HBA-50. Abduqahhorova Ziyoda
Oraliq nazorat-1
1-variant Test
1. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalariga…….kiradi.
A) rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish;
B) kapital bilan ta’minlash, buxgalteriya hisobi, soliqlarni boshqarish, baholash va konsalting;
C) kirim va chiqimlarni nazorat qilish.
D) rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish, korporatsiya aktivlarini himoya qilish, investorlar bilan o’zaro munosabatlar.
2. Stimullar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni aniqlang va ular xalqaro amaliyotda qanday nom olgan?
1) “umrbod renta” maummosi; 2) “komitentkomissioner” maummosi; 3) “ma’naviy risk” maummosi; 4) “noqulay tanlov” maummosi.
A) 1, 2, 3;
B) 1, 3, 4;
C) 2, 3, 4;
D) 1, 2, 4.
3. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar qanday kapital deyiladi?
A) moliyaviy kapitali;
B) an’anaviy kapitali;
C) zaruriy kapitali;
D) jamg’arma kapitali.
4. Moliyaning taqsimlash funksiyasi nimalarga shart-sharoit yaratib beradi?
A) xo’jalik subyekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshirishga;
B) xo’jalik subyektlari, aholi, davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga
C) ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
D) barcha javoblar tog’ri.
5. Markazlashtirilgan fondlar deb qanday fondlarga aytiladi?
A) xo’jalik subyektlari darajasida tuzilgan pul fondlari;
B) davlat va mahalliy o’z o’zini boshqarish darajasida tuzilgan pul fondlari;
C) barcha byudjetdan tashqari fondlar;
D) barcha javoblar tog’ri.
Savollar: 1. “Moliya” fanini o’rganishning obyektiv zarurligi.
“Moliya” fanini o‘rganish sabablari:
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
qiziqarli va daromadli karera qilish;
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
2. Uy xo‘jaliklari qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta asosiy turi qanday (nimalardan iborat)? Har biriga misol keltiring.
Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar
qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar.
Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy
daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib
borish kerak?
2. Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud
jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylash-tirish) kerak?
3. Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’-molchilik
va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan
mablag‘dan foydalanishi kerak?
4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy
xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi
(noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur?
Do'stlaringiz bilan baham: |