilan quritiladi. So’ngra esa mas’uliyatli ish qilinadi: preparat qisqa muddat 96 % etanol bilan 30 sekunddan to 1 minutgacha rangsizlantiraladi. Tezda suv bilan yuviladi va qaytadan 2 minut davomida fuksin bo’yog’i bilan bo’yaladi, suv bilan yuvib tashlangandan so’ng filьtr qog’ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida mikroskopda ko’riladi. Agar preparat to’g’ri bo’yalgan bo’lsa, grammusbat mikroorganizmlar (Gram +) binafsha, grammanfiylar (Gram –) qizil rangga bo’yaladi.
Bakteriyalarni 1% NaOH ga nisbatan munosabatlarini buyum oynasida tekshirsa, ham bo’ladi. Buyum oynasiga uchta ishqor tomchisi tomiziladi. Har bir tomchiga ilmoq bilan kontrol va tekshirilayotgan bakteriya biomassasidan ayrim-ayrim solinadi. Gram + bakteriyalar biomassasi emulsiyalanmasdan parcha-parcha bo’lib qolsa, Gramlarniki esa to’liq erib ketadi, eritma tiniqlashadi.

Achitqisimon zamburug’dan predmet oynachasiga bir tomchi solib, surtma tayyorlang, qurutish, spirtovka alangasi ostida mahkamlab fiksatsiya qilib Gramm usulida bo’yang.
Bir tomchi immersion yog’ tomizib, mikroskop ostida ko’ring, rasmini daftarga chizing.



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish