5. Korporatsiya aktivlarini himoya qilish
a) zarur sug‘urta shartnomalarini tuzish;
b) ichki nazorat va audit yordamida ishlab chiqarish aktivlarining
himoyalanishini ta’minlash va firmani zararlardan himoya qilish;
v) ko‘chmas mulkni boshqarish;
6. Soliqlarni boshqarish
a) soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
b) soliq organlari bilan aloqalar;
v) soliq hisobotlarini tayyorlash;
g) soliqlarni rejalashtirish.
7. Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar
a) investorlar bilan aloqa o‘rnatish va ushlab turish;
b) kompaniya aksiyadorlariga axborot yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yish va
ushlab turish;
v) moliyaviy tahlilchilar tavsiyalarini va umumiy tusga ega moliyaviy
axborotlarni olish;
8. Baholash va konsalting
a) moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy
maqsadlar va ish qay darajada samaradorligini aniqlash bo‘yicha korpo-ratsiyaning
boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiya-larini olish.
9. Boshqaruvning axborot tizimlari
a) ma’lumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan
foydalanish;
b) boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foyda-lanish;
v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish.
Moliya bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va firmaning boshqa bo‘lim-lari bilan
o‘zaro aloqalari turli firmalarda turlicha bo‘lishi mumkin. 3.4-rasmda zamonaviy
yirik korporatsiyaning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan (keltirilgan).
Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri
Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli mavjud: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya Yakka egalik(sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma
bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining
mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari
bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarga yoki cheklanmagan mas’uliyatga
(unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining
talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda
kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.
Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi.
Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi.
Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki
kichkina ustaxona – butun faoliyat davomida yakka mulkligicha qolishi ham
mumkin.